F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 
 
5. Tuproq muhitining gigiyenik va epidemiologik ahamiyati, tuproq 
muhitining ifloslanishi va o‘z-o‘zidan tozalanishi 
 
Tuproq muhiti tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biridir 
va shuning uchun inson organizmida, insonning hayoti va mehnat 
faoliyatida u muhim o‘rinni egallaydi. 
Tuproq murakkab ko‘rinishdagi mineral va organik  moddalar maj-
muasidan tashkil topgan bo‘lib, o‘z tarkibida juda ko‘p miqdorda mikro-
organizmlarni tutishi mumkin. U yer qobig‘ining yuqori qatlami hisob-
lanib, tabiatda sodir bo‘lib turadigan bir qator jarayonlar ta’sirida hosil 
bo‘lib turadi.  Tuproqning mineral komponentlari -  tabiatdagi fizikaviy 
omillar ta’sirida  yer qobig‘ining qattiq qatlamlarining yemirilishi va 
maydalanishidan hosil bo‘ladi. Organik tarkibi esa,  o‘simlik va hayvo-
nat dunyosining o‘lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq  
tarkibida juda katta miqdorlarda turli  xildagi mikrorganizmlar  va ular 
tuproqning hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi 
mineral va organik  moddalarning chirishi va parchalanishida ishtirok 
etadi.  Tarkibida mineral va organik  moddalarning miqdori va zar-
rachalarning  katta-kichikligiga qarab, quyidagi tuproq turlarini ajratish 
mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari. 
Inson tuproq muhiti bilan bevosita  aloqada bo‘lmaydi, ammo bil-
vosita  aloqa  muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi 
aloqa  havo muhiti, suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
bo‘ladigan aloqasi orqali kuzatiladi. Inson faoliyatidagi tuproq bilan 
bo‘ladigan bilvosita aloqasini turar joy  binolari va boshqa inshootlarni 
qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar nuqtai-na-
zardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlari 
orqali ko‘rinishi mumkin. Shuning uchun odam organizmi, qanday 
tuproq, uning xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta’sirlarga uchrashi 
mumkin.  Tuproqning ayrim  muhim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz, 
chunki bu xususiyatlar muhim gigiyenik ahamiyatga egadir. 
Tuproqning fizik-mexanik xossalari. Tuproqning fizik-mexanik xos-
salari qatoriga uning donadorligi, g‘ovakliligi,  o‘zida nam va suvni 
tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‘tkazuvchanligi kabilar 
kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi.  Bu xusu-
siyatlar esa turli xildagi  obyektlar, chunonchi -  turar joy  binolari, 


180 
 
davolash-profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muass-asa-
lari, korxonalarni qurish uchun yer-joy tanlash, aholi yashash joylarini 
chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir. 
Yirik donador tuproq yuqori g‘ovakli bo‘ladi, shuning uchun bun-
day  tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tup-
roq muhiti tez quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorgik iflosliklar-
ning  o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda tez boradi. Kichik zarrachali 
tuproqda esa, yuqoridagilarning aksi bo‘lib, bunday tuproq muhiti o‘zida 
namni ko‘p va uzoq muddatlarda ushlaydi, o‘zidan suvni kam va juda 
sekin  o‘tkazadi, yuqori kapillyarlilikka ega, shuning uchun gigiyenik 
nuqtai-nazardan bunday tuproq nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli 
joylarga  turar joy  va jamoat, hamda ma’muriy binolar qurilgan bo‘lsa, 
binolarning yerto‘llalari va birinchi qavatdagi xonalar doim zax va 
namligi yuqori bo‘ladi, natijada xonalarning mikroiqlim sharoitlari 
gigiyenik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin yomon-
lashadi. Bunday tuproqli sharoitda  o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda 
yomon va sekinlik bilan boradi. Tuproq muhitida doimo turli hildagi 
mikroorganizmlarning bo‘lishi tabiiy bir holdir. Ifloslanmagan tuproq 
tarkibida  asosan saprofit mikroorganizmlar bo‘lib, ular organik va 
anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq tuproq 
muhiti insonlarning chiqindilari - najas, siydik, xo‘jalikda hosil bo‘ladi-
gan qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarining axlatlari kabilar bilan 
ifloslanishi mumkin. Natijada bunday tuproq  tarkibida patogen mikro-
organizmlar paydo bo‘ladi inson organizmi uchun xavf-xatar tug‘dirishi 
mumkin. Qoida bo‘yicha patogen mikroorganizmlar tuproqning yuza 
qismida hayot kechiradilar (1-10 sm). Bunday kasallik chaqiruvchi 
mikroorganizmlar tuproq muhitida ancha uzoq muddatlargacha hayot 
kechirishi va o‘zining virulentligini saqlab qolishi mumkin (5.1-jadval).  
5.1-jadval          

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish