Sodda va tarkibli kesimlar.
Kesim tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1) Sodda kesim; 2)tarkibli (sostavli)kesim
Yakka bir negizli so`zlar bilan ifodalangan kesim sodda kesim bo`ladi. Sodda kesim.qaysi
so`z turkumi bilan ifodalanishiga ko`ra, ikki xil: sodda fe`l kesim va sodda ot kesim.
Sodda fe`l-kesim fe`lning tuslangan shakllari bilan yoki tuslanmagan shakllari bilan
tuslanmagan ravishdosh bilan ifodalanadi. Masalan: Ot yiqilayotganda Humoyun oyoqlarini
uzangidan chiqarib, egardan qumga sakradi. (P.Qodirov.) Ko`kda oq bulut karvonlari yal —ov
suzsa —da, quyosh hamomat bilan chaqnab ko`tarildi.(Oybek)
Sodda ot kesim ot,sifat, son, olmosh, ravish va fe`lning harakat nomi shakli bilan
ifodalanadi. Masalan: Bu, ehtimol, ona suti bilan kirgan g`ayrishuuriy bir tuyg`udir. (P.Qodirov.)
Endi navbat sizniki. (P.Qodirov).
Tarkibli (sostavli) kesim mustaqil so`z bilan yordamchi so`zning birikishidan tuziladi.
Tarkibli, kesim odatda so`zning analitik shakli bilan ifodalanadi.
Masalan, Avaz chopib keldi — yu lieykani akasining qo`lidan yulib olib, sindirib tashladi.
Tarkibli kesimlar ham ifodalanishiga ko`ra sodda kesimlar singari ikki xil bo`ladi: Tarkibli
fe’l kesim, tarkibli ot kesim.
Tarkibli fe`l-kesim ikki yoki undan ortiq negizdan tuzilgan fe`llar bilan ifodalanadi. Bunda
o`zining ma`nosini saqlagan etakchi fe`l hisoblanadi, qolganlari esa ko`makchi fe`l bo`lib, etakchi
fe`ldan anlashilgan xarakat, holatga qo`shimcha ma`no orttiradi. Unda etakchi fe`l asosan
ravishdosh shaklda bo`ladi, ba`zan esa sifat, sifatdosh shaklida ham bo`lishi mumkin.
Masalan: Maktabdagilarni qoldirib, kichkinalaringni etaklab kelaver, og`ayni. (A.Muxtor.).
eski hayotini eslagisi ham kelmasdi. (A.Qahhor.)
Tarkibli ot kesim fe`ldan boshqa so`zlarni bog`lama vazifasida kelgan ko`makchi fe`l bilan
yoki to`liqsiz fe`l bilan birikishidan hosil bo`ladi.
Tarkibli ot kesimda asosiy ma`no birinchi qismda bo`ladi, ikkinchi qism, ya`ni bog`lama esa
qo`shimcha etakchi qismi sifatida ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe`lning harakat nomi shakli, modal
so`z kelishi mumkin.
Masalan: Tandir kabob juda yaxshi bo`ladi-da. (P.Qodirov.) Qayiq kattagina, eshkagi to`rtta
edi. (P.Qodirov.) Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko`p edi. (P.Qodirov.) Tengdoshlarining
ichida undan tez chopadigani, chilla ochishida undan ustasi yo`q edi. (P.Qodirov.)
Tarkibli ot kesim harakat nomi kerak, zarur, lozim shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan:
Bu Vatanni tashlab ketmoqchi bo`lganlarga qat’iy zarba berilmog`i lozim. (P.Qodirov-) Endi jiyan
panoh istab borsa, qonoti tagiga olishi mumkin. (P.Qodirov.)
4. Ega bilan kesim orasida tireni ishlatilishi.
1) Kesim ot, olmosh va son bilan ifodalanib, kesimlik qo`shimchasini olmaganda, ega bilan
kesim orasiga tire qo`yiladi: O`zbekiston— kelajagi buyuk davlat. Besh karra besh —yigirma besh.
2) Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanganda, ular orasida tire qo`yiladi:
Bir ko`rgan — bilish, ikki ko`rgan — tanish. (Maqol.)
3) Ega ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanganda, ega bilan kesim orasiga tire qo`yiladi (bunda,
albatta kesimlik qo`shimchasi bo`lmasligi kerak.): Bu—nasos stantsiyasining ulkan quvurlarini
payvandlaganda chaqnagan zangori shu`lalar. (J. Abdullaxonov.) Bular — ko`m — ko`k dov —
daraxtlar. (K.Yashin.)
5. Kesimning ega bilan mosligi.
Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi: Ular kulimsirab askiyaga quloq solishdi.
(P.Qodirov.)
O`zbek tilida kesimning ega bilan son jihatidan mos bo`lishi III shaxsining birlik shaklida
ham keladi: Tog` etagida Oyko`l qishlog`ining mirzateraklari elas — elsas ko`zga tashlanadi.
(P.Qodirov.)
12
Ba`zan, ega ko`plik shaklda bo`lsa ham, kesim birlikda ishlatiladi: O`rmon ichidan
qushlarning sayrashlari eshitilib turardi. (P.Qodirov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |