F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Ichak
infeksiyalari
Virusli:
- poliomielit
- gepetit
А
Zoonozlar:
- kuydirgi,
-sap(manqa)
-bruzellez
Gelmintozlar:
- qilbosh
- ankilostoma
- askarida
Chang
infeksiyalari:
-sil
Sporali
mikroorganizmlar
chaqiradigan:
- botulizm
- qoqshol
- qorason


182 
 
 Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‘lgan manbalar juda ko‘p va 
xilma-xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik 
ishlab chiqarish obyektlari (pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chorvachilik), 
shahar sharoitida esa, xo‘jalik chiqindilari, ko‘cha supirindilari, sanoat 
korxonalarining chiqindilari bo‘lishi mumkin. Aytish lozim-ki, sanoat 
korxonalari oxirgi o‘n yilliklarda atrof-muhitni ifloslovchi asosiy 
obyektlar bo‘lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash joylarining 
ifloslanishida ularning tutgan o‘rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: birin-
chidan zararli moddalarning manbai bo‘lgan korxonalarni shahar 
hududidan chetga chiqarilishi bo‘lsa, ikkinchidan atmosfera havosiga 
chiqariladigan gaz, tutun, chang, bug‘, kul ko‘rinishidagi iflosliklar havo 
oqimlari tufayli qishloq hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo 
muhitidagi zararli moddalar atmosfera yog‘inlari  orqali tuproq muhitini 
ifloslovchi manbaga aylanadi (kislotali yog‘inlar). 
Tuproqning kimyoviy ifloslanishi. Tuproq muhitining kimyoviy 
ifloslanishi  ilmiy texnika  taraqqiyotining eng salbiy oqibatlaridan biri 
hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan tozalanishi juda 
sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun ham 
tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy 
muhofazalash variantidir. 
Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning o‘z-o‘zidan 
tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‘z-
o‘zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi 
mahsulotlargacha parchalanib ketadi va mineral tuzlar, suv, CO
2
  va 
chirindi (gumus) ga aylanadi. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish jara-
yoni juda murakkabdir. Suyuq holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlana-
di, kolloidli moddalar va qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar sorbsiya-
lanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa, ularning fizikaviy va 
kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli sharoitlarda par-
chalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‘lar tuproq 
tarkibida bo‘ladigan mikroorganizmlarning hayotiy  faoliyatlari ta’sirida 
suv va CO
2
 va chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi. Oqsilli mod-
dalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 1-bosqichda tuproq 
mikroorganizmlari ta’sirida ammonifikatsiya jarayoniga uchraydi 
(nitrozo bakteriyalar-Nitrozomanas), 2-  bosqichda esa aerobli sharoitda  
nitritlargacha parchalanadi. Keyinchalik  nitritlar nitrobakteriyalar 
(nitrobakter) ta’sirida nitratlargacha parchalanadi. 


183 
 
Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‘lon-
sa hidga ega bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. Demak, agar tuproqda aerat-
siya sharoiti yaxshi bo‘lsa,  o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda yaxshi 
ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik  moddalarning 
parchalanishi uchun yuqori bo‘lmagan tuproq namligi hamda bakteritsid 
ta’sirga ega bo‘lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining 
ahamiyati ham kattadir. Ammo, bu omillar ta’sirida tuproqning yuza 
qatlami doimo toza bo‘lishi mumkin. Organik moddalarning parchalani-
shi natijasida chirindi (gumus) hosil bo‘ladi.  
Gumus  –  bu moddalar kompleksi bo‘lib,  o‘z tarkibiga gemitsel-
lyulozalarni, yog‘larni,  organik  kislotlarni, mineral moddalarni, protein 
komplekslarini va sanitar saprofitlarni oladi. 
Laboratoriya tekshirishlari uchun tuproqdan namuna olish: 
       Tuproqning fizik-mexanik  va kimyoviy xususiyatlarini tekshirish 
uchun tuproqdan namuna olish  2 ta 25 m

li maydonda amalga oshirila-
di. Maydonning bittasi atrof-muhitni ifloslovchi manbaga yaqin, ikkin-
chisi undan uzoqda bo‘lishi kerak. Tuproqdan namuna tanlangan joy-
ning diagonallari bo‘yicha tuproq burg‘isi, parmalovchi asbob yoki 
belkurak yordamida olinadi. Namunalar 5-8 joydan 0,8-1,5 kg atrofida 
olinadi. O‘rtacha namuna miqdori 1-1,5 kg bo‘lib, bu namunalar har xil 
chuqurlikdan va tekshirish maqsadiga ko‘ra undan chuqurroq 
qismlaridan  ham olinishi mumkin. Olingan namunalar qopqog‘i yaxshi 
yopiladigan bankalarga yoki polietilen  qopchalarga solinib, og‘zi 
mahkam berkitiladi, raqamlanadi va kuzatuv xati solinadi. Kuzatuv xati-
da namuna olingan joy chuqurligi, vaqti, tuproqdan namuna olinayotgan 
vaqtdagi meterologik sharoitlar ham yozib qo‘yiladi. 
Kuzatuv xati: 
Masalan: Yer maydoni ….m
2
  bo‘lgan  uchastkadan tuproqdan 
namuna olindi. Namuna olishdan maqsad……Maydonni ifloslantiruvchi 
manbalar…(bor, yo‘q).  Tuproqdan namuna….kg olindi,…….metr 
chuqurliklardan. 
        Laboratoriyada tajriba o‘tkazish uchun tuproq  namunasi tabiiy 
sharoitlarda yaxshi quritilgan bo‘lishi kerak. 
       Bakteriologik tekshiruvlar uchun olingan tuproq  namunalari steril-
langan asbob va idishlarga olinishi kerak. Olingan namunalar hajmi 200-
300 sm
3
 bo‘lishi lozim. Olingan namunalarning saqlanish muddati 1-2
0

haroratda 24 soatgacha.   

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish