Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari


 ‘SIMLIKLAR  EKOLOGIYASIN1NG  ASOSLARI,  EKOLOGIK



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

0 ‘SIMLIKLAR  EKOLOGIYASIN1NG  ASOSLARI,  EKOLOGIK 
OMILLAR HAQIDA  TUSHUNCHA.
IQLIM OMILLARI
«Ekologiya» atamasini birinchi marta E. Gekkel  1866-yilda «Obshaya 
morfologiya  organizraov»  («Organizmlarning  umumiy  morfologiyasi») 
deb  nomlangan  asarida  qo'llagan  edi.  U  ekologiyani  organizmlarning 
uni  qurshab  olgan  tashqi  muhitga  bo‘lgan  munosabati  to'g'risidagi  fan 
sifatida  ta ’riflagan.  Ekologiya  fani  grekcha  «oikos»,  «oykos»  so‘zidan 
olingan bo‘lib, «yashash muhiti», «yashash joyi» degan m a’noni bildiradi. 
Tirik organizmlarning atrof-muhitga munosabati qadim zamonlarda ham 
m a’lum bo'lgan. 0 ‘simliklaming yashash sharoitiga munosabati haqidagi 
m a’lum otlam i  eramizgacha  bo'lgan  372-378-yillarda  Teofrast  va  yangi 
eraning 23-79-yillarida K atta Pliniy keltirib o'tgan edi. Teofrast Aleksandr 
M akedonskiy bilan birgalikdagi yurishlarida yiqqan materiallarini ishlab 
chiqib,  Osiyo,  Afrika  va Yevropa  o'simliklarini  o'zaro  taqqosladi,  keyin 
o'simliklarning shakli va o'sishi iqlim,  tuproq sharoitiga hamda o'stirish 
usullariga  bog'liqligini  qayd  qilib  o'td i.  Keyinchalik  Albert  ekologik 
masalalarga  to'xtalib,  o'simliklar  qishki  tinim  davrining  sabablari,  ular 
oziqlanishi,  tuproq  sharoitiga,  quyosh  issiqligiga  bo'liq  holda  o'sishi  va 
ko'payishi  to'g'risidagi  fikrlarni  bayon qildi.  XVI-XVIII  asrlarda  o'sha 
davrning ko'zga ko'ringan botaniklari hisoblangan Chezalpino, Turnefor, 
Djon Rey, K.Linney va boshqalaming ishlarida ekologiyaga doir ko'plab 
m a ’lum otlarni  uchratish  mumkin.  Akademik  I.I.Lepexin  (1740-1802) 
m o 'ta d il  iqlim  zonalari,  tro p ik   va  ch o 'llar  landshafti  o'sim liklarini 
ta ’riflagan, o'simliklarning tarqalishi iqlimga bog'liqligini va baland tog' 
hamda  tundra o'simliklarining o'xshashligini ko'rsatib o'tgan.  Agronom
A.G.Bolotov  (1738-1833)  mevali  daraxtlam ing  urug'  ko'chatiga  ta ’sir 
k o 'rsa tis h   usullarini  ishlab  chiqdi  va  o'sim liklar  hayotida  m ineral 
tuzlarning  rolini  ko'rsatdi.
XIX  asrning boshlarida  o'simliklarning  tarqalishida iqlim omillariga 
(issiqlik, yog'ingarchilikka) asosiy e’tibor berilgan, lekin o'xshash bo'lgan 
alohida regionlami o'rganishda edafik omil katta ahamiyatga ega bo'lgan. 
O 'tg a n   asrn in g   o 'r ta la rid a   o 'sim lik la r  h ay o tid a  tu p ro q n in g   fizik 
xususuyatini  yoki  kimyoviy  xususiyati  ahamiyatga  ega  ekanligi  haqida 
keng  m unozara  boshlangan.  Shunda  ekologlar  asta-sekin  tuproqning 
sh o 'rlan ish ig a  qor  qatlam ining  qalinligi,  doim iy  m uzliklar,  tu p ro q
www.ziyouz.com kutubxonasi


aeratsiyasi,  tuproq  suvi  kabi  omiliarga  e’tibor  bera  boshladilar.  1910- 
yilda Bryusselda III Xalqaro botanika kongressida ekologiya botanikaning 
mustaqil  sohasi  deb rasmiy  ravishda e’lon qilingan  b o ‘lsa-da,  E.  Varling 
0‘simliklar ekologiyasining otasi hisoblanadi.  U ayniqsa, o‘simliklaming 
hayoti  birgalikda  (guruh-guruh  bo‘lib)  o ‘tadi  va  ulaming  o ‘zi  muhitga 
ta ’sir ko‘rsatadi  deb ta ’kidlaydi.
Hozirgi  sharoitda  ekologiya  tabiatdagi  boyliklardan  ongli  ravishda 
foydalanish,  uni  muhofaza  qilish  va  k o ‘paytirish  to ‘g‘risidagi  nazariy 
tushunchalarni  berib  qolm asdan,  balki  kelajakda  tab iat  bilan  inson 
o'rtasidagi  munosabat  masalasini,  kelajagini  ko'rsatib  beradi.  Shunday 
qilib, 
0‘simliklar  m uhit  omillarining  bir  vaqtda  ta ’sir  ko'rsatadigan 
murakkab  komplekslari tufayli  o ‘sadi va  rivojlanadi.  Abiotik  tabiatning 
tirik bo‘lmagan omillari -  (iqlim, yorug'lik, issiqlik, namlik, havo, tuproq) 
tu p ro q n in g   m exanik  va  fizik  x o ssa la ri,  xim izm i  va  tu p ro q  
mikrobiologiyasi, orografik (yonbag'irning dengizdan balandligi, qiyaligi 
ulaming shakli  va  ekspozitsiyasi)  omiliarga  bo'linadi.
Biotik  omillar -   tirik  organizmlaming  o'zaro  ta ’siri.
Fitogen  -   o'simliklarning  o'zaro  bir-biriga  bevosita  ta ’siri.
Zoogen  -   hayvonlarning,  hasharotlarning,  m ikroorganizm larning 
o'simliklarga  ta ’siri.
A ntropogen  om illar  -   insonlarning  tab iatg a  t a ’siri  b o 'lib,  unga 
kishilarning  o'simliklarga,  o'simliklar qoplamiga  va  ular  yashab  turgan 
muhit  sharoitiga  turli  shakldagi  ta ’sir  omillari  kiradi.  O'simliklar  bilan 
ulam i  qurshab  olgan  muhit  o 'rtasid a  doimiy  ravishda  m oddalar  va 
energiya  almashinuvi  boradi.  Bulardan  tashqari  o'simliklar  tanasining 
o'zida  ham  doimiy  ravishda  hujayralararo  va  o'sim likning  organlari 
hamda  qismlari  o'rtasida  o'zaro  moddalar almashinuvi  ro'y  beradi.
O'simliklarning o'zi (birga  o'sadigan  o'simliklar guruhida) fotosintez 
jarayonida  kislorod  ajratishi,  nafas  olishda  karbonat  angidrid chiqarishi 
transpiratsiya  jarayonida  suv  bug'lantirishi  mum kin.  H ayot  faoliyati 
natijasida  efir  moylari  va  boshqa  m oddalar  chiqishi  o'zi  tom onidan 
ajratilgan va tuproqda bo'lgan o'simlik qoldiqlarining chirishi natijasida 
tuproqni  boyitib,  atrof muhitga  katta  ta ’sir  ko'rsatadi.
Yer  yuzidagi  o'sim liklar  qoplam ining  bir  butunli  izdan  chiqqan 
hollarda  muhitga  ta ’sir qilingan  o'zaro m unosabat ham  buziladi.  Birga 
o 'sa d ig a n   yashil  o 'sim lik la r  du nyosi  jo y n in g   suv  rejim iga  t a ’sir 
k o 'rsa tad i,  chunki,  tra n sp ira tsija   ja ray o n i  va  b arg lar  sathidan  suv
www.ziyouz.com kutubxonasi


bug‘lanishi m azkur joy dan sarflanayotgan suv miqdorini tartibga solish 
imkonini  beradi,  bunda  bug‘lantirilgan suvning k o ‘p qismi tezda sovub 
qoladi  va  kondensatlanadi.  0 ‘rm onda  daraxtlarni  yoppasiga  kesish 
iqlimning va edafik sharoitning keskin o'zgarishiga sabab bo‘ladi. Buloq 
va soylar yo‘qolib ketadi. Daryolar sayozlashib havonng namligi pasayib 
ketadi.  C ho'llarda  chang  -to‘zon  k o ‘tariladi  va  tuproq  eroziyasi  sodir 
bo‘ladi.
Y o ru g 'lik   y ash il  a v to tro f  o 'sim lik la r  uchun  eng  m uhim   omil 
h iso blanadi,  ch u n k i  bu  omil  o 'sim lik lard a n   boradigan   fotosintez 
jarayonida,  y a ’ni  o'sim liklarning  o'sishi  va  rivojlanishi  uchun  zarur 
bo'lgan  organik  moddalar hosil  bo'lishida  ishtirok  etadi.
Qishloq  x o 'jalik   yoki  o 'rm o n   xo'jaligi  xodim larini  o'sim liklarda 
boradigan  fotosintez jarayonining  mahsuldorligi  qiziqtiradi.
Y o ru g 'lik k a  b o 'lg a n   talabiga  q arab  o'sim liklar  uch  guruhga:  a) 
yorug'sevar  o'sim liklar  (gelofitlar),  b)  soyasevar  yoki  soyada  o'suvchi 
o'simliklar  (ssiofitlar),  yorug'likka  chidamli  o'simliklar  yoki  yorug'lik 
kam  tushadigan  sharoitga  moslasha  oladigan  o'simliklarga  bo'linadi. 
Y orug'da o'sadigan o'simliklar bir gr bargi tarkibida  1 ,5 -3  mg xlorofil 
bo'lgan.
Soyada o'sadigan o'simliklarning  1  gr bargi tarkibida 4-6 mg va hatto 
7-8  mg  xlorofil  borligi  tajribada  aniqlangan.  Suv  bilan  ta ’minlanishiga 
yoki namlik sharoitiga moslashishiga ko 'ra quyidagi ekologik guruhlarga 
bo'linadi:
1.  Gidatofitlar.
2.  Gidrofitlar.
3.  Gigrofitlar.
4.  Mezofitlar.
5.  Kserofitlar.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish