2. Sifatlovchi.
Predmetning belgi xususiyati, xajmi, shakli, maza — ta`mi rang tusi, miqdor— darajasi,
tartibi kabilarni anglatadigan aniqlovchi sifatlovchi deyiladi. Sifatlovchi o`z sifatlanmishiga
bitishuv yo`li bilan bog`lanadi. Masalan: Soyning tagidan ko`m — ko`k suv oqib o`tardi.(P.Q.) Olti
ming mexanizator uch ming bul’duzerni navbatma — navbat boshqarishni ko`zda tutyapmiz. (J.A.)
Asfalt ko`chaning u er — bu erida suv halqob bo`lib yotardi. (O`.H.) Shu payt ichkaridan ship —
ship qadam tovushi eshitildi. (O`.Usmonov.)
Sifatlovchi so`z birikmasi bilan xam ifodalanishi mumkin: Muhabbat nimaligini bilmagan,
aksincha uni uyat hisoblab kelgan Hoji qizining ichi yonib, tishi kuyib turganini bilmas edi.
(Shuhrat.)
Do'stlaringiz bilan baham: |