31
gan mutaxassisga aylanishiga olib keladi, ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki,
ularning
ko‘pchiligi bu bilimlardan o‘zlarining kelajak kasbiy faoliyatida samarali foydalana olmayapti.
Ushbu muammoning yechimi esa ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yonda shuv hi-
soblanadi va u quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
•
o‘qitish maqsadlarini ta’lim oluvchilarning shaxsiy maqsadlari bilan
muvofiqlashtirish;
•
ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va mas’uliyatining doimiy oshishi hisobiga
o‘qituvchining mehnatini yengillashtirish;
•
o‘quvchilarni o‘quv material mazmuni hajmini qisqartish hisobiga emas,
balki
individual mustaqil ta’lim ulushini oshirish hisobiga band qilish;
•
o‘quv va tarbiyaviy jarayon birligini nazariyada emas, balki amaliyotda ta’minlash;
•
ta’lim oluvchilarni ongli va mas’uliyatli ta’lim olishga tayyorlash.
Kompetensiyaviy yondashuv o‘z ichiga quyidagi ikkita asosiy tushunchani oladi:
“kompetensiya” va “kompetentlik”.
Kompetensiya – yuqori sifatli, samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan faoliyat usullari,
bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi.
Kompetentlik – bu mos kompetensiyaning inson tomonidan egallanishi aniq funksi-
yalarni bajarishga tayyor bo‘lish, ta’limda kopetensiyaviy yondashuv esa o‘quv jarayonini
aniq kompetensiyani shakllantirishga maqsadli yo‘naltirish. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim
oluvchining produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan, kasbiy muhim sifatlar va qobiliyatlarni
shakllantirish,
shuningdek, ta’lim standartida ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalar
jamlamasini o‘z ichiga olgan tayanch kompetensiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirishga
imkon beradi.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli kompyuterlar insonning ham
kasbiy, ham kundalik hayotiga mustahkam kirib bormoqda va kompyuter bilan ishlash
ko‘nikmalari har qanday kasb egasi uchun zarur hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim
muassasalarida,
shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarida in-
formatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga
olishni taqozo etadi.
Bir tomondan, bu fanni o‘qitish, ehtimol, boshqa fanlarga nisbatan osonroq. Komp-
yuter o‘yinlari, Internet, chat, elektron pochta, kompyuterning multimedia imkoniyatlari
o‘quvchilarni kompyuter olamiga jalb etadi va ularning fanni o‘rganishiga qiziqishini oshi-
radi. Boshqa tomondan esa informatika va axborot texnologiyalarini o‘rganishda,
bugungi
kunda an’anaviy yondashuvning yetarli emasligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, informatika va axborot texnologiyasining o‘ziga xos xususiyati – bu
uni inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida, har qanday kasbda qo‘llash hisoblanadi.
Bu esa, o‘z navbatida, informatika va axborot texnologiyalari darslarida o‘quvchi-
larda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun quyidagi muhim masalalarni hal
etishni taqozo etadi:
1
•
informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv jarayonini o‘quvchilar
o‘quv dasturida o‘zlashtira olmagan ma’lumotlarni mustaqil ravishda topish va o‘rganish
uchun imkon beradigan tarzda tashkil etilish kerak. Bunday sharoitda mustaqillik, mustaqil
ta’lim
olish qobiliyati, keng axborot maydonida aniq harakat qilish malakasi kabi kasbiy
jihatdan muhim fazilatlarni shakllantirishga ehtiyoj yuzaga keladi;
•
axborot texnologiyalari juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda, uning dasturiy va
texnik ta’minoti esa doimo o‘zgarib turibdi. Bunday o‘zgarishlarni bilish, yaratilgan dasturiy
1
U.X. Mingboyev. “Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha tashkil
etiladigan darslarda
tayanch kompetensiyalarni shakllantirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. Samarqand, 2018-y, 301-305-betlar.
А.В. Пашкевич. Создание системы оценивания ключевых компетенций учащихся массо-
вой школы: Монография.-М.: РИОРИНФРА-М, 2013.