O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Harakat malakalari shakllanishining fiziologik



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Harakat malakalari shakllanishining fiziologik
 qonuniyatlari va 
stadiyalari 
     Harakat  malakalariga  o’qitish  jarayoni  aniq  bir  amalga  intilishdan  boshlanib, 
po’stloq  osti  va  po’stloqdagi  ishga  yo’naltiruvchi  zonalar  tomonidan  beriladi. 
Odamda  bu  asosan  ma’lum  bir  ijtimoiy  extiyojlarni    (sport  turiga  qiziqish, 
shug’ullanishga xoxishni bo’lishi)    qondirishga  
yo’naltiriladi. Ishga yo’naltirish va emotsiyani optimal darajasi harakat vazifalarini 
muvaffaqiyatli o’zlashtirish va yechishni ta’minlaydi. 
         Harakat  malakalari  shakllanishining  birinchi  etapida  bosh  miya  katta  yarim 
sharlari  po’stlog’ining  assotsiativ  zonalarida  harakatlanish  fikrlari  paydo  bo’ladi. 
Ular  harakatni  amalga  oshirishning  umumiy  rejasini  shakllantiradi.  Dastlabida 
bo’lajak  harakatning  umumiy  tasavvuri  boshqa  odam  (murabbiy,  o’qituvchi  va 
boshq.) tomonidan ko’rsatish, so’zlar yordamida tushintirish, o’ziga o’zi tushintirish 
orqali  yuzaga keladi. Odamning ongida bo’ladigan harakatning ma’lum bir etaloni 
paydo  bo’ladi.  Odam  talab  qilinayotgan  harakat  modelini  tasavvuriga  ega 
bo’lgandan keyin uni turli muskul guruhlari yordamida amalga oshiradi. Masalan, 
odamning  imzosi  o’ziga  xos  bo’lib,  uni  bajaryotgan  muskul  guruhlarini 
almashishiga qaramasdan doimo bir xil bo’ladi. 
         Bu  jarayonda  ko’rish  va  eshitish  axborotlarini  qabul  qilish  va  tahlil  qilish 
muhim  ahamiyatga  ega.  Tajribali  sportchilarda  harakatni  ko’rish  obrazi  tez 
shakllanadi, ularda muhim  elementlarni  ajratib  olish  qobiliyati  yaxshi  rivojlangan 
bo’ladi. 
       O’rganishning ikkinchi etapida mashqni bevosita bajarish boshlanadi; harakat 
malakasining shaklanishi uchta stadiyada ketadi: 
1)  generalizatsiya stadiyasi (qo’zg’alishlarning irradiatsiyalanishi); 
2)  kontsentratsiya stadiyasi; 
3)  stabilizatsiya va avtomatizatsiya stadiyasi. 
       Birinchi stadiyada yaratilgan model tashqi obrazni shaxsiy harakatlar  dasturini 
shakllantirishning ichki jarayoniga aylantirishga asos bo’ladi. Dasturlashning ayrim 
xususiyatlari  miyaning  markazlari  o’rtasidagi  aloqalarning  elektr  faolligida    aks 
etadi.  Masalan,  boshqa  odamning  yugurishini  kuzatayotgan  odamning  bosh  miya 


katta yarim sharlari po’stlog’ida yugurish jadalligiga mos  potetsiallar paydo bo’ladi 
(kuzatilayotgan  harakatlarning  o’ziga  xos  modeli).  Miya  ritmlarini  xuddi  shunga 
o’xshash o’zgarishlarini  hatto  harakatlarni tasavvur qilish  va  fikran bajarganda 
ham kuzatish mumkin. 
        Harakat  dasturlarini  yaratishda  po’stloqning,  miyachaning,  talamusning, 
po’stloq osti va miya sopining ko’p neyronlari ishtirok etadi. Miya elementlarining 
ko’chiligini keng jalb qilish, ulardan eng zarurlarini tanlab olishga imkon beradi. Bu 
jarayon qo’zg’alishning miyaning turli zonalari bo’ylab keng irradiatsiyalanishini 
ta’minlab,  periferik  reaktsiyalarni  umumlashtiradi  ya’ni  generalizatsiyalaydi. 
SHunga  ko’ra  o’ylab  qo’yilgan  harakatlarni  bajarishni  boshlashning  dastlabki 
stadiyasi  generalizatsiya  stadiyasi  deb  ataladi.  Bu  stadiyada  ko’p  sonli  skelet 
muskullarining faollashishi, ularning uzoqroq qisqarishi, antogonist muskullarning 
harakatga  aralashuvi  va  muskullar  bo’shashganda  elektromiogrammada 
intervallarning kuzatilmasligi bilan tavsiflanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish