Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash,
texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat
gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har
bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida
ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar),
ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni
ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |