159. Qaysi kategoriyadagi konstruksiyalar uzoq muddatga
chidamli?
Albatta birinchi: chunki bu holda armaturaning korroziya-
ga uchrash xavfi yo‘qoladi. Lekin bunday konstruksiyalarni
tayyorlash uchun ko‘proq armatura talab qilinadi (ayniq-
sa zo‘riqtirilgan armatura), betonning klassi ham yuqori-
roq bo‘lishi kerak. Shuning uchun iqtisodiy nuqtayi nazardan
kelib chiqib, aksariyat hollarda uchinchi kategoriya talabla-
riga javob beradigan konstruksiyalar tayyorlanadi. Agar ta-
labga javob bermasa, ikkinchi kategoriya talablari hamda ay-
rim hollarda zarurat bo‘lsagina birinchi kategoriya talablari
qo‘yiladigan konstruksiyalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |