KFS = KF / KM * 100;
Bu yerda, KFS – kreditning foiz stavkasi, %;
KF – qarz foizi, so’m;
KM – qarz miqdori, so’m.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida
aniqlanadi. Halqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida
aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij
va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Bu
omillarning asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday mikdorda
qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday mikdorda qarzga beriladigan pul
chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |