yuritishning oqilona yo’llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va
hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq
foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to’g’ri
keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va
40
Ko’rsatib o’tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy
samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining
yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash
ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi
xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan
ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik
darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va
hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini
amalga oshirishda zarur bo’lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy
resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag’larning pulda aks
ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha
moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq
to’lash xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va
o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab
chiqarish hajmi o’zgarishi bilan ham o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular
korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak. Ularga
amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta badallari,
boshqaruv xodimla-rining ish haqlari va boshqalar kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va
sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab
chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo,
materiallar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va boshqa
xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati
samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir.
Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va
ularning ayrim turlarini xo’jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan
iboratdir. Buning uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu
ko’rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini
o’rganuvchi ularni o’zicha, u yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash
zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama
baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga
muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim
turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi
ko’rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: