“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
va texnik ta’minotlardagi yangi narsalarni o‘rganib borish maqsadga muvofiqdir. Shuning
uchun ham o‘quvchilar o‘z-o‘zini rivojlantirishi va ularda mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan
ehtiyojini shakllantirish zarur;
•
axborot texnologiyalarini o‘rganish amaliy va tadbiqiy xarakterga ega. Turli
masalalarni hal etishga yordam beradigan, o‘z faoliyatining vositasi sifatida kompyuterga
nisbatan o‘quvchilarning nuqtai nazarini shakllantirish lozim. Bu borada turli dasturiy
ta’minot bilan muayyan vazifani hal qilishning optimal vositalari va usullarini tanlashga
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham o‘quvchilarda masalani to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmasi,
uni hal qilish bo‘yicha faoliyatini rejalashtirish, natijalarni tahlil qilish, tanqidiy baho berish
va maqsadga erishilganligini tushunish kabi sifatlarni shakllantirish zarur;
•
bugungi kunda kompyuter texnologiyalari yordamida yechiladigan muammolar
majmuasi individual holda hal etilmaydi. Web-sahifalarini ishlab chiqish, ma’lumotlar
bazalarini yaratish, bosma nashrlar maketini tayyorlash va boshqalarni yaratish kabi
vazifalar ishlab chiquvchilarning butun guruhi tomonidan samarali hal etilmoqda.
Shuning uchun o‘quvchilarning kommunikativlik, jamoada ishlash ko‘nikmasini, jamoaviy
tadbirlarni rejalashtirish, umumiy maqsadga erishish uchun ishlarni taqsimlash va nihoyat,
o‘z ishlarini taqdim etish kabi sifatlarini rivojlantirish kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari fanida bilim va ko‘nikmalar boshqa predmet-
larda bo‘lgani kabi nafaqat maqsadlar, balki shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini
o‘zi anglashining muhim vositasi sifatida zarur. Maqsadlarning o‘zgartirishi o‘qitish me-
todlarining o‘zgartirishiga olib keladi. Shuning uchun ham izlanish-tadqiqotchilik metodi-
ni, ya’ni o‘quvchilar ilgari o‘zlashtirgan bilimi va egallagan ko‘nikmalarining yetarli emas-
ligini aniqlash va tushunishlari, o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv vazifasini shakllantirishi,
o‘z-o‘zini baholash, tahlil masalasini hal etishning aniqlangan usulini asoslashni birinchi
o‘ringa qo‘yishi kerak. Buning natijasida o‘qituvchi izlanish jarayoni ishtirokchisi, o‘quvchi
esa uning ishbilarmon raqibiga aylanadi. O‘qituvchining vazifasi esa o‘quvchining mustaqil
ishlashi va o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, uning maqsadlarini
aniq tushunishi va belgilangan vazifani hal qilishda mustaqil faoliyatga undashdan iborat.
Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitis-
hda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun yo‘naltiruvchi matn, didaktik masala,
ishbilarmonlik o‘yinlari, xususiy vaziyatlarni o‘rganish, loyihali o‘qitish metodikalarini qo‘l-
lash maqsadga muvofiq hisoblandi.
Ushbu metodikalarning har biri o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, biz ularni qarab chiqamiz:
2
−
“Yo‘naltiruvchi matn” metodikasi turli xil o‘quvchilar tomonidan axborotni
o‘zlashtirishning sur’ati, boshlang‘ich tayyorgarlik darajalari bo‘yicha nomuvofiqlik
muammosini hal qilishga imkon beradi; o‘quvchilar axborot bilan mustaqil ishlaydilar,
nazariy materiallarning o‘zlashtirilgan darajasini baholaydilar, topshiriqlarni bajarishning
eng yaxshi usulini tanlaydilar, maqsadga erishilganlik darajasini aniqlaydilar;
−
“Didaktik masala” metodikasi real hayotga yaqin o‘quv masalalarini shakllantirish,
mavjud bilimlar yetarli darajada tahlil qilinib, yetishmaydigan ma’lumotlarni mustaqil
ravishda topish va ishni bajarishning eng yaxshi yo‘lini tanlash, guruhda fikr almashish,
shuningdek maqsadlarga erishish yo‘lidagi muvaffaqiyatlarni tahlil qilish, kelgusidagi
faoliyat istiqbollarini aniqlashga imkon beradi;
−
“Xususiy vaziyatni o‘rganish” metodikasi muammoni aniqlashning zarurligini,
muammoli vaziyatni vujudga kelish sabablarini tushunishga yordam beradi. Guruhda
fikrlar almashinuvi, so‘ngra muammoni bartaraf etish yo‘llarini qidirish, buning uchun esa
kerakli ma’lumotni mustaqil yoki guruh bo‘lib qidirish ro‘y beradi;
−
“Ishbilarmonlik o‘yini” va “Loyihali o‘qitish” metodikalari yuqorida qayd etilgan
2
И.Н. Зотова. Коммуникативная компетентность как аспект социализации личности сту-
дента в условиях информатизации общества // Актуальные социально - психологические про-
блемы развития личности в образовательном пространстве ХХІ века. - Кисловодск, 2006.
33
barcha metodikalarning xususiyatlarini, ya’ni avvalgi mashg‘ulotlarda olingan bilimlardan
foydalanish va ishning maqbul bajarilish usulini tanlash va maqsadning muvaffaqiyati
tahlili uchun real vazifani shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
3
Shunday qilib, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish vositalarini tanlash har xil,
ammo ularning barchasi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi, ya’ni o‘quvchilar kichik
guruhlarda ishlashadi, bu ularning kommunikativ sifatlarini shakllantirish va tashabbus-
larini qo‘llab-quvatlash uchun qulay muhit yaratishga imkon beradi, chunki guruhdagi
ko‘plab o‘quvchilar o‘qituvchi bilan yakka holdagiga nisbatan o‘zaro fikr almashishlari
osonroq. Ushbu metodikalarning har biri o‘z-o‘zini tashkil qilish, mustaqil faoliyat, o‘quv-
chilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, metodikalarning har biri
topshiriqning qo‘yilishini haqiqiy ishlab chiqarish holatiga maksimal darajada boricha
yaqinlashtirishni ko‘zda tutadi, bu esa o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularga
o‘quv maqsadlarini tushunishga yordam beradi. Xususan, metodikalarning har biri ishni
bajarishdan tashqari natijalarini tahlil qilish va baholashga yo‘naltirilgan “to‘liq ish haraka-
ti” ni bajarishni ko‘zda tutadi.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat kompetentli mu-
taxassis bo‘lishga, balki turli xil xayotiy vaziyatlarga moslashuvchan inson bo‘lib yetishi-
shiga yordam beradigan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz endi tayanch kompetensiyalar orasida eng muhimi kommunikativ kompetensiya-
larni shakllantirish masalasini qaraymiz. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qi-
tish jarayonida kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi ko‘p jihatdan
to‘g‘ri tanlangan o‘qitish metodlari, ya’ni belgilangan o‘qitish maqsadiga erishish uchun
o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish usuliga bog‘liq. Ta’lim jarayonida kommunikativ
ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun foydali maqsadga muvofiq hisoblangan o‘qitish metod-
lari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: an’anaviy metodlar, faol o‘qitish metodlari, treninglar,
masofaviy o‘qitish metodlari. An’naviy o‘qitish metodlari inson psixologiyasi muloqotda
foydalanadigan metodlar va ular haqidagi axborotlarni uzatishda foydali hisoblanadi va
unga ma’ruzalar, seminarlar, o‘quv filmlarini tomosha qilish, o‘quv matnlari bilan mustaqil
ishlash, yozma topshiriqlar kiradi. Bu metodlar o‘qitishga sarflanadigan o‘quv xarajatlari-
ni qisqartirishga, monolog va dialoglar ko‘rinishidagi nutqlarning namunalarini namoyish
qilishga, og‘zaki va yozma nutqni hamda tinglovchilarni til madaniyatini rivojlantirishga
imkon beradi. Shu bilan birga, an’anaviy metodlarning kommunikativ kompetensiyalarni
shakllantirish uchun samarasi nisbatan juda past hisoblanadi.
Faol o‘qitish metodlari esa informatika va axborot texnologiyalari darslarida o‘quv-
chilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lib,
unga seminar, diskussiya, debatlar, davra suhbatlari, ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar kiradi.
Bu metodlar real kommunikativ vaziyatlarni modellashtirish, aniq kommunikativ mu-
ammo yechimini topish va qabul qilingan qarorlarning natijalarini anglash imkonini beradi.
Faol o‘qitish metodlar juda samarali hisoblanadi, chunki ular o‘quvchilar tipik vaziyatlar,
shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini qayta ishlashga, qaytar aloqa ta’minotiga, fikr-mulo-
hazalarini tahrirlay bilish va kommunikativ muammolarni hal qilishning muqobil usullarini
topishlariga imkon beradi.
Bugungi kunda ta’lim olish keng ko‘lamda joriy etilgan masofaviy ta’limda o‘rgani-
layotgan materiallar tizimi moslashtirilganligining yuqori darajasi va uni o‘zlashtirishning
bosqichma-bosqich baholanishi bilan farqlandi.
Masofaviy ta’limda axborot uzatish vositalariga bog‘liq holda quyidagilarni ajratish
mumkin:
−
o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz sinxron rejimda Internet orqali (veb-kurslar)
o‘qitish;
3
U.X. Mingboyev. Mashqlar tizimi informatika darslarida o‘quvchilarda kommunikativ kompe-
tensiyalarni shakllantirish vositasi sifatida // Kasb-hunar ta’limi. – T., 2018 y. – №2. - 12-14b.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |