Termiz davlat universiteti «iqtisodiyot» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/96
Sana25.09.2021
Hajmi1,11 Mb.
#184956
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Bog'liq
kichik biznes va xusussiy tadbirkorlik

3-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA 

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI 

TAHLILI (6 soat) 

 

1.  Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha 

2.  Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar 

3.  Mahsulot tannarxi kiritilmaydigan harajatlar. 

4.  Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar va favqulodda zararlar. 

5.  Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari. 

6.  Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari 

 

1. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha 

Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni 

amalga  oshiradi.  Maxsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  sarf  qilingan  moddiy 

resurslar  (asosiy  vositalar  eskirishi,  xom-ashyo  va  materiallar,  yonilg’i-moylash 

materiallari,  extiyot  qismlar  va  boshqa)  va  jonli  mehnat  sarfi  ishlab  chiqarish 

xarajatlarini tashkil qiladi. 

Korxonaning  ishlab  chiqarish,  sotish  va  boshqa  faoliyati  natijasida  yuzaga 

keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (7.1.1-rasm): 

1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra: 

- ishlab chiqarish harajatlari; 

- noishlab chiqarish harajatlari. 

2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra: 

- ichki harajatlar; 

- tashqi harajatlar. 

3. Maxsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatai: 

- doimiy harajatlar; 

- o’zgaruvchan harajatlar. 

4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan: 

- bevosita harajatlar; 

- bilvosita harajatlar. 

5.  Korxonaning  umumiy  ishlab  chiqarish,  moliyaviy  va  boshqa  faoliyati 

natijasida yuzaga keladigan: 

- maxsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar; 

- davr harajatlari; 

- moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar; 

- favqulodda zararlar. 

Ishlab  chiqarish  harajatlari  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoni  amalga 

oshirish bilan bog’liq quyidagi harajatlardan tashkil topadi: 

- bevosita moddiy material harajatlari; 

- bevosita mehnatga haq to’lash harajatlari; 

- ishlab chiqarishga taalluqli ustama harajatlar. 

Bevosita maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan  

harajat turlari noishlab chiqarish harajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga: 



27 

 

- maxsulotni sotish bilan bog’liq harajatlar; 



- boshqaruv harajatlari; 

- boshqa operatsion harajatlar va zararlar; 

- favqulodda zararlar kiradi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalaniladigan  korxonaning  o’ziga  tegishli 

resurslar  sarfi  (masalan,  fermer  xo’jaligida  asosiy  vositalar  eskirishi,  xo’jalikning 

o’zida  ishlab  chiqarilgan  yem-xashak,  organik  o’g’itlar,  asosiy  podaga 

o’tkazilayotgan  yosh  chorva  mollari  va  boshqalar)  darxonaning  ichki 

xarajatlarini,_tashqi  mol  yetkazib  beruvchilar  va  boshqa  sub’ektlardan  sotib 

olingan resurslar uchun to’lovlar korxoananing tashqi xarajatlarini tashkil qiladi. 

Qisqa  muddatli  davrada  maxsulot  hajmining  o’sishiga  nisbatan  doimiy  va 

o’zgaruvchi harajatlar farq qiladi. 

Doimiy  harajatlar  maxsulot  hajmining  o’zgarishiga  bog’liq  bo’lmay, 

korxonaning  ma’lum  bir  vaqt  oralig’ida  sarflashi  qat’iy  belgilab  qo’yilgan 

o’zgarmas  harajatlarini  ifoda  etadi.  Bunga  asosiy  vositalarning  amortizatsiyasi, 

boshqaruv  xodimlarining  ish  xaqi,  sug’urta  to’lovlari,  telefon  uchun  abonentlik 

to’lovi  va  ijara  to’lovlarini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Doimiy  harajatlarining 

o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib borishi bilan bir 

birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha doimiy harajatlar kamayib boradi. 

O’zgaruvchi  harajatlar  miqdori  maxsulot  ishlab  chiqarish  hajining  o’sishi 

yoki  kamayishiga  qarab  o’zgarib  turadi,  ya’ni  maxsulot  hajmi  o’zagrishiga 

mutanosib  bo’ladi.  O’zgaruvchan  harajatlar  tarkibiga  ishchilarning  ish  xaqi  va 

unga  nisbatan  ajratmalar,  xom-ashyo,  yonilg’i-moylash  materiallari,  yoqilg’i  va 

energiya,  transport  harajatlari  va  boshqa  vositalar  farqi  kiradi.  Uzgaruvchan 

harajatlarining  o’ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  maxsulot  hajmining  oshib 

borishi  bir  birlik  maxsulotga  to’g’ri  keluvchi  o’rtacha  o’zgaruvchi  harajatlarning 

o’zgarishiga unchalik ta’sir ko’rsatmaydi. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish