O‘zbek tili fonetikasi


Lablanishlik-lablanmaslik belgisi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

 
Lablanishlik-lablanmaslik belgisi 
O‘zbek  adabiy  tili  unlilari  uchun  yana  bir  farqlovchi  belgi  lablanish-
lablanmaslikdir.  Bu  farqlovchi  belgi  ham  barcha  turkiy  tillar  unlilari  uchun  tipik 
sanaladi. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra unlilar binar zidlanishga ega bo‘ladi
а, ä, i, ï – lablanmagan unlilar; о, ö, у, ÿ – lablangan unlilar. Ko‘rinadiki, har qaysi 
lablangan unliga lablanmagan unli mos keladi. 
Lablanish-lablanmaslik  belgisiga  ko‘ra  binar  moslik  ko‘p  hollarda  buzilishi 
mumkin. Bunday nomuvofiqlik lablanmagan unlilarning nutq jarayonida lablanishida 
va  lablangan  unlining  lablanish  belgisini  yo‘qotishida  kuzatiladi.  Xususan,  o‘zbek, 
boshqird,  tatar  tillarida  «a»  ning  lablanishi  kuzatiladi.  Boshqird,  tatar  tillarida  nutq 
                                                                 
1
 Қаранг: Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков.- Л.: Наука, 1970. –С.28.
 
2
 Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С. 27-33.
 


22 
 
jarayonida «a» ning lablanish belgisiga ega bo‘lishi bu unli fonemaning kombinator 
variantini hosil qilsa, o‘zbek tilida dastlab variant holida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, 
lekin hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonologik qimmatga ega bo‘ladi.
1
 
O‘zbek  tili  fonetikasiga  bag‘ishlangan  tadqiqotlarda  «o»  fonemasi-ning 
artikulyatsion-akustik  belgisi  turlicha  talqin  etiladi.  Ayrim  mualliflar  lablangan  unli 
desalar
2
, boshqa tadqiqotchilar lablanish belgisini inkor qiladilar.  
Jumladan,  prof.  M.Mirtojiev  bu  ikki  unli  haqida  quyidagilarni  yozadi:  «Yana 
o‘zbek  tilida  «o»  unlisi  va  Buxoro-Samarqand  shevalariga  xos  «o»  unlisi  bor. 
Bularda  tilning  old  va  orqa  qismi  bir  xil  holatda  bo‘ladi.  Shunga  qaramay,  uning 
urinib  o‘tish  joyi  tilning  orqasi  bo‘lgani  uchun,  ularni  ham  til  orqa  unlisi  deb 
qaraladi...  O‘zbek  tilida  lablangan  unlilar  bir  necha:  u,  ü,  ö,  ө.  Yana  Buxoro-
Samarqand shevalariga xos «o» unlisi ham lablangan bo‘lib, uning lablanishi boshqa 
lablangan  unlilarga  nisbatan  juda  pastdir.  «o»  unlisini  ba’zi  adabiyotlarda  lablangan 
deb  ham  qayd  etiladi.  Buning  asosi  bor.  Chunki  u  lab  tovushlari  bilan  yondosh 
qo‘llanganda, albatta, lablangan talaffuzga ega bo‘ladi. Biroq boshqa hollarda esa u 
lablanmaydi.  Bu  esa  uning  assimilyativ  lablanishi  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Asosan 
esa, bu tovush lablanmagan deb qaralishi kerak».
3
  Yuqoridagi  parchani  o‘qigan  har 
qanday  fonologiyadan  xabardor  bo‘lgan  o‘quvchi  til  sistemasida  paradigmatik 
munosabatdagi  unli  fonema  bilan  uning  sintagmatikadagi  turli  o‘zgaruvi 
(modifikatsiyasi) qorishtirilayotganligini payqaydi. 
O‘zbek tili fonetikasi (fonologiyasi) tarixi bilan shug‘ullangan yirik turkologlar 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish