Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari


 ‘SIMLIKLAR  SISTEMATIKASIGA  KIRISH



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

0 ‘SIMLIKLAR  SISTEMATIKASIGA  KIRISH
O'simliklar sitematikasi  o'simlik  turlarining xilma-xilligini  va buning 
sabablarini  o'rganuvchi  fan  bo'lib,  o'z  oldiga  bir  qancha  vazifalam i 
q o 'y a d i.  S h ulardan  o 'sim lik larn i  klassiilkatsiya  qilish  v a   ulam ing 
rivojlanish tarixini tiklash asosiy o'rinda turadi. Hozirgi zamon o'simliklar 
klassifikatsiyasi  tub  m a’nosi  bilan  fllogenetik  sistema  asosida  tuzilgan. 
Bu  fllogenetik  sistem a  o 'sim lik larn in g   m orfogenezi,  ichki  tuzilishi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


individual  taraqqiyoti,  fizologik  va  bioximik  xususiyatlari,  geografik 
tarqalishi  ham da  tashqi muhit bilan  o'zaro munosabatlariga  asoslanadi. 
Klassifikatsiyaning  amaliy  ahamiyati  shundaki,  bunda  o'simliklar  biror 
turining xususiyatlari, sifatlari haqida fikr yuritilganda bu turni bir-biriga 
m a ’lum darajada o ‘xshash boshqa turlardan farq qila bilish imkoniyatiga 
ega  b o iish   lozim.
H ozirgi  zam on  sistematikasi  o ‘sim liklarni  puxta  o ‘rganish  uchun 
quyidagi  usullardan  foydalaniladi.
1) o'simliklarning paydo bo'lishini solishtirish -  solishtirma morfologik 
usul;
2)  individual  rivojlanishning o'rganish -  ontogenetik usul;
3)  o 'tg a n   g eo logik  d a v rla rd a   o 's g a n   o 's im lik la r  to 'g 'r is id a g i 
m a’lum otlami  yig'ish -  paleobotanik  usul;
4)  o'simlik organizmlarining anatomik  tuzilishini  o'rganish;
5)  har bir o'simlikning tarqalish hududini  o'rganish -  geografik  usul.
Bulardan  tashqari  sistematika  fanida  bir  qancha  boshqa  usullardan
fo ydalaniladi.  B otanika  va  agronom iya  fani  bir  umum iy  obyektni 
o 'rg a n a d i  va  ularning  ish  uslublari  ham da  rivojlanish  tarixi  o 'z a ro  
bog'liqdir.  Botanika hamma o'simliklarning turli-tumanligini, tuzilishini 
va  rivojlanish  qonuniyatlarini,  agronom iya  esa  madaniy  o'sim liklarni 
yetishtirishni o'rganadi. H ar ikkala fanning maqsadi bitta  -  u ham bo'lsa 
o'simliklardan foydalangan  holda insonlarning ularga  bo'lgan ehtiyojini 
to'laroq qondirishdir. Yuqoridagi  usullarda o'rganilgan o'simliklar turli 
guruhlarga  bo'linadi.  Shu guruhlar taksonomik  birliklar  yoki  sistematik 
birliklar deyiladi. Hozirgi zamon sistematikasida 6 taksonomik birlik keng 
qo'llaniladi.
-  Bo'lim -  Divisio.
-  Sinf -  Classis.
-  Tartib -  Ordo.
-  Oila -  Family.
-  Avlod -  Genus.
-  Tur -  Species.
O 'sim liklar  olam ining  xilma-xilligini  klassifikatsiyalashga  urinish 
allaqachon  boshlangan.  Teofrast  (bizning  eramizdan  oldingi  III  asrda) 
o'sim liklarni  d arax t,  buta,  bu tach a,  o 'tla rg a   ham da  b o tqo q,  k o 'l 
o'sim liklari  va  boshqalarga  ajratgan.  O 'rta   asrlarda  ham  o'sim liklar 
sistematikasi yaratilgan.  Bunda o'simliklar olamini guruhlarga ajratishda
www.ziyouz.com kutubxonasi


ular  mevasining  shakli,  urug'ining joylashishi,  yoki  gul  bargi  yo'qligi 
kabi  istalgan  belgilarini  asos  qilib  olgan  edi.  Bunday  sistemalar  sun’iy 
sistemalar deb  atalgan.  Chunki ular o'simliklarning tasodifiy  belgilariga 
asoslanib, ularning qarindoshlik belgilarini yoki ayrim guruhlar orasidagi 
farqini  am alda  k o 'rsa tib   bera  olmagan.  Shuning  uchun  o'sim liklar 
sistematikasi  rivojlanishidagi  muhim  davr  shved  olimi  K.Linneyning 
«O'simliklar sinfi» (1738) degan asari yaratilishi bilan boshlanadi.  Linney 
bu  asarida  barcha  o 'sim lik lar  turini  24  sinfga  bo'lgan.  K.  Linney 
o'simliklar  olamini  muayyan  sinflarga  bo'lishda  guldagi  changchilar 
sonini  va  ularning  tutashib  o'sish usullarini  asos  qilib  oladi  va  bu bilan 
o'simliklar klassifikatsiyasining birmuncha sodda hamda qulay sistemasini 
yaratdi.  O'simliklarning  guruhlarini,  o'sim liklar  olamini,  sinf,  tartib, 
turkum,  tur,  xilini  ham  Linney  aniqladi  va  botanikaga  o'simliklarning 
qisqa,  aniq  ta ’rifini  va  ularni  nomlashning  yagona  sistemasini  kiritdi. 
B iror  o'sim likni  aniq lash   uchun  alb atta,  Linneyning  q o 'sh (b in ar) 
n o m e n k la tu ra sid a n   fo y d a la n ila d i.  Bu  n o m e n k la tu ra g a   aso san  
o'simlikning  har  bir  turi  ikkita  so'z  bilan  nomlanadi.  Bunda  birinchi 
so'z  o'simlikning  biror  turkumga  mansubligini  ifodalaydi.  Ikkala  nom 
(turkum   va  tur)  lotin  tilida  yoziladi,  ulardan  keyin  shu  o'sim likning 
t a ’riflagan  m uallifning  nom i  qisqartirib  yozib  qo 'yilad i.  M asalan, 
«bug'doy» turkumiga bir qancha bug'doy turlari kiradi. Qattiq bug'doyni
-  «Triticum durum», yumshoq bug'doyni -  «Triticum aestivum», Polskiy 
b u g 'd o y n i  -   «T riticum   polonicum »  deb  atash   kerak.  O 'sim lik lar 
olamining  turli-tumanligini  sistematikada  ikkita  katta  bo'limga  tuban 
yoki  tallomli  va  yuksak  barg  poyali  o'simliklarga  bo'lish  mumkin.
Tuban  o‘simllklar.  Botanikaning  suvo'tlarini  o'rganadigan  bo'lim i 
algalaogiya  deb  ataladi.  suvo'tlari  xlorofilli  o'sim liklar  bo'lib,  unda 
varaqalar yoki tallomlar bor. Bu varaqqa (tallom) murakkab o'simlikdagi 
o rg a n la r  v azifasin i  o 'ta y d i.  s u v o 'tla ri  dengiz,  k o 'l,  hovuz  va 
botqoqliklarda  o'sadi.  Shuningdek,  ularni  zax  yerlarda,  semam  daraxt 
po'stlog'ida  ham  uchratish  mumkin.  Bu  o 'tlar  tuproq  betidagina  emas, 
balki  ularning  ustki  qatlamlarida  ham  o'sadi.
Suv o'tlari -  bir hujayrali va ko'p hujayrali organizmlardir.  Bular har 
xil kattalikda bo'ladi. Tabiatda suvo'tlaming ahamiyati juda katta bo'lib, 
bu  o 'tlar  suvni  va  havoni  kislorod  bilan  boyitib  turadi  hamda  o'zida 
organik moddalar to'playdi. Bir hujayrali mikroskopik suvo'tlari guruhini 
ko'paytirish  va  bulardan  farmasevtika  sanoati  uchun  xom-ashyo  hamda
www.ziyouz.com kutubxonasi


baliqlarga va chorva mollariga ovqat sifatidagina emas, balki inson oziq- 
ovqati  mahsuloti  sifatida  ishlatish jihatidan  ham katta  ahamiyatga ega. 
O v qat  sifatida  foydalanish  uchun  xlorella,  ssenedesmus  kabi  yashil 
protokokk suvo'tlari  ayniqsa muhimdir,  bu suvo‘tlam i  maxsus sharoit 
yaratib,  tez ko'paytirish  mumkin.
T u b an   o ‘sim lliklar  hozirgi  zam on  klassifikatsiyasi  quyidagi 
bo‘limlarga  bo'linadi:
I.  Hujayra  tuzilishigacha  bo'lgan  kichik  o'simliklar -   Procytobionta, 
Viruslar -  Virophyta
II.  Shakllangan  yadroga  ega  bo'lm agan  tallofitlar  -   Thallobionta 
pro cario ta,  B akteriyalar  -   B acteriophyta.  K o 'k   yashil  su v o 'tlar  -  
Syanophyta.
III.  Yadroli  tallofitlar  -  Thallobionta  eucariota.
Sariq  suvo'tlar -  Shrysophyta
Sariq-yashil  suvo'tlari -   Xanthophyta
D iatom   suvo'tlari  -   Diatomophyta
Q o'ng'ir  suvo'tlari  -   Phaeophyta
Qizil  suvo'tlari  -   Rhodophyta
Lishayniklar-  Lichenophyta
IV.  Plastidasiz  tallofitlar -  Thallobionta  aplastidae
Zam burug'lar -  Mucophyta  yoki  Fungi
Miksomisetlar yoki  shilimshiqlar -   Myxophyta

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish