www.ziyouz.com kutubxonasi
291
ISTIG’FOR KITOBI
348-bob Istig‘for haqida
Bilingki, bu kitob, ya’ni istigfor kitobi eng muhim boblardan bo‘lib, unga ahamiyat berish
va amal qilishda bardavom bo‘lish lozim. Buni kitob oxirida keltirishimdan maqsad Alloh
bizni istigfor bilan yakun yasamogiga yo‘yib, yaxshilik alomatini ko‘rish edi. Mana shu va
boshqa yaxshi ko‘rinishlarni o‘zimga, do‘stlarimga va boshqa musulmonlarga so‘rab
qolurman. Omin.
Alloh taolo aytgan: «Va gunohingizga mag‘firat so‘rang hamda tunu kun
Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang!» (o‘ofir surasi, 55-oyat),
«Va o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar (ning gunohlari) uchun magfirat
so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat), «Allohdan magfirat qilishni so‘rang! Albatta Alloh
mag‘firat qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir» (Niso surasi, 106-oyat), «Taqvodor
kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan, taglaridan daryolar oqib
turguvchi bog‘lar, pokiza juftlar va Allohning Rizoligi bor. Alloh -«Parvardigoro, bizlar
Senga imon keltirganmiz, bas, gunohlarimizni magfirat ayla va bizni jahannam azobidan
asra!» - deydigan sabr-qanoatli, imonlariga sodiq, ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan va
saharlarda Alloxdan magfirat tilaydigan bandalarini ko‘rib turguvchidir» (Oli Imron
surasi, 15-17-oyatlar), «Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz
azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi
emasdir!» (Anfol surasi, 33-oyat), «(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib
qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni
eslab, gunohlarini magfirat qilishini so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina
mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir» (Oli
Imron surasi, 135-oyat), «Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa,
so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning magfirat qilguvchi va mehribon ekanini
topar-ko‘rar» (Niso surasi, 110-oyat), «Parvardigoringizdan magfirat so‘ranglar, so‘ngra
Uning Uziga tavba qilinglar» (Hud surasi, 3-oyat), Alloh Nuh alayhissalom haqlarida
xabar berib: «Men dedimki: «Parvardigoringiz (Alloh)dan magfirat so‘ranglar, albatta U
o‘ta mag‘firatli bo‘lgan zotdir» (Nuh surasi, 10-oyat), Alloh taolo Hud alayhissalom
haqlarida hikoya qilib: «Ey qavmim, Parvardigoringizdan magfirat so‘rangiz, so‘ng Unga
tavba-tazarru’ qilingiz», deb aytgan (Hud surasi, 52-oyat).
Istigfor haqida oyatlar ko‘pdir. Biz ogoh etish uchun ba’zilarinigina zikr qildik, xolos.
Ammo istigfor haqida vorid bo‘lgan hadislar ko‘pligidan uni qamrab olish mumkin emas.
Lekin ana shundan ba’zi taraflarigagina ishora qilaman:
1049/1. Agarrul Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mening qalbim ham (zikrdan to‘xtab) to‘silib turadi. Albatta, men ham har kuni Alloh
taologa yuz marta istigfor aytaman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1050/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga qasamki, albatta men Alloh taologa bir kunda yetmish martadan ko‘p istigfor
aytib, tavba qilaman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
1051/3. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim sayyidul istigfor -
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |