Xinin va xinidinning chinligini aniqlashda «Talleyoxinin» reaksiyasidan foydalaniladi. Buning
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
273
Xininning barcha tuzlari, shuningdek xinidinning suvdagi eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota
qo‗shilsa, havo rangda tovlanadi.
Davlat farmakopeyasida keltirilgan reaksiyalardan tashqari, xinin preparatlarini va xinidinning
chinligini aniqlashda umumiy alkaloid reaktivlari yordamida har xil rangli cho‗kma hosil qilish
reaksiyalaridan ham foydalaniladi. Masalan, ular pikrat kislota eritmasi ta‘sirida sariq cho‗kma
holida pikrat tuzlarini hosil kiladi. Xinin tuzlarining spirtdagi eritmalariga sulfat kislota muhitida
yodning spirtdagi eritmasi ta‘sir ettirilsa, yashil kristall cho‗kma shaklida gerepatit moddasi hosil
qiladi.
Xinin sulfat va xinidin sulfatdagi sulfat ionini bariy sulfat holida cho‗ktirib aniqlanadi. Xinin
gidroxlorid tuzlaridagi xlor ionini esa kumush xlorid holida oq pishloksimon cho‗kmaga o‗tkazib
aniqlanadi.
Xinidinning chinligini yana qog‗ozli xromatografiya usuli hamda uning kaliy yodid
eritmasi ta‘sirida sarg‗imtir cho‗kma hosil qilish reaksiyasi bo‗yicha ham aniqlash mumkin
Xinin tuzlarnni va xinidinning miqdorini tortma usul bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun
ma‘lum mikdordagi preparatning eritmasidan natriy gidroksid eritmasi ta‘sirida xinin va xinidinni
asos holida cho‗ktirib xloroform yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Ekstraktdan isitish yordamida
xloroformni bug‗lantiriladi va qolgan qoldikdagi alkaloid asosning mikdorini analitik tarozida tortib
aniqlanadi.
Xinin tuzlarining tabletkalardagi miqdori ulardagi kislota qoldig‗i asosida neytrallash usuli
bo‗yicha aniqlanadi. Bunda ma‘lum mikdordagi preparatning spirtxloroform aralashmasidagi
eritmasini fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan
titrlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
274
Xinin preparatlari bezgak kasalligini davolashda ishlatiladi. Ularni tabletka va kapsulalarda
0,25—0,5 g dan chiqariladi. Bemorga kuniga 1 —1,2 g miqdorida 2—3 mahal ichiriladi.
Xinin digidroxlorid tuzining 25—50 % li suvdagi eritmalari in‘eksiyada ishlatiladi. Preparatning 50
% li eritmasi 1 ml dan ampulalardi chiqariladi.
Xinidin kuchli antiaritmik modda bo‗lib, uni aritmiyaning turli hollarida 0,25—0, 3 g dan
kuniga 3—4 marta ichiriladi. Preparatni 0,1 va 0,2 g dan tabletkalarda chiqariladi.
Xinin preparatlari va xinidinni og‗zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‗lik tushmaydigan
joyda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: