Jami
411,25
322,1
229
55,7
78,3
1,4
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi vrachi
Shtat
Bandlik
Jis.
Shaxs-
lar
Ta’min.
%
To‘ld.
%
Muvofiqlik
koef.
1
2
3
4
5
6
7
O‘zbekiston Respublikasi
399
326,5
240
60,2
81,8
1,4
Qoraqolpog‘iston Respublikasi
29
26
23
79,3
89,7
1,1
Andijon viloyati
28,25
27
14
49,6
95,6
1,9
Buxoro viloyati
13,5
12
10
74,1
88,9
1,2
Jizzax viloyati
15,5
10,5
5
32,3
67,7
2,1
Qashqadaryo viloyati
36
30,65
24
66,7
85,1
1,3
Navoiy viloyati
13,75
11
6
43,6
80,0
1,8
Namangan viloyati
19
16,25
12
63,2
85,5
1,4
Samarqand viloyati
35
28,5
20
57,1
81,4
1,4
Surxondaryo viloyati
32
23,5
18
56,3
73,4
1,3
Sirdaryo viloyati
12,5
9,05
6
48,0
72,4
1,5
Toshkent viloyati
44,25
26,25
21
47,5
59,3
1,3
Farg‘ona viloyati
40
39,75
28
70,0
99,4
1,4
Xorazm viloyati
26,75
24,75
18
67,3
92,5
1,4
Toshkent shahri
49,5
37,3
31
62,6
75,4
1,2
Respublika SEOA
4
4
4
100
100
1
“O‘zbekiston Havo yo‘llari”
MAK qoshidagi SEOA
0
0
0
“O‘zbekiston temiryo‘llari”
DATK qoshidagi SEOA
0
0
0
NTMK qoshidagi SEOA
1
1
1
100,0
100,0
1,0
92
O‘zR SSV san-epid
boshqarmasi
1
1
1
100,0
100,0
1,0
Jami
401
328,5
242
60,3
81,9
1,4
Radiatsion gigiyena vrachi
Shtat
Bandlik
Jis.
Shaxs-
lar
Ta’min.
%
To‘ld.
%
Muvofiqlik
koef.
O‘zbekiston Respublikasi
35
30,5
29
82,9
87,1
1,1
Qoraqolpog‘iston Respublikasi
2
2
2
100,0
100,0
1,0
Andijon viloyati
1
1
1
100,0
100,0
1,0
Buxoro viloyati
2
2
2
100,0
100,0
1,0
Jizzax viloyati
1
1
1
100,0
100,0
Qashqadaryo viloyati
3
3
3
100,0
100,0
1,0
Navoiy viloyati
3
3
2
66,7
100,0
1,5
Namangan viloyati
3
2
2
66,7
66,7
1,0
Samarqand viloyati
2
2
2
100,0
100,0
1,0
Surxondaryo viloyati
4
1,25
1
25,0
31,3
1,3
Sirdaryo viloyati
2
2
2
100,0
100,0
1,0
Toshkent viloyati
3
3
3
100,0
100,0
1,0
Farg‘ona viloyati
2
2
2
100,0
100,0
1,0
Xorazm viloyati
1
1
1
100,0
100,0
1,0
Toshkent shahri
3
2,25
2
66,7
75,0
1,1
Respublika SEOA
3
3
3
100
100
1
“O‘zbekiston Havo yo‘llari”
MAK qoshidagi SEOA
2
2
1
50,0
100,0
2,0
“O‘zbekiston temiryo‘llari”
DATK qoshidagi SEOA
1
1
1
100,0
100,0
1,0
NTMK qoshidagi SEOA
1
0,5
0
0,0
50,0
O‘zR SSV san-epid
boshqarmasi
1
1
1
100,0
100,0
1,0
Jami
40
35
32
80,0
87,5
1,1
SEOA larning asosiy vazifalari
1. Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratlari (OSN va JSN)
qaysi tashkilotga yoki xususiy shaxsga tegishli ekanligidan qat’iy nazar
nazorat ostida bo‘ladigan hamma obyektlarda o‘tkaziladi.
2. Insonlarning yashash muhitlarini (ovqatlanish, suv ta’minoti,
mehnat sharoiti, yashash sharoiti, o‘qitish va tarbiyalash sharoitlari va
b.) yaxshilash bo‘yicha sanitar-gigiyenik va epidemiyalarga qarshi
tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish.
93
3.Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha
tadbirlarni o‘tkazish.
4. Aholining radiatsion xavfsizligini ta’minlanishini nazorat qilish.
5. Aholining sanitar madaniyatini oshirish va sog‘lom turmush
tarzining asoslarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlarning o‘tkazilishini
nazorat qilish.
6. Oliy va o‘rta toifadagi mutaxassislarni tayyorlash uchun (o‘quv
bazasi sifatida) sharoitlarni yaratib berish.
Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati haqida tushunchalar
Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati SEOAning eng asosiy
vazifalari hisoblanadi. Ikkala holda ham Davlat sanitariya nazoratining
asosiy vazifasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan sanitariya me’yorlari,
qoidalari, reglamentlarning bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi,
ammo o‘zining mazmuni bo‘yicha ogohlantiruvchi sanitariya nazorati va
joriy sanitariya nazorati turlichadir.
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati u yoki bu obyektni foyda-
lanishga topshirishgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladigan nazoratdan
iboratdir. Masalan, qurilish sohasida OSN ning vazifasiga turli obyekt-
larni loyihalashtirish va qurilishi jarayonida gigiyenik me’yorlar,
qoidalar va reglamentlarning bajarilishini nazorat qilish kiradi. Bu holat-
da OSN quyidagilarni o‘z tarkibiga oladi: qurilish uchun joy tanlashda
ishtirok etish, quriladigan obyektning loyihasini ekspertizadan o‘tkazish,
qurilishning ketishini va uni foydalanishga topshirishga qabul qiluvchi
komissiya tarkibida ishtirok etish. Bu bosqichlarning har biri bajaril-
ganda shunga muvofiq hujjatlar rasmiylashtiriladi: yer joyni tanlashdagi
bayonnoma, loyihani ekspertizadan o‘tkazib bo‘lingandagi xulosa
bayonnomasi, obyektni foydalanishga topshirish haqidagi bayonnoma.
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati oziq-ovqat mahsulotlari, uy-
xo‘jalik buyumlari, polimer materiallar, asboblar, mebellar, sanitar-tex-
nik jihozlarini ishlab chiqarishda ham zarurdir. Bunday ogohlantiruvchi
sanitariya nazoratlari asosida me’yoriy-texnik hujjatlar tayyorlanadi va
unda u yoki bu obyektga bo‘lgan gigiyenik talablar o‘z ifodasini topishi
kerak.
Kundalik yoki joriy sanitariya nazorati faoliyat ko‘rsatadigan
obyektlarda o‘tkaziladi. Uning vazifasi obyektning faoliyati davomida
gigiyenik me’yorlar, qoidalar, reglamentlarning bajarilishini nazorat
94
qilishdir. Nazorat qilish rejali, bir maqsadga yo‘naltirilgan yoki nazorat
tekshirishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Joriy sanitariya nazorati
qoida bo‘yicha obyektni faqatgina sanitar kuzatuv va tavsiflashdan ibo-
rat bo‘lmay, balki chiqariladigan xulosalarni asoslash uchun laboratoriya
va instrumental tekshirishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Tekshirishdan o‘tkaziladigan obyektning tabiatiga ko‘ra joriy
sanitariya nazorati turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, agar korxonadagi
ishchilarning mehnat sharoitlarini tekshirishda asosiy diqqat-e’tibor ish-
lab chiqarish muhitining ishchilar organizmiga negativ ta’sir etishi
mumkinligi va shu muhitni sog‘lomlashtirishga doir tadbirlarni ishlab
chiqishga qaratilsa, aholining suv ta’minotini nazorat qilishda asosiy
e’tibor suvning sifatini nazorat qilish va aholini miqdor bo‘yicha ehtiyoji
qanday qondirilayotganligiga qaratiladi.
Joriy sanitariya nazoratining natijalari bir qator hujjatlarni rasmiy-
lashtirish bilan yakunlanadi: sanitariya-epidemiologik
tekshiruv
o‘tkazilganligi haqida dalolatnoma (02-hisob shakli), sanitariya qoidalar,
meyorlari va gigiyena normativlari tartiblarini buzganligi haqida
bayonnoma (04-hisob shakli), jarima solish to‘g‘risidagi qaror (21-hisob
shakli) va taqiqlash, to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror (06-hisob
shakli).
Joriy sanitariya nazorati reja-topshiriq asosida amalga oshiriladi va
bu rejani tuzishda nazoratdagi xududning amaldagi sanitariyaga oid
vaziyati va aholining yoki uning ayrim guruhining salomatlik holati
inobatga olinadi.
Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati mahalliy boshqaruv
organlari xodimlari, huquq-tartibot organlari, tabiatni muhofaza qilish
organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |