6
O’YUVCHI MODDALAR BILAN ISHLASH QOIDALARI
O’yuvchi moddalarga quyidagilar kiradi: xlorid, nitrat, sulfat, ftorid kislotalar,
xrom (VI) oksidi, qattiq ishqorlar-o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy, ularning
kontsentrlangan eritmalari, ammiak eritmasi, brom va uning eritmalari. O’yuvchi
moddalar teriga tushsa, go’yo qizdirilgan jism tekkandek kuydiradi, ularning
ko’zga tushishi nihoyatda xavfli.
Sulfat kislotasining (umuman kislotalarning) eritmasini tayyorlaganda, uni
suvga Qo’shish va tuxtovsiz aralashtirib turish kerak. Aks xolda eritma qizib
atrofga sachrab ketishi mumkin. Suvni kislotaga quyish aslo mumkin emas.
Ishqorlardan eritma tayyorlaganda, ularning kichik bo’laklarini asta-sekin
suvga qo’shib to’xtovsiz aralashtirib turiladi.
Ftorid kislotasi teriga tushsa sekin bitadigan yara xosil qiladi, o’pkani esa
yallig’laydi. Agar ftorid kislotasi teriga tushsa, uni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab
yuvib 5% li soda eritmasi bilan kompress qilish kerak.
Idishlarni xrom aralashmasi bilan yuvganda uning tomchilarnini teriga,
kiyimga, oyoq kiyimiga tushishidan extiyot bo’lish kerak.
Ishlaganda portlab ketishi va o’z-o’zidan yonib ketishi mumkin bo’lgan
moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari.
Reaktsiya o’tkazilayotganda portlash hosil bo’lishi mumkin bo’lgan barcha
tajribalar o’tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaktsiyalar esa
maxsus kabinalarda yoki himoya ekranlari, qalqonlari bilan jixozlangan yerlarda
o’tkaziladi.
Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki yengil yonuvchi moddalar bilan
shunchaki aralashtirish mumkin emas, chunki bu o’z-o’zidan yonib ketish va
portlashga olib kelishi mumkin.
Yog’li va parafinli hammomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib
ketishidan saqlanish lozim, chunki yog’ ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida
qaynab ketib, qizigan yog’ni atrofga sachratib yuboradi. Yog’ bilan ifloslangan
latta, sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda, o’z-o’zidan yonib ketishiga moyil
bo’ladi.
Sulfat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, moboda
to’kilib ketsa, u soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas.
Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik
choralari
Yonuvchi va ayniqsa tez olangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali
olovda qizdirish yoni alanga yaqinida saqlash qatiyan mumkin emas. Bunday
moddalar suv, yoki havo hammomlarida elektr qizdirgichlar yordamida qizdiriladi
va haydaladi. Bunday hammomlarning qizdiruvchi va tok o’tkazuvchi qismlari
yaxshilab himoyalangan bo’lishi kerak.
Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa
turdagi tez alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi
yo’q so’ruvchi shkafda o’tkaziladi.
Yongil alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo’lgan suyuqliklarni
qizdirishda pribor tagiga, avariya sodir bo’lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun
7
extiyotdan bo’sh kyuvetalar qo’yilish kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar
tozalab yuvilib, yig’ishtirish lozim.
Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo’ladi va ular inson
organizmiga havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun bunday moddalar bilan olib boriladigan ishlar yopiq, so’ruvchi shkaflarda
olib boriladi.
Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag’darish mumkin emas. Ishlatilgan
bunday modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to’planib maxsus
quduqlarga to’kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: