1-etil-6-ftor-1,4-digidro-7-/4-metil-1-piperazil/-4-okso-3-xinolinkarbon kislota metansulfonat
O M.m. 465,5
Oq rangli kristall kukun. Suvda oson, 95% etil spirtda kam, xloroformda juda kam, etilefirda
Xingaminning chinligi uning pikrat kislota eritmasi bilan 204,5—207°S haroratda
suyuqlanadigan sariq cho‗kma hosil qilishi bo‗yicha aniqlanadi. Preparatning chinligini Davlat
farmakopeyasi spektrofotometrik usul bo‗yicha aniqlashni ham tavsiya qiladi. Bunda preparatni
Trixomonatsid chinligini aniqlashda undan aromatik halqaga birikkan nitroguruh asosida
azobo‗yoq hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun avval nitroguruhni rux kukuni va
xlorid kislota yordamida aminoguruxgacha qaytarib, keyinchalik uni natriy nitrit bilan diazotirlab,
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
277
so‗ngra β- naftolning natriy gidroksiddagi eritmasi ta‘sir ettirib, yorqin qizil rangli azobo‗yoq hosil
qilinadi.
Trixomonatsid eritmasiga kaliy yodid eritmasi ta‘sir ettirilsa, u gidroyodit tuzi holida sariq
cho‗kma hosil kiladi. Preparatning chinligini yana spektrofotometrik usul bo‗yicha ham aniqlash
mumkin. Uning 0,001 % li suvdagi eritmasining solishtirma nur yutish ko‗rsatkichi 357 nm to‗lqin
uzunligida aniqlanadi.
Xingamin va trixomonatsidlardagi fosfat kislota qoldig‗i oddiy analitik reaksiyalar yordamida
aniqlanadi. Masalan, uni nitrat kislota ishtirokida ammoniy molibdat bilan sariq cho‗kma holida
cho‗ktirib bilish mumkin.
Xingamin va trixomonatsidning miqdorini ham boshqa organik asoslarga o‗xshash, suvsiz
muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun suvsiz sirka kislotada eritilgan
preparatning ma‘lum miqdori kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/l
suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiyani xingamin misolida quyidagicha
ifodalash mumkin:
Xingamin bezgak kasalligini davolashda va uning oldini olishda hamda boshqa ba‘zi
kasalliklarda, jumladan, qizil volchanka hamda antiaritmik dori sifatida qo‗llaniladi. Uni 0,25 g dan
ichiriladi yoki 5 % li eritma holida mushak orasi va venaga yuboriladi.
Trixomonatsid trixomona kasalligiga qarshi kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Uni 0,3 g mikdorida
bir sutka davomida 2—3 mahal ichiriladi. Preparat shamcha shaklida ham ishlatiladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
278
Xingamin va trixomonatsid «B» ro‗yxati bo‗yicha og‗zi mahkam berkitilgan idishlarda,
yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi.
Pefloksatsin mezilat chinligi IQ – spektrofotometrik usulda standart namuna bilan solishtirib
aniqlanadi.
Pefloksatsin mezilat miqdori kalomelli shisha elektrodlari yordamida potensiometrik titrlash usulda
aniqlanadi (DF XI, 1 nashr, 120 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: