F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

saqlovchi oziq-ovqat 
mahsulotlari 


200 
 
uchun  bunday sharoitda organizmga “D”  vitamini tashqaridan ya’ni 
ovqat mahsulotlari orqali iste’mol qilinishi lozim. O‘z tarkibida “D” 
vitaminini ko‘p tutuvchi mahsulotlar qatoriga baliq moyi, tuxum, sut va 
sut mahsulotlarini kiritish mumkin. Bolalar organizmi uchun kunlik 
iste’mol me’yori (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) 400  XB-xalqaro 
birlik yoki 0,25 mkg, o‘rta yoshli odamlar uchun – 100 XB, homilador 
va emizikli ayollar organizmi uchun 500 XB ga tengdir. 
“E”  vitamini yog‘da eruvchi vitaminlar qatoriga kirib, o‘rta yoshli 
odam organizmi uchun kunlik iste’mol me’yori 12-15 mg ni tashkil 
qiladi. “E”  vitaminini  o‘zida ko‘p tutuvchi ovqat mahsulotlari qatoriga 
o‘simlik yog‘lari, ko‘katlar, mevalar, yorma mahsulotlari, tuxumni 
kiritish mumkin. 
“K”  vitamini ham yog‘da eruvchi vitaminlar qatoriga kirib, uning 
kunlik ehtiyoj me’yori 0,2-0,3 mg ga tengdir. “K” vitamini ichak florasi 
ishtirokida qisman sintezlanadi, shuning uchun birlamchi gipovitaminoz 
yoki avitaminoz holatlari kuzatilmaydi. Ikkilamchi  “K” avitaminozi ji-
gar kasalliklari va ichak kasalliklariga uchragan odamlar uchrashi mum-
kin, shuning uchun bunday vaziyatlarda shunday kishilarga organizm-
ning ehtiyojini qondirish maqsadida o‘zida  “K”  vitaminini ko‘proq tu-
tuvchi mahsulotlardan sabzi, tomatlar, ko‘k no‘xat, jigar, na’matak, 
qorag‘at donlari yoki ularning damlamalarini berish tavsiya etiladi. 
Suvda eruvchi vitaminlar o‘z tarkibiga ko‘p vitaminlarni oladi va 
ularning asosiylari “B” guruhiga kiruvchi vitaminlardir, bundan tashqari 
“C” vitamini va boshqa bioflavinoidlardir. 
        “B”  guruhiga kiruvchi vitaminlarga nisbatan organizmning kunlik 
iste’mol me’yori, yetishmaganda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasal-
liklar va o‘zida vitaminlarni ko‘p tutuvchi mahsulotlar haqidagi 
ma’lumotlar quyida keltiriladi. 
“B
1
”  yoki Tiamin vitamini organizmda yetishmaganda “beri-beri” 
gipovitaminozi yuzaga keladi. Organizmning  kunlik ehtiyoji 1,1-2,1mg 
ga tengdir. B
1
  vitaminini  o‘zida tutuvchi mahsulotlar  qatoriga don 
mahsulotlari (ularning qobiqlari), achitqi, jigar hisoblanadi. 
       “B
2
”  yoki riboflavin  -  organizmda yetishmaganda xeyloz, stomatit, 
glossit, anemiya kelib chiqadi. Organizmning kunlik ehtiyoji 1,5-2,4 mg. 
Manbai - sut, non, achitqi, no‘xat. 
       “PP”  yoki nikotin kislotasi -  organizmda yetishmaganda pellagra 
kasalligi shakllanadi, organizmning bu vitaminga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 


201 
 
14-28 mg ga teng. Yormalar, non mahsulotlari, achitqi, no‘xat tarkibida 
ko‘plab uchraydi. 
       “B
3
” yoki pantoten kislotasi - kunlik ovqat tarkibida uning miqdori 
kamayib yoki bo‘lmay  qolgan sharoitlarda insonlar organizmida hech 
qanday kasallik belgilarini namoyon etmaydi. Ammo hayvonlar orga-
nizmida kasallik belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bu vitamin deyarli 
har qanday ovqat mahsulotlari tarkibida borligi bilan ahamiyatlidir. 
        “B
6
” yoki riridoksin vitamini organizmga yetishmay qolganda juda 
ko‘p ko‘rinishdagi kasallik belgilarini namoyon  qiladi. Organizmning 
kunlik ehtiyoj me’yori 1,8-2,0 mg atrofida. B
6
 vitaminini o‘zida tutuvchi 
mahsulotlar  qatoriga jigar, no‘xat, baliq, bulg‘or  qalampirini kiritish 
mumkin (6.3.1-jadval). 
6.3.1-jadval 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish