Shisha tekstolit shisha matoni termoreaktiv polimerda shimdirib issiq holatda presslab olinadi.
Polimer bog‘lovchi sifatida fenolformaldegid smolasi ishlatiladi. Shisha tekstolit uzunligi 2400 mm,
eni 600-1200 mm, qalinligi 1-7 mm listlar va uzunligi 2400 mm, eni 700-1000 mm va qalinligi 9-35
mm plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Shisha tekstolitning o‘rtacha zichligi 1800 kg/m3,
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 230 MPa, siqilishda 95 MPa va egilishda 120 MPa. Shisha
tekstolitlar issiqlik va kimyoviy muhitlar ta’siriga bardoshli, suvga chidamli bo‘ladi. Ular asosida oyna
175
va eshik bloklari, furniturlar, sanitariya-texnika buyumlari, uch qatlamli panellar, qobiqlar, tombop
to‘lqinsimon buyumlar tayyorlanadi.