KVALIDIL
Qualidilum
1,6-geksametilen-bis- (3-benzilxinuklidiniy xlorid) tetragidrat
Kvalidil oq xidsiz, kristall kukun bo‗lib, suvda engil eriydi, spirt va xloroformda eriydi, efir,
atseton va benzolda erimaydi.
IMEXIN
Imechinum
2, 2, 6, 6, - tetrametil — xinuklidin, yodmetilat
Imexin hidsiz, taxir mazali, oq kristall kukun bo‗lib, suvda engil eriydi, spirtda eriydi,
xloroformda engil eriydi.
Xinuklidin guruh preparatlar chinligini aniqlashda ham boshqa preparatlarga o‗xshash ularning
kimyoviy xossasi va molekula tuzilishidagi funksional guruhlardan foydalaniladi. Masalan, atseklidin
va oksilidindagi murakkab efir guruhlari asosida, ularni rangli gidroksamat tuzlarni hosil qilish
reaksiyalari orqali aniqlash mumkin. Bunda preparatga gidroksilamin gidroxlorid va natriy gidroksid
eritmalari qo‗shib chayqatilgandan so‗ng, unga suyultirilgan xlorid kislota va temir (III) xlorid
qo‗shilsa, oksilidin to‗q binafsha, atseklidin esa qizil-qo‗ng‗ir rangli temirgidroksamat tuzlarini hosil
qiladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
287
Atseklidinni bu reaksiya bo‗yicha aniqlanganda, avval uning tarkibidagi salitsil kislotani
xlorid kislota ta‘sirida cho‗ktirib, so‗ngra efir bilan ekstraksiya qilib ajratib olinadi.
Atseklidinning chinligini aniqashda yana rangli reaksiyalardan, uning limon kislotasining sirka
angidrididapi eritmasi bilan yashil-sariq rangdan to‗q qizil rangga o‗tib ketadigan birikma hosil
qilishidan foydalaniladi.
Oksilidin ko‗pchilik uchlamchi azot saklovchi geterotsiklik birikmalarga o‗xshash pikrin
kislotasi bilan 190— 195°S haroratda suyuqlanib ketadigan sariq cho‗kma holida qo‗sh molekulyar
birikma hosil qiladi.
Fenkarolning chinligini aniqlashga tavsiya qilingan reaksiyalardan uning Reynikat ammoniy
«eritmasi ta‘sirida atsetonda eriydigan pushti rangli pishloqsimon cho‗kma hosil qilish reaksiyasi
keng qo‗llanadi. Bu reaksiya preparatdagi xinuklidin halqasiga doir reaksiyadir.
Reynikat ammoniy reaktivi bilan kvalidil ham fenkarolga o‗xshash cho‗kma beradi.
Fenkarolning chinligi uning kukun holidagisiga bir necha tomchi Marki reaktividan
qo‗shilganda to‗q qizil rangli kondensirlangan birikma (preparat tarkibidagi aromatik halqalar
hisobiga) hosil qilishi bo‗yicha ham aniqlanadi.
Kvalidilni, boshqa xinuklidin hosilalaridan farqlaydigan reaksiya sifatida, uning xromatrop
kislotasining dinatriy tuzi bilan, avval oq loyqa, biroz turishi natijasida esa kristall cho‗kma hosil
qilishidan foydalaniladi. Reaksiyani taxminan quyidagi tenglama bo‗yicha ifodalash mumkin:
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
288
Imexindagi to‗rtlamchi ammoniy kationiga asoslanib, uning 1,2-naftoxinon-4-sulfokislotaning
natriyli tuzi bilan sariq-jigar rangli cho‗kma hosil qilishi bo‗yicha preparatning chinligini aniqlashda
foydalaniladi.
Atseklidin tarkibidagi salitsil kislotani temir ( II I) xlorid eritmasi bilan ko‗k binafsha rangli
birikma hosil qilishidan, imexindagi yod va boshqa preparatlarda esa xlor ionini Davlat
farmakopeyasi bo‗yicha oddiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi.
Bu erda ko‗rilayotgan xinuklidin qator preparatlarning miqdori suvsiz muhitda kislota-asos
titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Bunda preparatlarning (atseklidindan tashqari) suvsiz sirka
kislotadagi eritmalarini simob (II) atsetat ishtirokida perxlorat kislotasining suvsiz sirka kislotadagi
0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida kristall binafsha ishlatiladi va titrlashni
suyuqlik ko‗kimtir-yashil rangga o‗tguncha olib boriladi. Atseklidinni bu usul bilan aniqlashda simob
(II) atsetat olinmaydi, uning suvsiz sirka kislotadagi eritmasini bevosita perxlorat kislota eritmasi bilan
titrlanadi. Reaksiyani oksilidin va kvalidil misolida quyidagi tenglama bo‗yicha ifodalash mumkin:
Dori sifatida qo‗llaniladigan xinuklidin hosilalari kimyoviy tuzilishi bilan o‗zaro bir-biriga
juda yaqin bo‗lsalarda, biroq ularning molekulasiga kiritilgan ayrim o‗zgarishlar preparatlarning
farmakologik ta‘sirlari turlicha bo‗lishiga olib keladi. Masalan, atseklidin me‘da-ichak va siydik
pufakchasi operatsiyasidan keyingi atoniyani yo‗qotishda 0,2 % li eritmasi 1—2 ml dan teri ostiga
yuboriladi. Uning 3 % li va 5 % li eritmasi esa malham sifatida glaukoma kasalligida, ko‗z ichki
bosimini pasaytirishda ishlatiladi.
Oksilidin sedativ va gipotenziv ta‘sir ko‗rsatishi bilan farqlanadi. Uni turli asab buzilishi,
uyqusizlikda, gipertoniya va boshqa ba‘zi kasalliklarni davolashda 0,02—0,06 g dan (kuniga 0,2—0,3
g miqdorida) ichiriladi yoki 2 % li eritma holida 1 ml dan kuniga 2 marta teri osti yoki mushak orasiga
yuboriladi.
Fenkarol allergiyaga qarshi preparatlar orasida o‗zining gistaminga qarshi ta‘sir qilishi va
kam toksikligi bilan farqlanadi. Uni 0,025—0, 05 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
289
Imexin kuchli ganglioblokator va gipotenziv ta‘sir ko‗rsatadi. Uni periferik tomirlar spazmasi,
me‘da va o‗n ikki barmoq ichak yaralarida, gipertoniya va boshqa kasalliklarni davolashda
ishlatiladi. Preparatning 1 % va 2 % li eritmasi qon tomiriga yuboriladi.
Kvalidil preparati antidepolyarlovchi miorelaksant ta‘sirga egadir. Uni mushaklarni
bo‗shashtirish va narkoz vaqtida nafas olishni boshqarish maqsadida venaga 2 % li eritma holida
yuboriladi.
Xinuklidin guruh preparatlardan oksilidin, fenkarol, imexin «B» ro‗yxati, atseklidin va
kvalidil preparatlari esa «A» ro‗yxati bo‗yicha og‗zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‗lik
ta‘siridan himoya qilingan holda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |