Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Ammo kambag'allik afzal deganlarning hujjatlari ushbu oyati karimadir: 
"Darhaqiqat, (kofir) inson o'zini boy-behojat ko'rgach, albatta, tug'yonga tushar-
haddidan oshar" (Alaq, 6-7). Bu oyatda Alloh taolo boy kishi tug'yonga ketishidan xabar 
berdi. 
Boshqa oyatda: "Shunda uning qavmi orasidagi kofir bo'lgan kimsalar: 
"Bizlar seni xuddi o'zimizga o'xshagan odam, deb bilamiz va senga faqat ichimizdagi 
pastkash (yalangoyoq) kimsalar o'ylamasdan ergashganini ko'rmoqdamiz. Bizningcha
sizlarning bizdan biron ortiqchalik joyingiz yo'q, balki biz sizlarni yolg'onchi deb 
o'ylamoqdamiz", dedilar" (Hud, 27), deb, faqat kambag'allargina payg'ambarlarga 
ergashganliklaridan xabar berdi. 
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: 
"Har kimning hunari bo'ladi. Mening hunarim ikkita: kambag'allik va jihod. Kimki bu 
ikkisini sevsa, haqiqatda meni sevibdi, kimki ularni yomon ko'rsa, meni yomon ko'ribdi". 
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Payg'ambarning (sollallohu alayhi vasallam): 
"Parvardigoro, kim meni sevsa, uni etarlik narsa va etarli ozuqa bilan rizqlantir, kim 
meni yomon ko'rsa, uning molu dunyosi va bolasini ko'paytir", degan duolarini rivoyat 
qilganlar. 
Mujohid Ibn Umardan rivoyat qiladilar. "Bir bandaga dunyo molidan nima etsa, saxiy 
bo'lsa ham, Alloh nazdidagi darajasi pasayadi". 
Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: "Kambag'allik dunyoda ofat, oxiratda 
rohatdir. Boylik dunyoda rohat, oxiratda ofatdir". 
Anas ibn Molik Payg'ambardan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: 
"Parvardigoro, meni miskin holda tiriltir, miskin holda o'ldir va miskinlar to'dasida 
to'plagil". "Nimaga bunchalik, ey Rasululloh?", deb so'rashdi. "Chunki ular jannatga 
boylardan qirq yil oldin kiradilar. Boy o'layotgan paytda kambag'al bo'lsam edi, deb orzu 
qiladi, ammo kambag'al boy bo'lsam edi, deb orzu qilmaydi", dedilar. 
Faqirlikning oxiratda hisob berishi oson bo'lishining o'zi etarli dalildir. Qiyomat kunida 
Alloh taoloning bandalariga eng katta minnati: "Sening zikringni (nomingni) chiroyli qilib 
qo'ymadimmi?!" deyishi bo'lar ekan. 
Faqih aytadilar: Kambag'allik boylikdan afzal, lekin boylikda hech qanday ayb yo'q. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalari boy bo'lsalar-da, boyliklarini tark 
qilishga buyurmadilar. Boylik ayb bo'lganida, ularni mol yig'ishdan, albatta, 
qaytarardilar. Demak, boylikda ayb yo'qligi aniq. Ayb boylikni Alloh taoloning 
buyruqlariga xilof qilib ishlatishdadir. Yuqoridagi (boylik yoki faqirlik afzal degan) 
ixtiloflar avvalgi zamonlarda bo'lgan. Chunki ular asosan haloldan kasb qilishgan. 
Shuning uchun ba'zilar boylik afzal deyishgan. Ammo molu dunyoning ko'p qismiga 
haromu shubha aralashgan bugungi kunda ixtilofning ma'nosi yo'qolgan. 
Kambag'allikning afzalligiga hamma ittifoqdir. 
 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish