Ishlab chiqrishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta`sir etib kasallanishga yoki
ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg’isi bug’lari, pestitsidlar,
mineral o`g’itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida namlikni ortishi yoki
kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli
va xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-
tadbirlar sistemasi.
SHikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar natijasida inson
organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |