“B” guruhiga mansub bo‘lgan vitaminlarga bo‘lgan gigiyenik talab
Vitamin
Bir
kunlik
fiziologik
ehtiyoj
(mg)
Yetishmasligi
Manbalar
Tiamin (B
1
)
1,1-2,1
Beri-beri
Donli mahsulotlar, jigar,
achitqi
Riboflovin
(B
2
)
1,5-2,4
Xeyloz, stomatit,
glossit, anemiya
Sut, no‘xat, non, achitqi
Nikotin kislota
(PP)
14-28
Pellagra
Yormalar, no‘xat, non,
achitqi
Pantoten
kislota (B
3
)
5-10
O‘rganilmagan
Ko‘pgina oziq-ovqat
mahsulotlarida
Pirodaksin
(B
6
)
1,8-2
Polisimptomlar
Achitqi, jigar, no‘hot,
bulg‘or qalampiri, baliq
Biotin (N)
0,15-0,3
Dermatit
Ko‘pgina oziq-ovqat
mahsulotlarida
Foliy kislota
(B
9
)
200 mkg
Anemiya
Achitqi, jigar, poliz
mahsulotlari, go‘sht
Siankobalamin
(B
12
)
3 mkg
Anemiya
Jigar, buyrak, go‘sht, baliq,
tuxum
202
Biotin “N” vitamini – organizmga kam miqdorda tushganda
dermatit kasalligi belgilarini namoyon qiladi, uning kunlik iste’mol
me’yori 0,15-0,3 mg ga teng. Biotin deyarli hamma ovqat mahsulotlari
tarkibida uchraydi.
Foliy kislotasi “B
9
” vitamini - organizmga kam miqdorlarda iste’-
mol qilinganda anemiyani keltirib chiqaradi va oxirgi ilmiy ma’lumot-
larga ko‘ra yurak-tomir kasalliklari – jumladan ateroskleroz, yurakning
ishemik kasalliklarini oldini olishda ishtirok etadi. O‘zida foliy kislota-
sini ko‘plab tutuvchi mahsulotlar qatoriga jigar, sabzavotlar, go‘sht va
go‘sht mahsulotlarini kiritish mumkin.
Vitamin “B
12
” yoki siankobalamin – bu vitaminga nisbatan orga-
nizmda tanqislik kuzatilsa, organizmda pernitsioz kamqonlik kasalligi
rivojlanishi mumkin. “B
12
” vitaminini o‘zida ko‘p tutuvchi mahsulotlar
- jigar, buyrak, go‘sht, baliq, tuxum.
Suvda eruvchi vitaminlarning eng tipik vakili “C” vitamini yoki
askorbin kislotasidir. Bu vitaminga bo‘lgan kunlik ehtiyoj uning bio-
logik ta’siridan kelib chiqadi. Organizmga “C” vitamini kam miqdorda
iste’mol qilinsa gipovitaminoz va tushmay qolgan taqdirda “Singa”
kasalligi kelib chiqadi. Bunday kasallik holatini oldini olish uchun odam
kunlik ovqat mahsulotlari orqali o‘rtacha 30 mg askorbin kislotasini
iste’mol qilsa kifoya deb qaraladi, ammo organizmning umumiy
tonusini oshirish maqsadida kuniga 60-100 mg “C” vitaminini iste’mol
qilish tavsiya etiladi.
Farmakologik ta’sirga erishish uchun esa kuniga 200-600 mg
miqdorda iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Odam organizmida “C” vitamini
hosil bo‘lmaydi, shuning uchun uning asosiy manbai ovqat mahsulotlari
hisoblanadi. “C” vitaminini o‘z tarkibida ko‘p miqdorda na’matak, qora-
g‘at, sitrus mevalari, karam, kartoshka, ko‘katlar-selder, ukrop,
petrushka, shovul kabilardir.
“C” vitaminining biologik faolligini hisobga olib, uyushgan jamoa-
larda, bolalar muassasalari, kasalxonalar, sanatoriyalar, tug‘ruqxonalar,
nogironlar uyi, qariyalar uyi kabilarda ovqatlarni vitaminlashtirish tav-
siya etiladi, jumladan sutni vitaminlashtirish yoki uchinchi ovqat
hisobida meva sharbatlarini berish tavsiya etiladi. Odam organizmining
bioflavinoidlar va vitaminsimon moddalarga bo‘lgan kunlik ehtiyoji
6.3.2-jadvalda keltirilgan. Ko‘pgina bioflavinoidlar va vitaminsimon
moddalar terapevtik ta’sir xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli davolash
amaliyotida dorivor moddalar sifatida qo‘llanadi.
203
6.3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |