O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Harakat malakalarini mukammalashtirishning



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
Harakat malakalarini mukammalashtirishning
 fiziologik asoslari 
       CHiniqish jarayonida doimo malakaning yaratilgan modeli bilan uni bajarilish 
natijalari  taqqoslanadi. Sport  mahoratining  ortib borishi natijasida  modelning o’zi 
mukammallashib  boradi,  motor  buyruqlar  aniqlashadi  va  harakat  xaqidagi  sensor  
axborotning tahlili yaxshilanadi. 
        Motor dasturlarni qayta ishlashda qaytar bog’lanishlar muhim ahamiyati ega. 
Harakatni  bajarish  davomida  markazlarga  kelayotgan  axborotlar  olingan  natijani 
o’zida bor etalon bilan taqqoslashga xizmat qiladi. Mos kelmagan taqdirda miyaning 
taqqoslovchi  apparatida  impulslar  hosil  bo’lib,  dasturga  o’zgartirishlar  kiritiladi. 
Qisqa  vaqt  davom  etadigan  harakatlarda    (sakrash, tashlash, uloqtirish, zarba)  ish 
bajarish fazasi nihoyatda oz bo’lganligi uchun (sekundning yuzdan va mingdan bir 
ulishi) harakat davomida o’zgartirishlar kiritishni imkoniyati yo’q. Bunday holatda 
dastur to’laligicha harakat boshlangungacha tayyor bo’lishi kerak, o’zgartirishlar esa  
harakatlarni takrorlaganda kiritilishi mumkin. 
        Qaytar bog’lanishlar tizimida xarakatni boshqarishda   harakat apparti va ichki 
a’zolardan  (birinchi  navbatda  muskul,  pay,  va  bo’g’im  xaltasida  joylashgan 
retseptorlardan)  axboratlarni  beruvchi  “ichki  kontur“  va  ekstroretseptorlardan 
(asosan ko’rish va eshitish) axboratlarni beruvchi         “tashqi kontur” farq qilinadi. 


Harakatlarni dastlabki bajarishlarda muskulardan borayotgan afferent signallarning 
ko’pligi va noaniqligi sababli qaytar bog’lanish tizimida “tashqi kontur”- ko’rish va 
eshitish  signallari  asosiy  ahamiyatga  ega.  SHu  sababli  harakat  malakalarini 
egallashda  ko’rish  va  eshitish  signallaridan  foydalanish  o’rganish  jarayonini 
yengillashtiradi.  Malakani  o’zlashtirish  ortgan  sayin  harakatlarni  boshqarishda 
“ichki kontur“ning ahamiyati ortib borib, malakani avtomatlashuvini ta’minlaydi, 
“tashki kontur”ni ahamiyati esa kamayadi. 
         Malakani o’rganish jarayonida uning bajarilishi xaqidagi turli xil qo’shimcha 
axborotlarning    ahamiyati    katta.  Qo’shimcha  axborotlarga  murabbiyning 
ko’rsatmasi, harakatlarni kompьyuterda tahlil qilish, kino kadrlarni, videofilmlarni 
ko’rish  va  boshqalar  kiradi.  Mashqni  bajarish  vaqtida  yoki  qayta  bajarishda 
olinayotgan  tezkor  axborotning  malakani  o’rganishdagi  bahosi  nihoyatda  yuqori 
hisoblanadi.  Qo’shimcha  tezkor  axborotlar  yordamida  sportchiga  harakatni  o’zi 
ongli  xis  qilmagan  va  ixtiyoriy  nazorat  qila  olmaydigan  tomonlarini  yetkazish 
mumkin.  Masalan,  murakkab  muvozanatni  bajarishda  tananing  umumiy  og’irlik 
markazi  to’lqinlanishini  kamaytirish  uchun  monitorda  kuzatishning  foydasi 
aniqlangan. SHu yo’l bilan sport texnikasini mukamallashtirish imkoniyati ortadi. 
        Murakkab  mashqlarni  o’rganishda  turli  trenajyorlardan  foydalanish  muskul 
sezgisini kuchaytiradi. Motor dasturlarni ongli tayyorlashda bo’g’im burchaklarini 
boshqaruvchi  trenajyorlardan  foydalanilsa,  bo’g’im  xaltalari  retseptorlarida  hosil 
bo’lgan  impulьslar  to’g’ridan-to’g’ri  bosh  miya  katta  yarim  sharlari  po’stlog’iga 
borganligi sababli yaxshi his qilinadi. 
        Harakat malakalarini  egallashda ularni nutq orqali boshqarishning ahamiyati 
katta. Nutq yordamida po’stloqda motor dasturlarining asosida yotuvchi tanlangan 
o’zaro aloqalar shakllanadi. Odam miyasining oliy bo’limlarida maxsus “buyruq” 
beruvchi  neyronlar  aniqlangan  bo’lib,  ular  so’z  buyruqlariga  reaktsiya  beradi  va 
tegishli  harakatni  ishga  soladi.  Harakat  malakalarini  mukamallashtirish  davomida 
sportchilarda aqliy faoliyatning maxsus shakli taktik fikrlash malakalari shakllanadi. 
Ma’lum  bir  taktik  kombinatsiyalarni  takrorlash  orqali  sportchilar  fikrlash 
operatsiyalarini avtomatlashtiradi. Bu  ko’pchilik qarorlarni juda tez qabul qilishga 
imkon yaratadi va harakatlarni juda tez bajarib bo’lgandan keyingina anglab yetadi. 
       Ekstremal sharoitdagi muskul ishi vaqtida charchash jarayoni rivojlanayotganda 
malakaning  ishonchliligi  miyaning  zahiralarini  ishga  solish  orqali  ushlab  turiladi. 
Harakatlarni  boshqarishga  boshqa  yarim  shardagi  qo’shimcha  markazlar  ishga 
solinadi.  Bu  jarayonda  miyaning  peshona  qismidagi  assotsiativ  zonalarning 
ahamiyati  katta,  ular  charchashni  ixtiyoriy  yengish  imkoniyatiga  ega. 
CHarchashning boshlang’ich stadiyasida miya zahiralarining ishga solinishi foydali 
hisoblanib, nerv tizimining yuklamalarga adaptatsiyalanishini va malakalarni saqlab 
qolishni ta’minlaydi. 
        Sportchining  musobaqa  faoliyati  vaqtida  salbiy  omillar  ta’sirida  harakat 
malakalari  buzilishi  va  ularning  avtomatizmini  yo’qolishi  kuzatiladi.  Bu  hodisa 
tayyorgarligi  sust,  malakalari  mustahkamlanmagan  yosh  sportchilarda,  nerv 
jarayonlari muvozanatlashmagan va o’ta qo’zg’aluvchan odamlarda kuzatiladi. 
CHiniqish mashg’ulotlaridagi tanaffuslarda malakani asosiy belgilari, uning 
fazalarini ketma ketligi saqlanib qoladi, biroq nozik elementlarni samarali bajarish 


qobiliyati  yo’qoladi.  Malakaning  eng  murakkab  elementlari  va  vegetativ 
komponentlari ko’proq yo’qoladi 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish