O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
 
 
 
Gipokineziya, gipodinamiya va ularni odam organizmiga ta’siri 
        Xozirgi  zamonda  jismoniy  yuklamalarni  kamligi  va  aholi  orasida  ommaviy 
jismoniy  tarbiyani  yetarli  tarqalmaganligi  odam  organizmi  funktsiyalarini 
yomonlashuviga va kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. 
        Odam  organizmini  sog’lom  hayot  faoliyati  uchun  skelet  muskullari  yetarli 
faollikka  ega  bo’lishi  kerak.  Muskul  apparatining  ishi  miyani  rivojlanishini  va 
markazlararo o’zaro aloqaning o’rnatilishini ta’minlaydi. Harakat faolligi energiya 
va  issiqlik  hosil  bo’lishini  kuchaytiradi,  organizmni  nafas,  yurak-qon  tomir  va 
boshqa  funktsiyalarining faoliyatini yaxshilaydi. Harakat faolligining yetishmasligi 
barcha  tizimlarni  sog’lom  ishlashini  buzib,  alohida  holat  gipokineziya  va 
gipodinamiyani keltirib chiqaradi. 


        Gipokineziya  –  harakat  faolligini  pasayganligi.  U  organizmni  fiziologik 
yetilmaganligi,  chegaralangan  muhitda  ishlash,  ayrim  kasalliklar  va  boshqa 
sabablarga ko’ra rivojlanadi. Ayrim holatlarda (gips qo’yilganda, joydan turmasdan 
yotganda) harakatlarning to’la yo’qolishi yoki akiniziya organizm tomonidan yana 
ham qiyinroq o’tkaziladi. 
        Gipodinamiya  –  muskul  zo’riqishining  kamayishi,  harakatlar  muskul 
apparatiga  juda  oz  yuklama  bilan  ta’sir  qiladi.  Ikkala  holatda  ham  skelet 
muskullariga  yuklamalar  yetarli  bo’lmaydi.  Harakatga  juda  katta  biologik  ehtiyoj 
paydo  bo’ladi,  u  o’z  navbatida  odamni  funktsional  holatini  va  mehnat 
qobiliyatchanligin keskin pastlatadi. 
        Gipodinamiya  va  gipokineziyani  kelib  chiqishini  asosiy  omili  muskul 
qisqarishlarining kuchi va hajmini uzoq muddatga kamayishi hisoblanadi. Natijada 
eng  avvalo  energiya  sarfini  sezilarli  kamayishi  oqibatida  to’qimani  nafas  olishi, 
umumiy gazlar almashinuvi, energiya almashinuvi pastlaydi, organizmni kislorodga 
talabi  va  kislorod  qarzi  ortadi,  hamda  kislorodni  ishlatish  koeffitsenti  kamayadi. 
Biologik  oksidlanish  va  energiya  almashinuvi  jarayonlarini  buzilishi  natijasida 
gazlar  almashinuvining  samaradorligi  va  mehnat  qobiliyatchanligining  darajasi 
pastlaydi. 
        Muskul  faolligini  kamayishi  efferent  impulьslarni  kamaytiradi  va  uning 
oqibatida  ikkilamchi  afferent  impulьslarning  soni  keskin  kamayib,  markaziy  nerv 
tizimiga  va  organizmni  boshqa  bir  qator  a’zolariga  muskullarda  bo’layotgan 
funktsional o’zgarishlar xaqidagi axborotlarni borishi kamayadi. 
        Efferent  va  afferent  ta’sirlarni  jadalligini  ozayishi  va  muskullarni  qisqarish 
sig’imini sonini kamayishi bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining funktsiyalarini 
buzadi,  tormozlanish  jarayoni  kuchayib  ketadi,  muskullarning  kuchi,  dinamik  va 
statik chidamliligi pastlaydi. 
         Ayrim  xayvonlar  harakatsizlikni  juda  yomon  o’tkazadi.  Masalan,  mutlaqo 
harakatsiz  holatda  (akineziya)  ushlangan  kalamushlarning  60%i  bir  oydan  keyin 
o’ladi,  gipokineziya  sharoitida  esa  80%  yashab  qoladi.  Tor  kataklarda 
o’stirilayotgan jo’jalar ochiqqa qo’yib yuborilganda biroz yugursa o’ladi. 
         Harakat  faolligining  kamayishi  odamlarni  og’ir  oqibatlarga  olib  keladi.  Suv 
osti kemalari moryaklari suv ostida 1,5 oy bo’lgandan keyin kuzatilganda gavda va 
oyoq-qo’l muskullarining kuchi asliga nisbatan 20-40% ga, 4 oydan keyin 40-60% 
ga kamayganligi aniqlangan. Boshqa tizim va a’zolarda ham funktsional buzilishlar 
kuzatilgan. 
         Gipokineziya  va  gipodinamiya  markaziy  nerv  tizimida  sinapslardan 
qo’zg’alish o’tishining buzulishi natijasida ko’p markazlararo aloqalarni yo’qotadi. 
Ruxiy  va  emotsional  soxa  o’zgaradi,  sensor  tizimlarning  ishlashi  yomonlashadi. 
Harakatlarni  boshqaruvchi  miya  tizimlarining  faoliyatini  buzulishi  harakatlar 
koordinatsiyasini  yomonlashtiradi,  motor  buyruqlarni  manzilga  borishida  xatolar 
yuzaga  keladi,  muskullarning  xozirgi  holatini  baholash  va  harakat  dasturiga 
o’zgartirishlar kiritish qiyinlashadi. 
        Muskullar  faolligining  uzoq  vaqt  davomida  pasayishi  eng  birinchi  vegetativ 
nerv tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi, vagotonik reaktsiyalari kuchayadi 
va adaptatsion-trofik funktsiyasi o’zgaradi. Oqsil va suv-tuz almashinuvi buziladi, 


lipidlar  va  xolesterinning  miqdori  ortadi,  qonni  ivuchanligi  kuchayadi, 
kortikosteroidlar  va  katexolaminlarning  darajasi  ortadi.  Odamda  ikkita  muhim 
sindrom  shakllanadi:  vegetativ  tomir  disitoniyasi  va  organizmni  nerv-psixik 
astenizatsiyasi. 
        Markaziy nerv tizimining funktsiyasini pastlashi odamni oliy nerv faoliyatiga 
ham ta’sir ko’rsatadi: diqqat va xotira yomonlashadi, aqliy ishni bajarganda xatolar 
soni ko’payadi, axboratlarni qayta ishlash tezligi pastlaydi, kayfiyat yomonlashadi, 
o’ta ta’sirchanlik va uyquni buzilishi kuzatiladi. 
        Yetarli  darajada  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanish  bosh  miya 
funktsiyalarini  kuchaytirib,  boshqaruv  mexanizmlarini  mukammallashtiradi, 
vegetativ tizimlar faoliyatini yaxshilaydi va organizmni optimal funktsional holatini 
shakllantiradi. 
        Harakat apparatida muskul tolalarini atrofiyasi sababli  muskullarni hajmi va 
massasining kamayishi va qisqaruvchanlik xususiyatining yomonlanishi kuzatiladi. 
Muskullarni  qon  bilan  ta’minlanishi  va  energiya  almashinuvi  yomonlashadi.  Ish 
vaqtida  muskullarni  qisqarish  kuchi,  aniqligi,  tezkorligi  va  chidamliligi  pastlaydi. 
Harakatlanganda umumiy tana og’irligi markazi to’lqinlanishining ortishi, yurish va 
yugurish harakatlarini samaradorligini keskin kamaytiradi. 
        Harakat  faolligini  yetarli  emasligi  nafas  tizimida  quyidagi  o’zgarishlarni 
keltirib  chiqaradi: o’pkalarni  tiriklik  xajmi,  nafas harakatlarini chuqurligi, nafasni 
minutlik  sig’imi,  o’pkalarning  maksimal  ventilyatsiyasi  kamayadi.  Ish  vaqtida 
kislorod  talabi  va  kislorod  qarzi  keskin  ortadi.  Asosiy  almashinuv  va  energiya 
almashinuvi pastlaydi. 
         Yurak  qon  tomir  tizimi  faoliyati  buziladi.  Yurak  muskuli  atrofiyaga  uchrab, 
miokardni oziqlanishi yomonlashadi. Natijada  yurakda ishemik kasallik rivojlanadi. 
Yurak sig’imining kamayishi uning sistolik va minutlik sig’imlarini ozayishiga olib 
keladi. Yurak urishlar soni tinch holatda ham, ish vaqtida ham yuqori bo’ladi. 
         Kuchsizlangan 
skelet 
muskullari 
vena 
qonini 
yurakka 
tomon 
harakatlanishidagi  “muskul  nasosi”  vazifasini  yomon  bajarganligi  tufayli  qonni  
yurakka kelishi qiyinlashib, yurak ishini og’irlashtiradi. Qon aylanish vaqti sezilarli 
darajada ortadi, harakatlanayotgan qonning miqdori kamayadi. 
         Kichik jismoniy yuklamalar ta’sirida va nafas harakatlarini sayozligi sababli 
qon  oqishiga  “nafas  nasosini”  yordami  juda  ozayib  ketadi.  Harakat  faolligining 
susayishi natijasida  xozirgi  zamonda  yurak-qon  tomir  tizimi  kasalliklarining  ortib 
borishi kuzatilmoqda. 
       Ichki  sekretsiya  bezlarining  faoliyati  susayib,  gormon  ishlab  chiqarishi 
kamayadi. 
        Akineziyada  organizm  kuchliroq  jabrlanadi  va  sutka  davomida  bioritmlarni, 
yurak  urishlar  sonini,  tana  haroratini  va  boshqa  funktsiyalarning  to’lkinlanishini 
kuchsizlanib ketishi kuzatiladi.   

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish