Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan materiallar, asbob-uskunalar. Oymakorlik asbob-uskunalari va
ulrni ishchi holatga tayyorlash. Yog`och oymakorligi ustaxonasida o’quvchi turli yumushlarni bajarishga to’g`ri keladi.
Jumladan, chizmachilik, naqqoshlik, duradgorlik, oymakorlik va hokazo ishlarni tashkil etishda jarohatsiz faoliyat
ko’rsatishga erishmoq uchun avvalo asbob-uskunalarni ko’zdan kechirib chiqmoqni taqoza etadi.
“Men bu moslamada ishlamoqdaman” deb ikkinchi moslamaga e`tiborsizlik turli ko’ngilsiz holatlarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Faoliyatni boshlashdan avval albatta maxsus ish kiyimini kiyib olish zarur. Turli asboblar bilan ishlashda,
masalan, oymani bajarish uchun iskana va bolg`ani (Yog`och to’qmoq, kiyankani) ushlash qoidalariga amal qilgan holda,
ya`ni iskanani bo’shroq, bolg`ani esa qattiqroq siqib ushlash zarur.
Yog`och oymakorligida taxtachalarni oymaga tayyorlab olingach unga moslab axta (ulgi, nusxa)sini va xokazo
tayyorlab olinadi. Naqshning har bir elementini, qismini, turini, guruhini oyishda “Oddiydan murakkabga, osondan
qiyinga” tamoyiliga rioya qilib borish lozim. Naqshlarning qanaqa guruhga mansubligi, tayyorlanadigan buyumning katta
yoki kichikligiga qarab, dastlab naqshning yarim gajak, gajak, novdalari, chiziqlari, bandlari baliq sirtli iskanalar bilan
kesiladi. Naqshlar atrofi to’liq kesib bo’lingach, maxsus oyish uchun bir tomoni charxlangan iskana bilan naqshning zamini
oyilib tekislanadi.
Oymani bajarish davomida har bir iskanani ehtiyotkorlik bilan o’z o’rnida va o’rinli ishlatishni o’rganish lozim.
Bu esa oyilayotgan yuzaning sifatli, ko’rkam va jozibador chiqishiga olib keladi. Uskunalarni ishlatib bo’lgach noto’g`ri
joyga qoyish, bir-biriga tegib ketishi asbobni tezda o’tmas bo’lishiga olib keladi va oymani sifatiga putur etkazadi.
Ish jarayonida ba`zi bir asboblar o’tmaslashib qoladi. Bunday hollarda albatta asboblarni o’tkirlab olish kerak.
Chunki o’tmas asbob bilan bajarilgan oymakorlik ishlari sifatsiz chiqadi, ko’ngildagidek bo’lmaydi.
O’tmaslashib qolgan oymakorlik asboblarini o’tkirlash uchun charxlar va qayroq tosh kerak bo’ladi. Yog`och
oymakorligida ishlatiladigan iskanalarni charxlash elektrik charxlari yoki qo’l charxlari yordamida amalga oshiriladi.
Elektrik charxlar yordamida o’tkirlashda o’ziga xos texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.
Oymakorlik asboblarini qo’lda qayroq toshlar yordamida o’tkirlash uchun har xil qayroq toshlari ishlatiladi.
Charxlar yordamida iskanani charxlash vaqtida usta o’ng oyog`ini charxning to’g`risiga, chap oyog`ini bir oz yon tomonga
qoyadi. So’ng o’ng qo’li bilan uskuna dastasidan ushlab, chap qo’l barmoqlari bilan iskananing tig`inii charxga bir
me`yorda bosib charxlanib, keyin esa iskananing qirovini to’kish uchun nov shakldagi o’rtasi ariqchali va yonlari qirrali
turli xil mayin qumli yoki tosh qayroqlar yordamida qirovidan tozalanadi. Yana shunga alohida e`tibor berish kerakki,
iskanalarning qirovini to’kish vaqtida uskuna tig`ini qayroq toshning uzunasiga bir maromda surtish kerak. Agar qayroq
toshlar suvda namlanib ishlatilsa tig`dagi qirov tezda to’kiladi.
O’tkirlangan asbobning qay darajada o’tkir bo’lganligini yoki bo’lmaganligini qirovi to’kilgan asbobning tig`ini
bosh barmoq tirnog`ining yuziga tekkizib ko’rib aniqlanadi. Tig` qirrasi tirnoq yuziga qadalsa unda asbob o’tkirlangan
bo’ladi. Agar asbob tirnoq yuzidan sirg`anib ketsa u holda asbob hali o’tkirlanmagan bo’ladi.
Oymakorlik ishlarining qay darajada sifatli, jozibador va ko’rkam chiqishi hamda ishning samaradorligi oyuvchi
asboblarga bog`liq ekan, demak asboblarni saqlashga ham alohida e`tibor berish kerak. O’tkirlangan iskanalarni maxsus
tayyorlangan qutichalarga terib, tig`ini bir-biriga tegmaydigan qilib joylash lozim. Agar quticha bo’lmasa, Biron-bir mato
orasiga qoyib o’ralgan holda ehtiyotlab saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |