www.ziyouz.com kutubxonasi
292
«Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika
va va’dika mastato’tu a’uvzu bika min sharri ma sona’tu, abu'u laka bini’matika ‘alayya
va abu'u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta»ni kechki payt aytib,
shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham
jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh
yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va
Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan
Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va
yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan
boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari.
1052/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
bir majlisda yuz marta
«Robbig‘firliy va tub ‘alayya innaka anta tavvobur rohiym», deb aytganlarini hisobladik.
Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
1053/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki istig‘forni lozim tutsa, Alloh taolo har bir tanglikdan chiquvchi yo‘l va har turlik
g‘amdan yengillik hamda uni hech bir o‘ylamagan tomonidan rizqlantirib qo‘yadi»,
dedilar. Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati.
1054/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar,
Alloh sizlarni ketkazib, (o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas,
ular (gunohlariga) istig‘for aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
1055/7. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni uch marta duo qilgan va uch marta istig‘for aytgan qoyil qoldirar edi. Abu
Dovud rivoyatlari.
1056/8. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ozod qilingan qullaridan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kimki istig‘for aytishda bardavom bo‘lsa, bir kunda yetmish
marta gunohga qaytsa ham, u kechiriladi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Termiziy bu hadisni isnodi kuchli emas deb aytdilar.
1057/9. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
«Alloh taolo: «Ey Odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa
sening gunohingni ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey Odam bolasi, agar
gunohing osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman.
Ey Odam bolasi, agar Menga yer to‘laligicha gunoh bilan kelib, so‘ngra biror narsani
menga shirk keltirmasang, gunohing to‘laligicha mag‘firat bilan senga boraman», dedi».
Imom Termiziy rivoyatlari.
1058/10. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sahifasida (nomai a’molida) ko‘p istig‘for topgan kishiga muncha ham
yaxshi», dedilar. Ibn Moja rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |