3.4. Havo muhitining kimyoviy tarkibining fiziologik
va gigiyenik ahamiyati
Atmosfera havosining tabiiy kimyoviy tarkibi troposfera qatlamida
nisbatan barqarorligi ya’ni deyarli o‘zgarmasligi bilan ta’riflanadi: azot-
78,08%, kislorod-20,95%, karbonat angidrid gazi-0,03% va 1% dan
biroz ortiqcha miqdorda inert gazlar tashkil qiladi. Ammo insonlarning
xo‘jalikdagi jadal faoliyatlari tufayli atmosfera havosining kimyoviy
tarkibi keskin o‘zgarishga uchradi. Shuning uchun bugungi kunda Yer
kurrasida ifloslanmagan havo muhiti qolmadi desak mubolag‘a bo‘l-
maydi. Shunga qaramasdan havoning fiziologik va gigiyenik ahamiyati
birinchi navbatda uning tabiiy kimyoviy tarkibiga bog‘liqdir.
Amalda havo tarkibidagi barcha gazlar sayyoradagi ichki muhit -
yerning tarkibi, kosmik moddalar, suv tarkibiga bog‘liqdir. Bunga faqat
kislorod gazini kiritmaslik mumkin, chunki Yerda kislorodning paydo
bo‘lishi suv bug‘larining dissotsiatsiyasi tufayli hosil bo‘lgandir. Bu
jarayon bugungi kunda ham mavjud va bundan keyin ham shunday
bo‘lib qoladi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi, anorganik moddalardan
organik moddalarning sintezlanishi (fotosintezi) tufayli hosil bo‘lishi,
Yer atmosferasi tarkibidagi kislorodni to‘ldirib turuvchi muhim sharoit-
lardan biridir. Shunga ko‘ra, yer sathidagi yashil o‘simliklar (dengiz-
130
lardagi fitoplanktonlar, o‘rmonlar, yer sathining o‘tlar va o‘simlik dun-
yosi bilan qoplanganligi) sayyoramiz uchun “O‘PKA” vazifasini baja-
radi.
Kislorod gazi juda katta fiziologik ahamiyatga egadir, chunki bu
gazsiz organizmda oksidlanish-qaytalanish jarayonlarini ketishini
tasavvur qilish mumkin emas. Odam organizmi tinch holatda bo‘lganda
minutiga o‘rta hisobda 350 ml, jismoniy mehnat bajarganda - minutiga
5000 ml gacha kislorod sarflaydi. Odam organizmida amalda kislorod
zaxirasi bo‘lmaydi, qonning kislorod bilan to‘yinishi esa, kislorodning
parsial bosimi 160 mm simob ustuniga teng bo‘lgan yoki bu qiymatga
yaqin bo‘lgan hollardagina kuzatilishi mumkin va bunday sharoitga
odam organizmi o‘zining evolyutsion rivojlanishi jarayonida moslashib
qolgandir. Kislorodning bunday darajadagi parsial bosimi faqat normal
atmosfera bosimi sharoitidagina kuzatiladi. Yer sathidan yuqoriga ko‘ta-
rilish bilan atmosfera bosimining pasayishi kuzatilib, bunda kislorodning
ham parsial bosimi kamayib boradi.
Kislorodning parsial bosimini pasayishida organizmdagi qonning
kislorod bilan to‘yinmasligini va kislorodga bo‘lgan tanqislik holatini
keltirib chiqaradi. Odam organizmi amalda yer sathidan 1 km balandlik-
kacha ko‘tarilganda gipoksiya holatiga uchramaydi, chunki kislorodning
parsial bosimi u qonni to‘liq to‘yintirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 1,5-3
km balandlikkacha odam organizmi bunday sharoitga tez moslasha olish
xususiyatiga egadir, chunki bu jarayon eritrotsitlar tarkibidagi zaxira
kislorodning va gemoglobin tarkibidagi kislorodning mobilizatsiya qili-
nishi hamda o‘pka ventilyatsiyasining fiziologik tezlashishi hisobiga
sodir bo‘ladi (to‘liq kompensatsiyalanish zonasi). Yer sathidan 3 km dan
6 km balandlikkacha ko‘tarilganda esa, to‘liq moslashish kuzatilmaydi,
7 km dan yuqorisi esa kritik zona hisoblanadi. 8 km va undan yuqoriga
ko‘tarilganda odam organizmi qo‘shimcha texnik vositalarsiz faoliyat
ko‘rsataolmaydi (o‘lim zonasi). Shuning uchun 2-3 km dan yuqori
balandliklarga ko‘tarilishda jismonan chiniqmagan shaxslar organizmida
nafasning siqilishi, meteorizm, ko‘ngil aynishi, badan va yuz terisining
bo‘zarishi, bosh og‘rishi, burundan qon ketishi, lablarning bo‘zarishi
ya’ni gipoksiya holati belgilari kelib chiqadi. Bunday holatning kelib
chiqishining oldini olish uchun birinchi navbatda badanni chiniqtirish,
jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish katta ahamiyatga egadir.
Yuqoridagi holatni tibbiy tilda balandlik yoki tog‘ kasalligi deb noml-
anadi. Bizning respublikamizning ayrim viloyatlaridagi tog‘li hudud-
131
larda tog‘lik xalqlar yashaydi, bu aholi yashash joylarining yer sathidan
balandligi 3 km va undan yuqoridir, ammo bu qishloqlarda yashovchi
aholi o‘rtasida tog‘ kasalligining belgilari umuman kuzatilmaydi, chunki
ularning organizmi shu sharoitga uzoq muddat davomida yashaganligi
sababli moslashib ketgan va havodagi kislorodning parsial bosimi ham,
atmosfera bosimining pastligi ham ular organizmiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Yuqori balandliklarda parvoz qiluvchi avialaynerlarning passajirlari
ham gipoksiya holatini boshidan kechirmaydilar, vaholanki samol-
yotning uchish balandligi 8-10 km ni tashkil etsa ham, chunki samolyot
saloni germetik berkilgan bo‘lib va salonda sun’iy ravishda havo bosimi
720-730 mm simob ustunga teng qilib ushlab turiladi.
Atmosfera havosi tarkibida karbonat angidrid gazi 0,03-0,04% tash-
kil qiladi va bu gazning ahamiyati ham juda muhimdir. CO
2
gazining
fiziologik ahamiyati shundan iborat-ki, uning konsenratsiyasi katta
bo‘lmagan miqdorlarda nafas olish markazini qo‘zg‘atish xususiyatiga
egadir, shu bilan birga nafas olish aktini yaxshilaydi. Ammo, uning
konsenratsiyasi 1% yoki 2% ni tashkil etsa, nafas yetishmasligi, nafas
olishning tezlashishi holatlari kuzatiladi, 4% dan ortiq bo‘lganda esa
organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Karbonat angidrid gazi nafas olish orqali ajraladi, chunki organizm-
da ro‘y beradigan ko‘p biokimyoviy jarayonlarning oxirgi mahsuloti
hisoblanadi. Bundan tashqari CO
2
chirish jarayonida, yoqilg‘ilarning
yonishi, sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar oqibatida ko‘plab
ajralishi mumkin. Agar tabiatdagi o‘simlik dunyosida kuzatiladigan
fotosintez jarayoni bo‘lmaganda edi, atmosfera havosida uning miqdori-
ni juda tez to‘planishi kuzatilar edi. Bu gazning sanitar ahamiyati ham
kattadir. So‘z turar joy binolar havosi haqida ketmoqda. Shu bilan birga
sanoat korxonalari havosi, jamoat joylari, kasalxonalar palatalari havosi
tarkibidagi CO
2
gazining to‘planish holatlari kuzatilar edi. Shuning
uchun bunday xonalar va binolar havosini sifatli shamollatib turish talab
etiladi. Turar joy binolari havosi tarkibida CO
2
gazining REK 0,1% ga
teng deb qabul qilingan. Shu miqdordan ozgina ko‘payish organizmni
zaharlanishga olib kelmaydi, ammo shu xonalar havosining iflos-
langanligidan dalolat beradi ya’ni antropogen ifloslanganligini ko‘r-
satadi. Shuning uchun CO
2
gazi xonalar havosining ifloslanganligining
qiyosiy ko‘rsatkichi sifatida qabul qilingan. Oxirgi o‘n yilliklarda
insonlarning jadal xo‘jalik faoliyatlari tezlashishi oqibatida va ko‘pincha
132
oqilona tashkil etilmagan xo‘jalik faoliyati tufayli CO
2
ning atmosfera
havosidagi konsenratsiyasi ortib ketayotganligi kuzatilmoqda. Masalan,
katta sanoat shaharlari havosi tarkibidagi CO
2
gazining konsenratsiyasi
0,05-0,06% ga to‘g‘ri keladi. Uning atmosferadagi miqdorini 1,5-2 mar-
taga ko‘payib ketish muammosi butun dunyo muammosi deb qaralmoq-
da, chunki CO
2
gazi yer yuzasida infraqizil nurlarni tutib qoladi, natijada
shu joydagi iqlimni o‘zgartirib yuboradi. Olimlarning hisoblariga
qaraganda agar butun atmosfera bo‘yicha CO
2
ning konsenratsiyasi
0,06% ga ortib ketsa, havoning o‘rtacha harorati 4,5
o
C ga ko‘tariladi.
Bunday kutilmagan oqibatlarni olib kelishiga zamin yaratadi ya’ni butun
dunyo hududini cho‘l zonalariga aylanib ketish xavfini, qurg‘oqchilik,
muzliklarning erib ketishi, Dunyo okeani sathining ko‘tarilib ketishi va
juda katta hududlarda suv toshqinlariga sababchi bo‘lishi mumkin.
Karbonat angidrid gazining bunday ta’sir samarasini “ISSIQXONA
SAMARASI” deb baholanib, global muammolar qatoriga qo‘shilgan,
chunki bunday ta’sir oqibatlarining ayrimlari hozirgi kunda qayd
qilinmoqda.
Havo muhitining asosiy qismini azot gazi tashkil qiladi. Bu gazning
insonlarning hayot faoliyatlaridagi tutgan o‘rni barchaga ayon. Azot gazi
tabiatda doimo aylanib turadi, natijada yil davomida hayvon organizm-
lari va o‘simlik dunyosi tomonidan o‘rta hisobda 360 mln tonna azot
o‘zlashtiriladi.
Uning o‘rnini to‘ldirish juda murakkab, masalan, 1 tonna yoqilg‘i-
ning yonishi natijasida bor-yo‘g‘i 15 kg azot hosil bo‘ladi. Shu kunga-
cha azotning organizmdagi fiziologik tutgan o‘rni to‘liq o‘rganilmagan.
Azot atmosfera havosidagi kislorodni suyultirib turuvchi gaz deb
hisoblanadi.
Azot gazining Kesson kasalligidagi tutgan negativ o‘rni hamma-
mizga ma’lum. Kesson - bu suv ostida faoliyat ko‘rsatadigan inshoot
bo‘lib, suv osti tonnellarini qurish, ko‘priklar qurish, yer osti konlarda
ishlash va boshqa suv osti ishlarini bajarishda kuzatiladi. Kessonli
sharoitda ishlashda yuqori havo bosimi yaratiladi, bu esa u yerga
suvning kirib ketishini oldini oladi. Bunday sharoitda ish bajarganda
havo orqali qabul qilinadigan azot gazi organizmdagi suyuqliklar - qon,
to‘qimalararo suyuqliklarda ko‘p miqdorda eriydi, normal sharoitda esa
bunday jarayon kuzatilmaydi. Ana shunday sharoitda ish bajarib, keyin-
chalik suv ostidan yer sathiga tez ko‘tarilish oqibatida organizmdagi
erigan azot tez va to‘liqligicha organizmdan o‘pka orqali chiqib ketishga
133
ulgurmaydi, natijada qon va boshqa suyuqliklarda gaz pufakchalarini
hosil qiladi. Qon tomirlarining ana shunday gaz pufakchalari bilan
to‘silib qolishi (gazli emboliya) bir qator kasallik belgilarini keltirib
chiqaradi, jumladan kuchli bosh og‘rishi, bo‘g‘inlarda og‘riq, to‘qima-
larda g‘ichirlash sezgilarini uyg‘otilishi kabilar. Shuning uchun bu
kasallikni “Kesson kasalligi” deb nomlangan. Bunday kasallik holatlari
kesson sharoitida ishlovchilarda yuqori atmosfera bosimidan normal
bosimga tez o‘tish sharoitida sodir bo‘ladi. Kesson kasalligini oldini
olish uchun yer sathiga juda sekinlik bilan ko‘tarilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bundan tashqari kessondagi havoni geliy-kislorod aralash-
mali havo bilan almashtirish va bunday ishlarga faqat jismonan chiniq-
qan baquvvat odamlarni qabul qilish kerak.
Klinik belgilari bo‘yicha kesson kasalligiga o‘xshash, ammo
etiologiyasi biroz boshqacha bo‘lgan Dekompression kasallik turi ham
mavjuddir. Bu kasallik normal atmosfera bosimidan birdaniga juda kam
yoki past bosimga o‘tish sharoitida yuzaga keladi. Bunday tasodiflar
yuqori balandliklarda parvoz qiladigan samolyot kabinalari, kosmik
kemalar kabinalarining germetikligi buzilganda yuzaga keladi. Bunday
sharoitda barcha qon tomirlarida erigan gazlarning havo pufakchalariga
aylanishi kuzatiladi. Buning uchun odamlar hayotini saqlash maqsadida
samolyot balandligini ya’ni uchish balandligini keskin pasaytirish
tavsiya etiladi.
Atmosfera havosining tarkibiga kiruvchi boshqa gazlardan ozon va
geliy gazlarini ta’riflash kifoyadir. Troposfera havosi tarkibidagi ozon
konsenratsiyasi foizning mingdan bir ulushiga to‘g‘ri keladi, ammo
stratosfera qatlamida uning miqdori ancha yuqori, shuning uchun havo-
ning bu qatlamini shartli ravishda “ozon qatlami” deb nomlanadi. Bu
havo qatlamining ahamiyati juda katta bo‘lib, quyosh radiatsiyasi tar-
kibiga kiruvchi va yer sathigacha yetib keladigan ultrabinafsha
nurlarning qisqa to‘lqinli qismini o‘zida tutib qoladi. Oxirgi o‘n yillik-
larda Antarktida qit’asining ustida ozon qatlamining yupqalashishshi
haqidagi ma’lumotlar matbuot sahifalarida tez-tez uchrab turibdi. Bu
fenomenni “Ozon teshigi” deb nomlandi. Bunday holat qutb doirasidan
chetda (Qutb orti) va ekvatorial hududlarda kuzatiladi. Bunga sabab
tariqasida insonlarning hayot faoliyatlari natijasida atmosfera havosiga
ayrim kimyoviy moddalarning yoki ularning birikmalarini (freonlar, azot
oksidlari) ko‘p miqdorlarda chiqarilishi natijasida yuzaga keladi deb
qaraladi.
134
Geliy gazi biologik inert gazlar qatoriga kiradi. U azot gazidan yen-
gil. Bu gaz o‘pka to‘qimasini atelektazdan himoya qiladi degan fikrlar
mavjud (atelektaz- o‘pkaning biror qismini havosiz bujmayib qolishi).
Bundan tashqari sun’iy atmosfera havosini suyultiruvchi gaz hisobida
kam qatnashadi degan fikrlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |