Bosh bo`laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik
Bosh bo`laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo`laklar to`ldiruvchi, aniqlovchi
Kesim orqali izohlanadigan predmentni anglatuvchi, gapda mutloq hokim vaziyat
Ega keng ma`noda predmet tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan belgi, harakat,
Besh — o`nning yarmi. Ikkovi ham bir —biriga juda o`xshash. (P.Qodirov)
Ikkovi hiring — hiring kuladi. (P.Qodirov.)
10
Sifatlar otlashib, gapda ega vazifasini bajaradi. Bunda sifat aniqlab kelayotgan so`z
tushiriladi, o`sha so`zdagi hamma belgi—xususiyatlar sifatga o`tadi.
Masalan: Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.(Maqol.) Yaxshi qand yedirar, yomon pand
edirar. (Maqol.) Bilimli o`zar.(Maqol.)
Eganing otlashgan sifatdosh bilan ifodalanishi.
Sifatdosh ham otlashib, gapda ega vazifasinida keladi. Masalan: O`tganlar Azizga bittar
ajablanib qarashdi. (O`.Usmonov.)
Eganing otlashgan ravish bilan ifodalanishi.
Ravishning ayrim turlari otlashib, gapda ega vazifasini bajaradi: O`qishning erta — kechi
bo`lmas. (Maqol.)
Eganing harakat nomi bilan foydalanishi.
Fe`lning harakat nomi shakli bosh kelishikda kelib ega vazifasini bajaradi.
Masalan: Boshliq bo`lish oson,boshlamoq qiyin. (Maqol)
Endi uning o`rnini ham turli-tuman ma`ruzalar egallagan.(P.Qodirov.)
Eganing otlashgan taqlid so`z bilan ifodalanishi.
Taqlid so`z otlashib, gapning egasi vazifasida kelishi mumkin. Masalan: Otning dukur—
dukuri rel’slarning tutashgan joyiga urilayotgan g`ildirak tovushi bilan uyg`unlashib ketardi.
(Ch.Aytmatov.) eganing frazeologik ibora bilan ifodolanishi. Bir butun holda qo`llanadigan
frazeologik iboralar ham gapda ega bo`lib keladi: Birovning ko`nglini olish qiyin, ko`nglini
cho`ktirish esa oson. Bemorniing ko`nglini ko`tarib qo`yish unga yarim sog`lik baxsh etishdir.
(Maqol) eganing so`z birikmasi bilan ifodalanishi.
Har xil qolipda tuzilgan so`z birikmasi ham, tuzilishiga ko`ra sodda yoki murakkab
bo`lishdan qat`iy nazar, gap tarkibida kelib ega vazifasini bajaradi: Raqibidan qaarzdor bo`lish va
buni uzishning ilojini topolmaslik ham Holbekning oriyatiga tegdi.(P.qodirov.)
3. Kesim va unig ifodalanish.
Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan yoki ega xaqidagi xukmni
bildiradigan bosh bo`lak kesim deyiladi. Kesim egaga nisbtan tobe bo`lib, o`ziga bog`lanib kelgan
ikkinchi darajali bo`laklarga nisbatan hokimdir . Kesim qaysi so`z turkumi bilan ifodalanishga ko`ra
ikki xil bo`ladi: fe`l kesim va ot kesim.
Fe`lning turli xil shakllari orqali ifodalangan kesim fe`l kesim deyiladi. Masalan: Uning qo`l
ostida yangi shaharning ko`chalariga suv taraydigan yigirmadaan ortiq odam ishlardi.(P.Qodirov-)
Fe`ldan boshqa so`z turkumlari bilan, shuningdek, fe`lning harakat nomi shakli bilan
ifodalangan kesim ot kesim deyiladi.
Ot kesimning olmosh bilan ifodalanishi:
Avazning akasi Ortiq shu edi.(P.Qodirov.) Sen uning kimi bo`lasan.hech kimi?!
(P.Qodirov.)
Ot kesimning harakat nomi bilan ifodalanishi:
Uning zo`r istagi — otasini zindondan qutqarishu Hamidani yana ko`rish. (P.Qodirov.)
Ot kesimning ravish bilan ifodalanishi.
Ayniqsa arxitektura soxasida yangiliklar ko`p.(O.Yoqubov.)
Ot kesimning modal so`z bilan ifodalanishi:
Ilgari bu kishinig katta bir bog`i bor edi.(P.Qodirov.) Hozir «oshihalol» aytib to`rva ko`tarib
yuradigan podachilar yo`q.(P.Qodirov.)
Ot-kesimning undov so`z bilan ifodalanish:
Ha, til degan misoli toy, tiyolmasang xolingga voy (J.Jalil.)
Kesim yakka so`zlar bilan ifodalanibgina qolmasdan, ba`zan frazeologik ibora bilan ham
ifoda etiladi.
Masalan: Farida kechikkaniga afsus edi (S.Anorboyev.)Bulutlar hamon qaysarlik bilan
quyosh yuzini to`sib, nur yo`liga g`ov solib turardi. (S.Karomatov.)
Kesim ba`zan sodda yoki murakkab so`z birikmalari bilan ifoda etiladi. Masalan: eng
to`rdagi xilvat chodir — murod uyi. (P.Qodirov.) Soylar sohillarga chalqiganida, Dala go`yo qishda
qirchillama qor.(Mirtemir.)