F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Oziq-ovqat mahsulotlaridan laborator tekshirish uchun



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 
6.1. Oziq-ovqat mahsulotlaridan laborator tekshirish uchun 
namunalar olish 
 
Oziq-ovqat mahsulotlaridan namuna olishda har bir mahsulot uchun 
“Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va rang beruvchilarini labo-
ratoriyada tekshirish uchun namuna olish” Dav  Stga amal qilinadi. Har 
bir namuna maxsus idishga sanitar shifokori tomonidan qadoqlanadi, 
muhrlanadi. Olingan namunalarga asosan dalolatnoma tuziladi, shu bilan 
birga korxonaning sanitariya jurnaliga mahsulotdan namuna olganligi 
haqida sanitar shifokori qayd etadi. Namuna olinganligi haqidagi dalo-
latnoma ikki nusxada to‘ldiriladi, bittasi laboratoriyaga yuboriladi, 
ikkinchisi korxonadagi mas’ul shaxsga qodiriladi. Olingan namunalarni 
korxona ma’muriyati javobgarligi ostida qisqa vaqt ichida labora-
toriyaga yetkazish lozim. Mahsulot namunasining olingan vaqti ilova 
qilingan hujjatda yoziladi, laboratoriyada bu vaqt ro‘yxatga qayd etiladi. 
Namuna olish dalolatnomasida tekshirishning maqsadi va sababi ko‘r-
satiladi. Namuna olish dalolatnomasi oxirida mahsulot tarqatishga ruxsat 
berilmasligi, laboratoriya natijalarini olgunga qadar saqlash sharoiti 
uning tarkibini o‘zgartirishga  o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydigan sha-
roitda saqlash lozimligi haqida korxona ma’muriyati ogohlantirilganligi 
(mas’ul xodim ismi sharifi) yoziladi. Rejali sanitar tekshirishda namuna 
olish dalolatnomasida ushbu ma’lumotlar berilishi shart emas, boshqa 
holatlarda esa sanitar shifokorning qaroriga qarab hal qilinadi.  
Laboratoriya tekshiruvini o‘tkazish, ularning natijasi va xulosasini 
qayd etish.  Laboratoriyada namunalarni tekshirish Dav  St yoki maxsus 


191 
 
gigiyenik tekshirish usullariga muvofiq o‘tkaziladi. Mahsulotning labo-
ratoriya tekshiruvi natijalari maxsus laboratoriya blankasiga yoziladi.  
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar ekspertizadan o‘tkazishdan maq-
sad, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va mahsu-
lotlarning ozuqaviy qiymati va inson salomatligi uchun bexatarligi nazo-
rat qilishdan chiqarayotgan korxonalarga mamlakat tomonidan belgilab 
berilgan standart va me’yorlarga bog‘liq. Mahsulotlarni saqlash, tashish 
va tarqatish jarayonida o‘zining birlamchi xususiyatini: ta’mi, tashqi 
ko‘rinishi, hidi o‘zgarishi,  mahsulotga zararli aralashmalar va 
mikroorganizmlar tushib ularni zararlashi mumkin. 
Sifatiga qarab mahsulotlar quyidagi toifalarga bo‘linadi: 
1.  Yaroqli (sifatli) –  barcha standart talablarga to‘liq javob bera-
digan mahsulotlar. Bu mahsulotlarning iste’moli odamga zararli ta’sir 
qilmaydi va chegaralanmagan miqdorda iste’mol qilishga tavsiya etiladi. 
2.  Shartli yaroqli –  ma’lum bir o‘zgarishga uchragan mahsulotlar, 
ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish uchun tavsiya etilmaydi va ularga 
ishlov (ko‘pgina hollarda termik) berish talab etiladi. Masalan: yangi 
baliqning mushak to‘qimasida lentasimon gijjalar lichinkasi aniqlangan 
bo‘lsa yoki leykoz, sil va oqsim kasalligi bilan kasallangan mollarning 
go‘shti va b. 
3. Ozuqaviy qiymati past bo‘lgan mahsulotlar ma’lum bir o‘zgarish-
larga uchrab, ozuqaviy qiymati pasayadi, ularni tabiiy holatda iste’mol 
qilish sog‘liq uchun xatarsiz hisoblanadi. Bunday mahsulotlarni ozuqa-
viy qiymati texnologik jarayonning buzilishi, saqlash sharoiti noto‘g‘ri 
bo‘lishi hisobidan kelib chiqadi. Masalan: yog‘i kam sut, namligi 
me’yoridan ortib ketgan non.  
4. Falsifikatsiyalangan mahsulot – kamchiligini yashirish maqsadida 
sun’iy qo‘shimchalar qo‘shish orqali olingan mahsulotlar. Masalan: kis-
lotalilik darajasi yuqori bo‘lgan sutga iste’mol sodasi qo‘shiladi. Bunda 
sut tarkibidagi chirituvchi mikroorganizmlarning rivojlanishi to‘xtaydi 
va mahsulot tarkibidagi C vitamini parchalanadi. Bunday sut mahsulot-
lari iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.  
5. Surrogatlar – organoleptik ko‘rsatkichlari (hidi, ta’mi, rangi, tash-
qi ko‘rinishi) bilan shu mahsulotga o‘xshash, ammo kimyoviy tarkibi 
umuman boshqa va sun’iy yo‘l bilan tayyorlangan mahsulotlardir. 
Ushbu mahsulotlarga boshoqli o‘simliklardan olinadigan qahva,  tabiiy 
sharbatlar  o‘rniga meva essensiyalari; mayonez, qora ikra, sun’iy asal 
kabilar kiradi.  


192 
 
6.  Yaroqsiz (sifatsiz) mahsulotlar –  bu mahsulotlar tabiiy holda 
ham, ishlov berilgan holda ham iste’molga yaroqsiz hisoblanadi, chunki 
ularning organoleptik ko‘rsatkichlari qoniqarsiz yoki odam organizmi 
uchun zararlidir. Yaroqsiz mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida gel-
mintlarning lichinkalari, pestitsidlar va boshqa zaharli moddalar bilan 
organizmni zararlashi mumkin. Yaroqsiz mahsulotlarga mog‘orlagan 
non, chiriyotgan go‘sht, sporalar bilan zararlangan unni misol qilib 
keltirish mumkin. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish