Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Organik  shisha  (polimetilmetakrilat)  shaffof,  mustahkam,  yorug‘likka  chidamli  yengil 
konstruksion polimer material. 
Organik  shisha  uzunligi  1350  mm  gacha,  eni  1250  mm  gacha  va  qalinligi  2-2,3  mm  listlar 
sifatida  ishlab  chiqariladi.  U  shaffof  to‘siqlar,  pardevorlar,  jamoat  va  sanoat  binolarining  ustki 
yorug‘lik fonarlari qurilishida ishlatiladi. 
Polimerbetonlar  kompozitsion  material  bo‘lib,  polimer  bog‘lovchi,  kukun,  mayda  va  yirik 
to‘ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil bo‘ladi. 
Bog‘lovchi  sifati  asosan  termoreaktiv  polimerlar-  fenolformaldegidlar,  epoksidlar,  poliefirlar, 
furanlar,  karbamid-formaldegidlar  ishlatiladi.  Termoplastlardan  metilmetakrilatlar,  stirol  polimeri  va 
boshqalar  polimerbetonlar  uchun  bog‘lovchi  sifatida  qo‘llanilishi  mumkin.  To‘ldirgichlar 
polimerbetonlarning  ishlatilish  muhitiga  qarab  tanlanadi.  Polimerbeton  kislotali  muhitda  ishlatilishi 
mo‘ljallangan  bo‘lsa  kislotaga  chidamli  to‘ldirgichlar-kvars,  bazalt,  granit  qumi  va  kvarsit  chaqiq 
toshi, kislotaga chidamli g‘ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda qotadigan 
atseton-formaldegid  polimeri  va  epoksid  smolasi  tarkibiga  kalsit,  dolomit  va  boshqa  ishqoriy  toshlar 
asosida olingan to‘ldirgichlarni  kiritish mumkin.  Polimerbetonlar optimal strukturasi  hosil  bo‘lishida 
kukun  to‘ldirgichlarning  tarkibi,  xossalari  katta  ahamiyatga  ega.  Kukun  to‘ldirgich  sifatida  andezit, 
diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi. 
Fenol-formaldegid,  karbamid-formaldegid  smolalari  asosidagi  polimerbetonlar  tannarxi  arzon 
va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi. 
Furan  polimerlari  va  ularning  epoksid,  fenol-formaldegid  va  boshqa  polimerlar  bilan 
aralashmalari  yuqori  konsentratsiyadagi  kislotalarga  chidamli  polimerbetonlar  olishda  bog‘lovchilar 
sifatida  ishlatiladi.  Furanli  polimerlar  benzolsulfokislota,  Petrov  kontakti  kabi  kuchli  kislotalar 
muhitida qotadi. 
Epoksid  smolalari  asosidagi  polimerbetonlar  yuqori  mustahkamlik,  kimyoviy  muhitlarga 
universal chidamlilik xususiyatlariga ega. 
Polimerbetonlar  tarkibini  tanlash  murakkab  bo‘lib,  ko‘plab  o‘tkazilgan  tajribalar  asosida 
keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‘lovchi 
sarfi  100-240  kg/m3  atrofida  bo‘lib,  polimer-kukun  to‘ldirgich  nisbati  1:2-1:4  orasida  bo‘ladi. 
Polimerbeton  qotishini  tezlashtirish  uchun  40-900S  haroratda  6-24  soat  davomida  ishlov  berish 
maqsadga  muvofiqdir.  Karbamid-formaldegid  singari  kuchsiz  kislotalar  va  nordon  tuzlar  ta’sirida 
tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin. 


176 
 
Polimerbetonlarning  siqilishdagi  mustahkamlik  chegarasi  60-130  MPa,  cho‘zilishdagi 
mustahkamligi  6-22  MPa,  egilishdagi  mustahkamligi  15-42  MPa  bo‘ladi.  Ularning  sovuqqa 
chidamliligi /200-/500 va undan ko‘p bo‘lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-2000S. 
Polimerbetonlarning mo‘rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotayotganda ichki 
zo‘riqishini  pasaytirish  maqsadida  galogen  va  sulfat  tuzlari  kiritish  mumkin.  Polimerbetonlarning 
cho‘zilishdagi  mustahkamligini  oshirish  uchun,  yoriqlar  hosil  bo‘lishigi  bardoshli  bo‘lishi  uchun 
tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar kiritiladi. 
Polimerbetonlar  kamchiligiga  yuklama  ta’sirida  vaqt  bo‘yicha  deformatsiyalanish 
ko‘rsatkichining yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi kiradi. 
Polimerbeton  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  ko‘p  jixatlari  bilan  (komponentlarni  o‘ta  aniq 
dozirovkalash,  ularni  aralashtirish  va  sh.k.)  kimyo  texnologiyasiga  yaqin  turadi.  Polimerlar, 
qotiruvchilar,  plastifikatorlar  va  boshqa  modifikatorlar  maxsus  idishlarda  saqlanish,  dozirovkalash, 
qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va texnika xavfsizligi 
qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi kuchli shamollatish tizimi bilan ta’minlangan 
bo‘lishi, ishchilar shaxsiy himoya vositalari (ko‘zoynak, maxsus kiyim, rezinali qo‘lqop, respirator va 
h.k.) bilan ta’minlanishi zarur. 
Polimerbetonlar  umuman,  boshqa  kompozitsion  materiallar  (sementli  beton,  asfaltbeton  va 
boshq.)  bardosh  bera  olmaydigan  muhitlarda  ishlatiladi.  Ular  asosida  kimyoviy  muhitlarga  (kislota, 
ishqor,  tuzli  va  boshqa  muhitlar)  bardoshli  buyum,  qism  va  konstruksiyalar  tayyorlanadi.  Furanli, 
fenol-formaldegidli  polimerbetonlar  kislotalar,  mineral  o‘g‘itlar  ishlab  chiqariladigan  korxonalarda, 
epoksidli,  poliefirli  polimerbetonlar  kislotali  va  ishqorli  muhitlarda,  sanitariya-texnika  buyumlari  va 
qismlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Polimerbetonlar  biologik  aktiv  muhitlarga  (achitqilar,  bakteriyalar)  chidamli  bo‘lgani  uchun 
biotexnologiya  korxonalari,  meva-sabzavotlar  saqlanadigan  omborxonalar,  molxonalar  va  boshqa 
qurilishlarda ishlatiladi. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish