Til o‘rta undoshlari til o’rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi.
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi
sanaladi.
Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir
paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a‘zolari uchun
birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma
a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g’, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra
birlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |