Qirqma shisha tolali shishaplastiklar yassi va to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lib, poliefir
polimerlari asosida ishlab chiqariladi. Shishaplastiklar uzunligi 1000-6000 mm, eni 1500 mm gacha va
qalinligi 1-1,5 mm bo‘ladi. Ularning o‘rtacha zichligi 1400 kg/m3, cho‘zilishdagi mustahkamlik
chegarasi kamida 60 MPa, siqilishda kamida 90 MPa, egilishda kamida 130 MPa, yorug‘lik
o‘tkazishdagi shaffofligi 50-85% bo‘ladi.
Qirqma shisha tolali poliefir shishaplastiklar yorug‘lik o‘tkazadigan to‘sish fonarlari, shaffof
to‘siqlar tayyorlashda, yarim shaffof to‘lqinsimon shishaplastiklar esa pavilionlar, soyabonlar va
boshqa yengil konstruksiyali binolar tomini qurish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |