boshqa servislariga ega. Bozor ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishga
yangi elektron servislarning paydo bo’lishi biznesga bozorlardagi talabni tezkor
har kuni bir millionga yaqin odan yuklab olgan ekan. Soha ekspertlarining
fikrlaricha, agarda 3000 ta atrofida qidiruv talabi bo’lgan taqdirda bu mahsulot
yoki hizmatga talab bor degan fikrga kelish mumkin. Elektron biznes talabni
aniqlashning qidiruv talabi usulidan tashqari, bozorning emotsionalliligini
baholash usulidan ham foydalanadi. Bu baholov usuli vositasida ijtimoiy mediya,
chatlar va forumlarda ushbu mahsulot yoki xizmatning muxokamasida potentsial
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
mijozlarning faolligini aniqlanadi. Bozor ma’lum qismining emotsionalligi undagi
insonlarning ushbu mahsulot yoki xizmatga qanday fikr bildirishlari, ularning bu
jarayondagi faolligi va bu narsa ularga qanchalik kerakligidir.
Elektron savdo maydonlarini tashkil qilish modellarining esa quyidagi bir
qancha asosiy turlari mavjuddir:
Onlayn katalog (on-line catalog) –savdo maydoni shunday tashkil
qilinadiki, bunda iste’molchilar turli xildagi ishlab chiqaruvchilar va
sotuvchilarning tovarlari va hizmatlari haqida bir qancha ko’rsatgichlar
bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
Virtual moll (cybermall, e-mall) – bu onlayn katalogning bir turi bo’lib,
unda bir internet adresda va bitta portalda bir qancha alohida kompaniyalar
haqida ma‘lumotlar to’plangan bo’ladi. Bitta elektron savdo maydonida bir
qancha magazinlardan haridlar qilish mumkin bo’ladi. Bu xolda yagona
savdo qoidalari, yagona korzina va yagona to’lov tizimi o’rnatilgan bo’ladi;
Elektron kim-oshdi savdosi – auktsion (e-auction) – bunda savdo maydoni
shunday tashkil qilinadiki, xaridor turli ishlab chiqaruvchilarning turli
tovarlarini savdo paytida aniqlanadigan narxlarda sotib olishlari mumkin
bo’ladi;
Elektron birjalar (e-exchange) – narxlar talab va taklif asosida
aniqlaniladigan savdo maydonlari bo’lib, keyingi paytlarda tarmoq elektron
birjalari tobora ommabop bo’lib barayapti. Masalan, aviatsiya tarmog’i
uchun Aerospan va MyAircraft.com birjalari, avtomobillar uchun Covisint
birjasi, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa Transora kabi birjalar
mavjud.
Bulardan tashqari, vertikal elektron savdo maydonlari ham mavjud. Ular tarmoqlar
chegarasida korxonalarni birlashtiradilar yoki bitta tashkilotning yetkasib
beruvchilari va dilerlarini birlashtiradilar. Gorizontal elektron savdo maydonlarida
esa turli tarmoqlarning kompaniyalari birlashishlari mumkin. Mijozlar bilan o’zaro
aloqa o’rnatish turi bo’yicha ikki turdagi biznes-modelni ajratib ko’rsatishimiz
mumkin:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish – kompaniya elektron platforma va mahsulotni
yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib
oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet-
savdoni keltirishimiz mumkin;
Kraudsorsing – bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi,
mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (
ya’ni
kraudsorsing mahsulotini). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu
usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni,
YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin.
Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish va
uning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: