Miqdori: YUSSX usuli
Ishlatilishi: Selektiv ta‘sirga ega alfa
1
-
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
294
adrenoblokator.
YUqorida nomi keltirilgan uratsil hosilalarining chinligini aniqlashda quyidagi reaksiyalardan
foydalaniladi. Masalan, ftoruratsilni sariq rangli bromli suvni rangsizlantirishi bo‗yicha aniqlanadi.
Ftoruratsilinning chinligini uning tarkibidagi ftor bo‗yicha ham aniqlanadi. Buning uchun
ma‘lum miqdordagi preparatni kul qoldirmaydigan filtr kog‗oziga o‗rab, yutuvchi suyuqlik sifatida
tozalangan suv solingan maxsus kolbada kislorod atmosferasida kuydiriladi. Kolbadagi suyuqlikni
aralashtirib biroz qaynatiladi. So‗ngra unga qizil rangli temir (III) rodanid eritmasi qo‗shilganda,
suyuqlikda rangning susayib borishi va hatto keyinchalik o‗chib ketishi kuzatiladi.
Eritmadagi rangning o‗chishi temir (III) ftor hosil bo‗lishi hisobigadir.
YAna ftoruratsildagi ftorni aniqlashda uni kaliy va natriy karbonat hamda kaliy nitratdan
iborat kuydiruvchi aralashma bilan kuydirib, parchalab ham aniqlash mumkin. Bunda kuydirgandan
keyin qolgan qoldiqni suvda eritib filtrlanadi va filtratda rN 4—5 qiymatiga ega bo‗lgan muhit yaratib,
so‗ngra unga kalsiy xlorid qo‗shilganda eritmadagi ftor ioni kalsiy ftorit holida oq loyqalanish hosil
qiladi.
YUqoridagi reaksiyalardan ftorafurdagi organik birikkan ftorni aniqlashda ham
foydalaniladi.
Ftorafurni 30 % li natriy gidroksiddagi eritmasiga kukun holida sof rux qo‗shib qizdirilsa,
ammiak ajralib chiqadi. Uni odatdagicha hididan yoki suv bilan ho‗llangan qizil lakmus qog‗ozini
ko‗k rangga bo‗yashidan bilinadi. Kaliy orotatning chinligini aniqlashda Davlat farmakopeyasi
purin alkaloidlarini aniqlashda keltirilgan mureksid hosil qilish reaksiyasidan foydalanishni tavsiya
qiladi. Buning uchun preparatni pergidrol va xlorid kislota qo‗shib suv hammomida qizdirib
bug‗lantiriladi. So‗ngra unga bir necha tomchi ammiak eritmasi qo‗shilganda qizil rangli purpur
kislotaning ammoniyli tuzi yoki mureksid hosil bo‗ladi. Bundan ko‗rinib turibdiki, mureksid reaksiyasi
faqat purin alkaloidlarga xos reaksiya bo‗lmasdan, balki undan uratsil hosilalari va boshqa guruh
birikmalarini aniqlashda ham foydalanish mumkin.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
295
Kaliy orotatdagi kaliy ionini aniqlash uchun uni chinni tigelda kuydirib, so‗ngra idishda qolgan
qoldiqni suvda eritiladi va eritmadagi kaliy ionini sirka kislota muhitida kobaltnitrit natriy eritmasi
ta‘sirida sariq kristall cho‗kma holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Kaliy orotatdagi kaliyni yoqilg‗idagi alanganing rangsiz qismini binafsha rangga
bo‗yashidan ham bilinadi.
Uratsil qator preparatlarining chinligini spektrofotometrik usul bo‗yicha aniqlash mumkin. Ular
eritmalarining maksimum nur yutishi 250 va 290 nm (ftoruratsil), 290 nm (ftorafur), 300 nm (kaliy
orotat) to‗lqin uzunligida bo‗ladi.
Ftoruratsilning miqdorini purin alkaloidlaridan teobromin va teofillinga o‗xshash bavosita
neytrallash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun ma‘lum miqdordagi preparatning suvdagi
eritmasiga aniq o‗lchangan hajmda kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasidan qo‗shiladi va reaksiya
natijasida, ekvivalent mikdorda ajralib chiqkan nitrat kislotani fenol qizili indikatori ishtirokida
natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Ftoruratsil mikdorini yana suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi.
Bunda ma‘lum miqdordagi preparatning dimetilfor-mamiddagi eritmasini timol ko‗ki indikatori
ishtirokida natriy gidroksidning metanol-benzol (1:3) aralashmasidagi 0,1 mol/l eritmasi bilan
suyuqlik ko‗k rangga bo‗yalguncha titrlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
296
Kaliy orotatning miqdorini neytrallash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun preparatning
ma‘lum miqdorini avval maxsus platinadan yasalgan tigelchada yuqori haroratda (600°S gacha)
qizdirib parchalanadi. So‗ngra tigelchada qolgan qoldiq — K
2
SOz ni suvda eritib, eritmani
metiloranj indikatori ishtirokida suyuqlik qizil rangga o‗tguncha xlorid kislotaning 0,1 mol/l eritmasi
bilan titrlanadi.
Ftorafurning mikdorini bromatometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu usul preparat
molekulasidagi ftoruratsil halqasini bromlashga asoslangan. Ma‘lum miqdordagi preparatni suvdagi
eritmasiga suyultirilgan xlorid kislota, kaliy bromid va aniq hajmda ortig‗icha kaliy bromatning 0,1
mol/l eritmasidan qo‗shiladi. Suyuqlik biroz turgach, unga kaliy yodid eritmasi qo‗shib, so‗ngra
ajralib chiqqan erkin yodni kraxmal indikatori ishtirokida natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi
bilan titrlanadi.
Uratsil qator preparatlarining mikdori yana spektrofotometrik usul bo‗yicha ham aniqlanadi.
Masalan, ftoruratsilning 0,1 mol/l xlorid kislotadagi 0,001 % li eritmasini 265 nm, ftorafurning 0,1
mol/l natriy gidroksiddagi 0,002 % li eritmasini 270 nm va kaliy orotatning 0,1 mol/l ishqordagi 0,001
% li eritmasini 285 nm to‗lqin uzunligida nur yutish ko‗rsatkichini spektrofotometrda o‗lchab
aniqlanadi.
Ftoruratsil va ftorafurni me‘da, to‗g‗ri va yo‗g‗on ichaq o‗pka va boshqa a‘zolardagi rak
kasalligini davolashda ishlatiladi. Ftoruratsilning 5 % li eritmasi 10—15 mg/kg miqdorida venaga
yuboriladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
297
Ftorafurning 4 % li eritmasi bir kunda 1—2 marta 30 mg/kg dan venaga yuboriladi. Uni
yana kapsulalarda kuniga 1,2—2 g miqdordagisi ikki marta bo‗lib ichiriladi. Ftoruratsilning 5 % li
eritmasi 5 ml dan, ftorafurning 4 % l eritmasi esa 10 ml dan ampulalarda chiqariladi. Ftoruratsil
yana 0,4 g dai kapsulalarda chiqariladi.
Kaliy orotat organizmda oqsil almashinuvi jarayoni buzilganda anabolik ta‘sir ko‗rsatadi. Uni
jigar, o‗t yo‗llari kasalliklarida 0,25—0,5 g dan kuniga 2—3 marta ichiriladi. Kaliy orotat 0,5 g dan
tabletkalarda chiqariladi.
Ftoruratsil bilan ftorafurni «A» ro‗yxati bo‗yicha og‗zi maxkam berkitilgan idishlarda,
yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi.
Kaliy orotatni oddiy sharoitda og‗zi maxkam berkitilgan idishlarda saqlanadi.
Dopiridamol
preparati
chinligi
IQ-spektrometrik
va
yuqori
samarali
suyuqlik
xromatografiya usulida aniqlanadi.
Miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida standart namuna bilan taqqoslab
aniqlanadi.
Atsiklovir chinligi IQ – spektrometrik usulda standart namuna eritmasi bilan taqqoslab
aniqlanadi.
Atsiklovir chinligi yupqa qatlam xromatografiya usulida aniqlanadi. Bunda silikagel
plastinkasi, erituvchilar aralashmasi sifatida p-propanol:kons.ammiak: difenilformamid (60:30:10)
dan foydalaniladi. 254 nm to‗lqin uzunligida UB nur spektrida ko‗riladi.
Miqdori suvsiz muxitda kislota asoso titrlash (potensiometrik titrlash) usulida aniqlanadi.
Aniq tortib oolingan preparatni muz. sirka kislotasida eritib, 0,1 N perxlorat kislotasi bilan
neytrallanadi. Indikator sifatida ko‗k – yashil kristallik binafshasidan foydalaniladi.
Tibbiyotda virusga qarshi vosita sifatida keng qo‗llaniladi. Maxkam berkitilgan idishda,
quruq va qorong‗u xonada saqlanadi.
Doksazozin chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida
aniqlanadi.
Tibbiyotda selektiv ta‘sirga ega alfa
1
-adrenoblokator sifatida qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |