Qiyosiy fonetika - qarindosh tillarning tovush sistemasi munosabatlarini
o’rganadi. Masalan, turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, slavyan tillarining qiyosiy
fonetikasi kabi.
Relevant belgi – asosiy, markaziy belgi.
Senment – nutqning eng kichik bo‘lagi. Segmentatsiya – nutqning bo‘linish jarayoni.
Sillabema – muayyan ma’no farqlash xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘g‘in.
Sinerezis qator kelgan ikki unlining bir unliga aylanish hodisasidir.
Sinekdoxa (yun. synekdoche “nisbat berish”) – so‘z va birikma orqali
ifodalangan narsa – hodisalarning butun – bo‘lak aloqasi asosidagi ma’no ko‘chishi.
Masalan,
Faqat shu yer yaqin yurakka,
101
Faqat shunda quvonar ko‘zlar. (M.Yusuf)
Bu misrada ko‘z odam ma’nosida, tirnoqqa zor birikmasida tirnoq farzand
ma’nosida ishlatilgan.