194
bulganligini kayd etmokdalar. Bu yangilik diyorimizda yogoch uymakorligi san’atining ancha oldindan rivojlanganligini
isbotlaydi.
Kurinib turibdiki, Urta Osiyo, shu jumladan Respublikamiz xududida xam 9-11-asrlarga kelib madaniyat yana usa
boshladi. 9 asrda Samarkandning uzi mustakil davlat bulib kolishi madaniyat va ma’rifatda yangi burilish yasashga olib
keladi. Shu davrga kelib Abu Ali ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiy, Abu Rayxon Beruniy, Muxammad Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy kabi buyuk olimlar, faylasuflar, yozuvchilar, adabiyot va madaniyat arboblari yetishib chikdi. Bu kabi
allomalarning utkir zexni Buxorodagi Ismoil Somoniy makbarasi, Narpay tumani Tim kishlogida Arab ota makbarasi,
Termizdagi Kirkkiz saroyi, Fayoz tepa, Navoiy tumanidagi Mirsaid Baxrom makbarasi, Navoiy shaxri yakinidagi Sulton
Saodat ansambli va Raboti Malik karvon saroyi singari jaxonga mashxur bulgan me’morchilik yodgorliklarini kurilishiga
olib keldi. Shular va shu kabi asori-atikalar usha davrlarda me’morchilik san’ati yuksak darajaga kutarilganligini, ular
badiiy xunarmandlar tomonidan jozibador kilib bezatilganligini kursatadi. Ilk urta asrlarda saroylar shaxar kal’asidan
tashkarida kurilgan, 10 asrlarga shaxar tarkibida kurila boshladi. Buxoroda kal’a oldida, Urganchda shaxarning bosh
maydonida, Samarkandda esa, shaxaristonda shunday saroylar bunyod etildi. Saroy me’morchiligida yogoch
konstruksiyalaridan foydalanildi.
Kishini xayratga soluvchi va uta nafis, tabiiy kilib ishlangan yogoch uymakorligi namunasi 12-asrga tegishli bulib,
u Samarkanddagi Shoxi-zinda devori orasidan topilganligi suzimiz isboti sifatida aytib utishimiz mumkin.
Fan va madaniyat, adabiyot va san’atning rivojlanib borishi buyuk sarkarda Amir Temur nomi bilan chambarchas
boglikdir. U xukmronlik kilgan davrda me’morchilik bilan bir katorda amaliy bezak san’ati xam yuksala bordi. Xuja
Axmad, Kusam ibn Abbos, Turkan oga, Tuglik Tekin, Amirzoda Ali Nafasiy makbaralari yogoch uymakorligi va koshin
bilan jozibador kilib bezatildi.
Amir Temur davrida Samarkandni balandligi 8 metrgacha bulgan devor bilan aylantiriladi. Shaxarni kesib
utadigan Buxoro-Fargoni yulini kengaytirib savdo-rastalari, timlar kurdirdi. U uzi istilyo kilgan ulkalardagi eng mashxur
me’mor va xunarmandlarni Samarkandga olib kelishi, shaxarda xunarmandlarning guzar va maxallalarini vujudga keltira
boshladi.
A. Temur qurdirgan imoratlarning uzgacha ekanligini, Samarkand va Kashkadaryo voxasini bir-biridan ajratib
Turkiston tog tizmalarida bunyod etilgan Oksaroy me’morchilik yodgorligi misolida xam kurishimiz mumkin. Ushbu obida
20 yil davomida qurilgan bulib, ko’kka viqor bilan qad rostlab turibdi. Oksaroy 2 ta yirik ravokdan va bu ravoklar 38
metrdan sug kubba shaklida birlashtirilgan. Xar 2 arkning oraligi 22,5 metrni tashkil etadi.
16-17-asrlarga kelib me’morchilikda inshoatlarning kurinishlari yanada takomillashdi, monumental binolarning
tashki kiyofasiga uzgarishlar kiritildi. Shu davrda bunyod etilgan Mir arab madrasasi, Xuja Zayniddin masjid-xonakosi,
Chorbakir minorasi, Sherdor madrasasi, Buxoro va Toshkentda bunyod etilgan Kukaldosh madrasalarida usha davr yogoch
uymakorligining ajoyib namunalari uz aksini topgan.
18-19-asrlarda monumental binolarning ayniksa, ichki kismi koshin, tosh, yogoch uymakorligi bilan bezash
davom etdi. Shu davrlarda Kukonda Madrasai minor nomi bilan Xalq orasida mashxur Norbutabiy madrasasi 18-asrning
oxirida bunyod etildi. Daxai Shoxon ansambli 3 kismdan iborat: peshtok 2 ustunli ayvon. Masjid Norbutabiy va uning
avlodlari daxmasidir. Uning yakinida xonning onasi makbarasi Modarixon daxmasi saklangan. Peshtokli, gumbazli bu
binolar sirlangan gisht, koshin bilan bezatilgan. Xudoyorxon urdasida shaxarning muxim arxitektura yodgorliklaridan, kup
ustunli kilib kurilgan, buyama va uyma Naqshlar bilan jozibador kilib bezatilgan jome’ masjidi 19-asrning oxiri 20-asrning
boshlarida kurilgan. 1914 yilda esa, Komil kozi madrasasi bunyod etilgan.
Amaliy bezak san’atining bir kator turlarida maxalliy uslublar shakllandi. Nakkoshlikda, ganch va yogoch
uymakorligida islimiy Naqsh rivoj topdi. Yogoch uymakorligida uymalarning bajarilishining yangidan-yangi uslublari
bilan ustunlar, eshiklar, ravoklar va boshkalar jozibador kilib bezatildi.
Asrimizning boshlariga kelib Xivadagi Kuxna Ark, Toshxovli, Nurillaboy, Buxorodagi Minorai Kalon, Ismoil
Somoniy makbarasi, Samarkanddagi Sherdor, Tillakori madrasalari ta’mirlandi, Ulugbek madrasasining kulay boshlagan
minorasi kayta tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: