198
qo’llaniladi. Ganch oymakorligi, yirik oyma, chuqur oyma, yassi oyma, shizma pardoz, panjarasimon oyma zanjiri, xajmli
oyma turlaridan iborat. Bundan tashkari, ganch oymakorlik turlari zaminli va zaminsiz oymalarga bo’linadi.
Zaminli oyma – yirik oyma binolarning fasadlari (tashqi tomoni) ni va katta mehmonxonalarni bezatishda
qo’llaniladi. Oyma rel’efining chuqurligi 2-3 sm bo’ladi. Oyma zalning butun yuzasini 15-30 % ni egallaydi. Oyma qora
fonda oppoq, faqat soyasi qop-qora yaxlit bo’lib ko’rinadi. Yirik oyma namunalari qadimdan ishlangan bo’lib, Termiz (9-
10 asr),
Samarqand (10 asr) shaharlaridagi obidalar misol bo’ladi. Ganchkorlikda hajmli oyma, barel’efli haykalsimon,
qubba, qosh va boshqalar ishlatiladi. Bular hajm oymalar deyiladi. Ularni oyib ishlanadi. Eng ko’p qo’llanadigan oyma
yassi oymadir. U inter’erda ko’p qo’llaniladi. Albatta katta bo’lmagan xonalarda oyma chuqurligi 1-1.5 sm bo’lib, unga har
xil pardoz turlari beriladi. Oyma naqshning zamini umumiy yuzaning 30-40 % ni egallaydi. Unga joyiga moslab pax,
shoka, lula, tabaqa pordoz beriladi. Qirma pardoz X asrlardan boshlab ishlangan. U Buxoro va
Samarqand shaharlarida 17-asrda juda keng qo’llanilgan. Oyma zaminini ko’zgu tashkil qilgan ganch
oymakorligining oynavandlik turini 19-asrda buxorolik Shirin Murodov yaratgan. U birinchi bo’lib Buxoro xoni
Ahadxonning “oq uy”ini bezashda 1913-1914 yillarda qo’llagan. Oymakorlikning bu turi oz mehnat qilib, yuqori
samaradorlikka erishish bilan ajralib turadi. Ganch oymakorligi oymani yanada badiiy va ko’rkam bo’lishi uchun oyma
zamini rangli bo’ladi. Oyma zaminga rang berishni ikki yo’li bor: 1.Ganch suvoq ustida 2-5 mm gacha qalinlikda rangli
ganch bilan tezda suvaladi va pardozlanadi. 2.Bo’rtma ( rel’ef) oyilgandan so’ng elim boyoq yoki moy boyoq bilan
zaminini moyqalamda boyab chiqiladi. Oymani rangli boyoqlarda boyash ayniqsa 19-asrda juda keng tarqalgan.
Panjasimon oyma - binolardagi tokcha va tuynuklarni pardozlashda va qandillar tayyorlashda qo’laniladi. Bunda
oymaning boshqa turlaridan farq qilib, oyilayotgan ganch taxtaning 2-tomonini teshib oyib, o’ziga xos pardoz turi beriladi.
Nozik va nafis ganch oymakorligi namunalari me’morchilik taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini kursatuvchi badiiy
vositalardan biridir. Ganchdan oyib ishlangan oyma turlari ko’p bo’lib mohir oymakor ustalar ulardan foydalanib
mo’’jizalar yaratib kelganlar. Ular binolarning tashqi, ayniqsa, ichki qisimlarini nafis ganch oymakorligi bilan bezab,
kishilarga nafosat, zavq baxsh etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: