Yog‘och qatlamli plastiklar yog‘och shponlarni fenolformaldegid (amino-aldegid va boshq)
polimeriga shimdirib, paket issiq holatida presslab tayyorlanadi. Ularning uzunligi 5600 mm, eni 950-
1200 mm va qalinligi 12 mm bo‘ladi. O‘rtacha zichligi kamida 1300 kg/m3. Yog‘och qatlamli
plastiklar (DSP-V-700 va DSP-V) yuqori mustahkamlikka, zarbiy qovushoqlikka ega. Material yuzasi
silliq, sariq-jigar rangli, yog‘och teksturasi yaxshi ko‘rinadigan, biroz yaltiroq. Ularga mexanik ishlov
berish (arralash, parmalash, mix va shuruplar o‘tkazish va sh.k.) oson kechadi. Yog‘och qatlamli
plastiklar devor va pardadevorlarni qoplash, turarjoy va madaniy-maishiy binolar shiplarini bezatish
uchun konstruksion material sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |