344-bob Yaxshilik qilgan kishiga duo qilmoqning mahbubligi va o‘sha duoning
sifati haqida
1044/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimga yaxshilik qilinsa, qiluvchi kishiga
«Jazokallohu xoyron», ya’ni «Alloh sizni yaxshiliklar ila mukofotlasin», deb aytsa,
maqtovning eng yetugini qilibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Biz «Tilni saqlash kitobi»da keltirganimizdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki sizlarga yaxshilik qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa
topa olmasangiz, uning hakqiga duo qilinglar. Hattoki sizlar mukofotlagan narsalaringizni
unda ko‘rursizlar», dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |