YUqorida nomi keltirilgan preparatlarning chinligini aniqlashda umumiy reaksiya sifatida, ular
reaksiyasidan foydalaniladi. Masalan, xinozolning suvdagi eritmasi temir(III) xlorid ta‘sirida
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
280
ko‗kimtir-yashil, nitroksolinning 0,1 mol/l xlorid kislotadagi eritmasi qoramtir-yashil,
klioxinolning eritmasi esa ko‗kimtir-yashil rangli birikmalar hosil qiladi.
Xinozolning suvdagi eritmasiga natriy karbonat eritmasi qo‗shilsa, och sariq cho‗kma holida
sof 8-oksixinolin cho‗kadi. U natriy karbonatning ortiqchasida eruvchan fenolyat hosil kiladi.
Xinolzoldagi sulfat kislota qoldig‗ini bariy sulfat holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Nitroksolindagi nitroguruh asosida azobo‗yoq hosil qilish reaksiyasi bo‗yicha ham uning
chinligi aniqlanadi. Bunda avval nitroguruh rux kukuni va xlorid kislota yordamida
aminoguruhgacha qaytariladi. So‗ngra unga natriy nitrit va β-naftolinning ishqordagi eritmasi
qo‗shilsa, to‗k sariq-qizil rangli cho‗kma holida azobo‗yoq hosil bo‗ladi.
Nitroksolinning chinligi farmakopeya maqolasida keltirilgan temir ( III) xlorid va azobo‗yoq
hosil qilish reaksiyalaridan tashqari, boshqa reaksiyalar bo‗yicha ham aniqlanadi. Masalan, kukun
holidagi nitroksolinga bir necha tomchi natriy gidroksid eritmasi ta‘sir ettirilsa, u boshqa
nitroaromatik birikmalarga o‗xshash, qizil rangli psevdonitrotuz hosil qiladi.
Preparat tarkibidagi nitroguruhni yana konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida difenilaminni
ko‗k rangga bo‗yashi bo‗yicha ham aniqlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
281
Klioxinolning chinligini aniqlashda yukorida ko‗rsatib o‗tilgan temir ( I I I ) xlorid bilan undagi
fenol gidroksiliga xos reaksiyadan tashqari, uni spektrofotometrik hamda xromatometrik usullar
orqali ham aniqlanadi.
Preparatdagi organik birikkan xlor va yodni aniqlashda uni natriy, kaliy karbonat va kaliy
nitrat tuzlaridan tashkil topgan aralashma bilan yukori haroratda qizdirib parchalanadi. So‗ngra
aralashmani suvda eritib, eritmadagi xlor va yod ionlarini o‗ziga xos reaksiyalar yordamida
aniqlanadi. Masalan, yod ionini aniqlashda eritmaga xlorid kislota, natriy nitrit eritmasi va xloroform
qo‗shib chayqatilsa, reaksiya natijasida ajralib chiqqan erkin yod xloroform qatlamini binafsha rangga
bo‗yaydi.
Xlor ionini eritmadan nitrat kislota muhitida kumush nitrat bilan cho‗ktirib aniqlanadi. Bunda
bir vaqtning o‗zida sariq cho‗kma holida kumush yodid ham cho‗kadi. Kumush xlor va kumush
yodlarni ammiak eritmasiga bo‗lgan munosabatlari orqali ajratib aniqlanadi.
Xinozolning miqdori uning tarkibidagi sulfat kislota asosida neytrallash usuli bo‗yicha
aniqlanadi. Bunda ma‘lum miqdordagi preparat eritmasi fenolftalein indikatori va xloroform
ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Xinozolning miqdorini yana ko‗pchilik fenollarga o‗xshash quyidagi reaksiyalarga
asoslangan holda bromatometrik va yodxlorometrik usullar bo‗yicha ham aniqlanadi.
Reaksiyaga kirishmay qolgan brom yoki yodxlorning ortiqchasini eritmaga kaliy yodid
qo‗shib, so‗ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Nitroksolinning mikdori suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning
uchun ma‘lum miqdordagi preparatning dimetilformamiddagi eritmasini timol ko‗ki indikatori
ishtirokida natriy metilatning 0,1 mol/l eritmasi bilan suyuqlik sariq rangdan ko‗k-yashil rangga
o‗tguncha titrlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
282
Klioxinolning miqdori ham suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi.
Preparatning suvsiz sirka kislotadagi eritmasi kristallik binafsha indikatori ishtirokida perxlorat
kislotaning 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan suyuqlik och yashil rangga bo‗yalguncha
titrlanadi.
Xinozol antiseptik va qon to‗xtatish xususiyatiga ega. Uning suvdagi (1:1000,2:1000)
eritmalari antiseptik modda sifatida yaralarni yuvishda va ginekologiya amaliyotida ishlatiladi. Uni
talk yoki kraxmal bilan bo‗lgan 2 % li aralashmasi sepma va 5 % li malham holida ham ishlatiladi.
Nitroksolinni asosan urologiya amaliyotida pielonefrit, sistit, uretit va boshqa kasalliklarni
davolashda 0,1 g dan kuniga 4 marta ichiriladi. Preparat 0,05 g dan ko‗ng‗ir qobiq bilan
qoplangan tabletkalarda chiqariladi.
Klioxinol enterokolit, amyobali va bakteriyali dizenteriya va boshqa kasalliklarni
davolashda 0,25 g dan chiqariladi.
Xinozolni oddiy sharoitda og‗zi mahkam berkitilgan i di s hda s aql anadi . Nit roksoli n v a
kl i oxi nol es a «B» ro‗yxati bo‗yicha, yorug‗lik ta‘siridan ehtiyot qilingan holda quruq joylarda
saqlanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: