F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Tuproqning donadorligini  baholash uchun qaysi asbob jihozlar



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

6.Tuproqning donadorligini  baholash uchun qaysi asbob jihozlar 
kerak: 
A. tuproq uchun elaklar to‘plami, o‘lchov tarozi va toshchalari 
B. tuproq,  metall shtativ, o‘lchov silindri 
D. elaklar to‘plami, o‘lchov silindri, shisha naychalari, o‘lchov tarozisi 
E. quritish shkafi, tarozi, metall shtativ. 
 
 
 
 


186 
 
 
 
6. Ovqatlanish gigiyenasi fani. Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limining 
tekshirish obyektlari 
 
Ovqatlanish gigiyenasi gigiyena fanining bo‘limi bo‘lib, oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifati va ularning inson organizmiga ta’sirini aniqlash 
bilan birgalikda, aholining salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan 
oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talablar, ularni tayyorlash, saqlash 
va qo‘llashga qaratilgan sanitar-gigiyenik me’yoriy ko‘rsatkichlarni 
o‘rgatuvchi fan. Ovqatlanish gigiyenasi fani fiziologiya, biologik kimyo, 
mikrobiologiya, epidemiologiya, gelmintologiya, biologiya va boshqa 
ovqatlanish muammolarini o‘rganuvchi fanlar bilan bog‘liq. Fan aholi 
turli qatlamlarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish va yaxshilashga 
qaratilgan  ilmiy asoslar va amaliy tavsiyalar taqdim etish hamda xalq 
xo‘jaligining turli jabhalarida ovqatlanish manbalarining sanitariya 
holatini nazorat qilish tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Gigiyenist 
va epidemiolog vrachlarini tayyorlashda ovqatlanish  gigiyenasi asosiy 
mutaxassilik fanlaridan biri hisoblanadi.  
 
Amaliy tadqiqotlar va ilmiy-amaliy rejada ovqatlanish gigiyenasi 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, bir tomondan oziq-ovqat mahsulotlari va 
energiyaning fiziologik ehtiyojini aniqlasa, oziq mahsulotlarining sifati-
ni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan birgalikda 
yosh, jins, ijtimoiy va ekologik omillarni inobatga olib, ovqatlanish 
tartibi va sharoitlarini yaratishga harakat qilinsa, ikkinchi tomondan 
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
sanitar-gigiyenik va epidemiologik ekspertiza o‘tkazish chora-tadbirlari-
ni ishlab chiqaradi va oziq-ovqat korxonalarini qurish va ekspluatat-
siyaga topshirishda materiallarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.  
Ovqatlanish gigiyenasi fanining maqsadi aholida ovqatlanish bilan 
bog‘liq kasalliklarning oldini olishga qaratilgan ko‘nikmalarni shakllan-
tirish, ularda ovqatlanish holatini nazorat qilish tartibini tarkib toptirish, 
aholining salomatlik holati va ovqatlanish bilan bog‘liq muammolarini 
o‘rganish, oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini oshirishga 
qaratilgan kompleks tibbiy-profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish-
dan iborat. 
 
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar tekshirishdan o‘tkazish sanitar-
epidemiologiya xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisob-


187 
 
lanadi. Aholi salomatligini saqlash maqsadida aholi ovqatlanishi nazorat 
qilinadi. Aholi salomatligi uchun mahsulotning ozuqaviy quvvatini va 
uning zararsizligini aniqlash sanitar-gigiyenik tekshirishning asosiy 
vazifalaridan biridir. Sanitar-gigiyenik tekshirish o‘tkazganda mahsu-
lotning organoleptik xususiyatlari aniqlanadi, uning gigiyenik ko‘rsat-
kichlar va talablarga mos kelishi, kimyoviy tarkibi o‘zgarishi va sababi, 
bakterial zararlanishi va infeksiya  manbalarining yuqishidagi o‘rni va 
ovqatdan zaharlanishning mavjudligi, shuningdek, saqlash sharoitlari 
o‘rganiladi. Shuningdek, mahsulot tarkibi, uning o‘zgaruvchanligi, uni 
qayta ishlash yoki yo‘q qilinishi o‘rganiladi.  
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar-gigiyenik tekshirish amaliyotda 
murakkab va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Bu soha har taraflama 
bilim va ularni  turli vaziyatlarda qo‘llay olishni talab etadi. Bularga 
laboratoriya tekshiruv usullarini bilish va bu usullarni to‘g‘ri qo‘llay 
olish kiradi. Sanitar tekshiruvlarning qiyin vaziyatlarida sanitar shifokor 
boshqa mutaxassislarni (mikrobiolog, toksikolog, veterina vrachlari va 
b.) jalb qiladi. Yuqoridagilarga asosan oziq-ovqat mahsulotlarini 
gigiyenik tekshirishdan to‘g‘ri o‘tkazish ovqatlanish gigiyenasi shifokori 
faoliyatida muhim o‘rin tutadi.  
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar-gigiyenik tekshirish yo‘riqnoma 
asosida olib boriladi. Sanitar-gigiyenik tekshirish SEOA  ish rejasiga 
asosan nazorat ostidagi obyektlarida ogohlantiruvchi va joriy nazorat 
ko‘rinishida, ayrim holatlarda esa vaziyatga qarab rejasiz tartibda o‘tka-
ziladi. Bunday nazorat oziq-ovqat mahsulotlarini hamda tayyor 
mahsulotlar va ularning sifatiga ta’sir qiluvchi vositalarni tekshirishdan 
iborat (idish-tovoq,  qadoqlash mahsulotlari, mahsulot ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar) kiradi.  
SEOA  vrachining sanitar tekshirish o‘tkazishi, birinchi navbatda, 
sanitar-epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lishi va quyidagi asosiy yo‘na-
lishlarni qamrab olishi lozim: 
A) tez buziladigan mahsulotlarning sifat nazorati. Bu mahsulotlarni 
epidemiologik jihatdan muhimligini hisobga olib, ularni tekshirishda 
samarali termik ishlov berilganligiga urg‘u berish lozim. Shu bilan bir-
galikda, bakteriologik ko‘rsatkichlar aniqlanadi, sababi issiqlik yetish-
movchiligi natijasida yoki kamaytirilganda, jarayonning nosozligi 
sababli bakteriologik ko‘rsatkichlar  o‘zgarishi mumkin. Gigiyenik aha-
miyatga ega bo‘lgan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar ham aniqlanadi; 


188 
 
B) yangi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha gigiye-
nik talablar reja bo‘yicha nazorat qilinadi, shu bilan birga, yangi 
materiallar asosida idish-tovoq va boshqa jihozlar ishlab chiqarish 
nazorat qilinadi; 
D) yangi biologik qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning sanitariya 
nazorati organlari bilan kelishgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish 
jarayoniga to‘g‘ri kelganligi nazorat qilinadi; 
E) oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lmagan qo‘shimcha qoldiq, zaharli 
kimyoviy qo‘shimchalar miqdori, og‘ir metall tuzlari va boshqalar 
borligi nazorat qilinadi;   
F) ovqatning biologik sifatini bolalar davolash-profilaktika muassa-
salarida va umumiy ovqatlanish joylarida nazorat qilish; 
G) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi muassasalarda ov-
qat mahsulotlarining yaxshi sifati va tayyor ovqatlar sanitar tartibi usti-
dan laborator nazorat qilinadi. 
 
Gigiyenik tekshirish 2 xil bo‘ladi: rejali va rejasiz (shoshilinch).  
 
Rejali gigiyenik tekshirishda muassasalarda oziq-ovqat mahsulot-
larining asosiy ko‘rsatkichlarga (organoleptik, fizik-kimyoviy, bakterio-
logik) mos kelishi aniqlanadi. 
 
Rejasiz sanitar tekshirish oziq-ovqat mahsulotlarini SEOA 
bo‘yicha: 
A) maxsus sanitar-epidemiologik ko‘rsatkichlar joriy sanitar nazorat 
o‘tkazishga zaruriyat bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish-
ni tekshirish; 
B) SEOA yuqori tashkilotlar tomonidan berilgan buyruqlar asosida 
hakamlik sudlari bilan kelishmovchiliklar bo‘lsa, nazorat qiluvchi 
organlar va xo‘jalik tashkilotlari bilan birgalikda; 
D) buyruqlar asosida, shu jumladan, tergov va sud organlari arizasi 
bo‘yicha; 
E) oxirgi qaror bo‘yicha oziq mahsulotlarini tekshirgan nazorat or-
gani tomonidan o‘tkazilgan sifatli tekshiruv yoki veterinar-sanitar tash-
kilotlar ko‘rsatkichlari va o‘ziga xos gigiyenik  yoki epidemiologik 
asosga ega. 
Bundan tashqari, rejasiz sanitar tekshirish oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarish korxonalarida laboratoriyalar bo‘lmasa, xo‘jalik 
shartnomalari asosida ham o‘tkazilishi mumkin. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish