F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Organizmning muhim kimyoviy elementlarga bo‘lgan kunlik



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Organizmning muhim kimyoviy elementlarga bo‘lgan kunlik 
ehtiyoji va ularning manbalarini quyida keltirilgan: 
 
Element 
Kunlik 
ehtiyoj 
Manbai 
Kaltsiy 
800-1200 mg 
sut va sut mahsulotlari 
Magniy 
400 mg 
don mahsulotlari 
Kaliy 
3-5 g 
quritilgan meva, dukkakli 
mevalar 
Natriy 
4-6 g 
osh tuzi 
Fosfor 
1200-1800 mg 
sut, sut mahsulotlari, baliq, 
go‘sht 
Oltingugurt 
1,0 g 
go‘sht, baliq, sut mahsulotlari 
Xlor 
5-7 g 
osh tuzi 
Temir 
10-30 mg 
jigar, tuxum, non, saryog‘, 
grechka 
Mis 
0,4-2,0 mg 
barcha mahsulotlar 
Yod 
150-200 mkg 
bio geokimyoviy fondagi 
mahsulotlar 
Kobalt 
200 mg 
hayvon mahsulotlarida 
ko‘proq 
 
6.4. Oqilona ovqatlanish haqida tushuncha 
 
Ovqat ratsioni - bu ovqat mahsulotlarining tarkibi va miqdori bo‘lib, 
u kundalik ovqat ratsioniga kiritilishi shart. Kundalik ovqat ratsioniga 
quyidagi gigiyenik talablar qo‘yilib, u ovqatlanishning oqilona ekanli-
gini ta’minlaydi: 
   
1.  Ovqat ratsionining energetik qiymati -  ovqat tarkibiga kiruvchi 
oziq moddalarning organizmning fiziologik ehtiyojiga muvofiq  holda 
tutishidir. Organizmning oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji esa 
har bir shaxsning jinsi, yoshi, tana tuzilishi, bajaradigan mehnat turi, 
iqlim sharoitlari va organizmning fiziologik holatiga (ayollar uchun 
fiziologik holat – oylik hayz ko‘rishga) bog‘liqdir. 


205 
 
         2.  Ovqat ratsioniga kiritilgan oziq moddalar o‘zaro muvozanat-
lashgan holda bo‘lishi zarur. Mas., asosiy oziq moddalar (oqsil, yog‘, 
karbonsuv) muvozanatlashtirilgan ovqatlanishda 1:1,2:4,6 nisbatda 
bo‘lishi kerak. 
        3.  Ovqat kun davomida to‘g‘ri taqsimlanishi zarur. Masalan, yil-
ning sovuq faslida 3 martalik ovqatlanganda kunlik energiyaning 30-
35% nonushtaga. 40-45% tushlikka va 25-30% kechki ovqatga ajratilishi 
kerak. Yilning issiq faslida esa tushlik ovqatning energetik qiymati biroz 
kamaytiriladi va nonushta hamda kechki ovqatning energiya qiymati 
ko‘paytiriladi. 
4.  Kunlik ovqatlanishdagi ovqat mahsulotlari turli-tuman ya’ni xil-
ma-xil bo‘lishi va yuqori darajadagi organoleptik ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘lmog‘i lozim ya’ni ularning tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mi, quyuq-
suyuqligi, harorati kabilar. Chunki bu ko‘rsatkichlar faqatgina shaxsning 
ishtahasini ochibgina qolmay, balki iste’mol qilingan ovqatlarni to‘liq 
hazm bo‘lishini ham ta’minlaydi. 
5. Iste’mol qilingan ovqatlar odamda to‘yinish sezgisini chaqira ol-
sin, bu esa iste’mol qilinadigan ovqatning hajmigagina bog‘liq bo‘lmay, 
balki uning tarkibiga va ishlov berilish turiga ham bog‘liqdir. 
6.  Aholini oqilona ovqatlanishini tashkil etishgda yil  faslini, milliy 
an’analarni va urf-odatlarni inobatga olinishi zarur hisoblanadi. 
7.  Ovqat mahsulotlari organizm uchun zararsiz bo‘lmog‘i kerak. 
Sanitar-epidemiologik nuqtai-nazardan ovqat tarkibida patogen mikrob-
lar va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar   yoki boshqa ko‘rinishdagi 
zaharli ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy birikmalar bo‘lmasligi kerak. 
       Oqilona ovqatlanishning asosi bo‘lib fiziologik ovqatlanish me’yor-
lari hisoblanadi. Barcha gigiyenik talablarga muvofiq keladigan amal-
dagi ovqatlanish va birinchi navbatda organizmning fiziologik ehtiyojiga 
mos keladigan ovqatlanishga adekvat ovqatlanish deyiladi. 
      Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini baholash uchun ko‘pincha 
so‘rov usulidan foydalaniladi   keyinchalik  o‘rtacha kunlik ratsionning 
ozuqali qiymati va kaloriyaliligi hisoblab topiladi. Bu usulning mohiyati 
shundan iborat-ki, bemor (yoki bir guruh aholi) dan so‘rash orqali o‘rta-
cha kunlik ovqat ratsionining to‘plami va iste’mol qilingan ovqatlarning 
miqdori aniqlanadi va taomnoma tuziladi. So‘ngra ovqat mahsulotlari-
ning kimyoviy tarkibini ifodalovchi maxsus jadval yordamida ratsionda-
gi oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral moddalar miqdori 
topiladi, keyin olingan ma’lumotlarni ovqatlanishning fiziologik 


206 
 
me’yorlari bilan taqqoslanadi. Shunday qilib, shaxsiy ovqatlanishning 
fiziologik ovqatlanish me’yorlariga muvofiqligini baholash quyidagi 
bosqichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 
1. Hafta kunlari bo‘yicha iste’mol qilingan ovqatlanishning xarakte-
ri haqidagi ma’lumotlarni to‘plash,  o‘rtacha kunlik ovqat mahsulotlari-
ning to‘plami va miqdorini hisoblash; 
2.  Kunlik ovqat ratsionidagi ozuqali moddalar va ratsionning 
energetik qiymatini inobatga olib, mahsulotlar ko‘rsatilgan taomnoma 
tuziladi.   
3.  Olingan  ma’lumotlar ovqatlanishning fiziologik me’yorlari bilan 
taqqoslanadi. 
Ovqatlanishdagi milliy urf-odatlar, yil fasllari  va boshqalarni 
hisobga olib, ovqatlanish tartibi bo‘yicha ovqat mahsulotlarining oqilona 
taqsimlanganligi haqida fikr  yuritish uchun 1-3 kun ichida  amaldagi 
ovqatlanish sifatini tahlil qilish mumkin. Buning uchun quyidagi shaklda 
taomnoma tuziladi: 
6.4.1-jadval 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish