O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

 
Muloqot savollari: 
       1. Tuproqlarning meliorativ holati deganda nima tushuniladi? 
       2. Tuproqlarning meliorativ holatiga qaysi omillar ta’sir qiladi? 
       3. Gidromodul rayonlashtirish deganda nima tushuniladi? 
       4.  Meliorativ  holati  qoniqarsiz  tuproqlar  holatini  yaxshilash  uchun 
qanday tadbirlar amalga oshiriladi? 
 


48 
2.3. Sho‘rlangan suv va tuproqlarning meliorativ holati 
 
Sho‘rlangan  suvlar  deganda  respublikaning  tog‘  oldi  va  tekislik 
qismida joylashgan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan 
yerlarda  qurilgan  yotiq  va  tik  zovurlar  tizimlarida  shakllanayotgan, 
tarkibida  har  xil  miqdorda  erigan  tuzlar  bo‘lgan  oqim  tushuniladi.  Ular, 
asosan,  ekinlarni  sug‘orish,  sho‘r  yuvish  jarayonida  tuproq  qatlamidan  va 
yer  osti  suvlaridan  mavjud  kollektor-zovur  tizimlariga  sizot  oqim  tarzida 
yig‘ilishi  hisobiga  shakllanadi  va  respublikaning  umumiy  suv  zaxiralari 
tarkibiga kiradi.  
Respublikada yer osti suvlarining umumiy miqdori 19 km
3
  ni tashkil 
etadi. Shu jumladan 7,6 km

ning tarkibidagi erigan tuzlar miqdori 1 g/l ni, 
7,9  km

da  esa  1,0  –  3,0  g/l  ni  tashkil  etadi.  Turli  darajada  sho‘rlangan 
kollektor-zovur  suvlari  asosiy  suv  manbai  –  Amudaryo  va  Sirdaryo 
oqimining  o‘zgarishiga  bog‘liq  holda  28-33,5  km

ni  tashkil  etadi. 
Shundan 20-23 km

 xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladi. 
Qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  sohalarda  sho‘rlangan  suvlardan 
foydalanishni 
rejalashtirish 
uchun 
ularning 
har 
bir 
hududda 
shakllanayotgan miqdori va sifatini aniqlash o‘ta muhim ahamiyatga ega.  
Sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqasida daryolar oqimi va havzadagi 
tuproqlar  tarkibidagi  tuzlar  almashinuvini  kamaytirish  quyidagi  tartibda 
bo‘lishi mumkin: 
1.  Kollektor-zovur  suvlarini  daryo  o‘zanlariga  tashlab  “qaytadan” 
foydalanish; 
2. Kollektor-zovur, yer osti suvlari, tashlandiq suvlar tarkibidagi tuzlar 
miqdorini  turli  zamonaviy  moslama  va  texnologiyalar  yordamida 
kamaytirish; 
3.  Kollektor-zovur  suvlaridan  ular  shakllangan  hududlarda  qayta 
foydalanish; 
4.  Kollektor-zovur  suvlaridan  dehqonchilik  yuritiladigan  hududlar 
atrofidagi qo‘riq, “bo‘z” yerlarda nisbatan tuzga chidamli, suvni kam talab 
qiladigan bir va ko‘p yillik o‘simliklarni yetishtirishda foydalanish; 


49 
5.  Kollektor-zovur  suvlarining  tabiiy  yoki  sun’iy  qurilgan  suv 
omborlarida  yig‘ish  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi,  agrosanoat 
korxonalari 
talablarini 
inobatga 
olgan 
holda 
tozalanganidan 
(tuzsizlantirilganidan) so‘ng qayta foydalanish; 
Kollektor-zovur  suvlarining  sifati  ular  tarkibidagi  tuzlarning  umumiy 
miqdori,  tarkibi  (anion  va  kationlar)  va  foydalanilganda  tuproqlarning 
sho‘rlanishi, 
sho‘rtoblanishi  mumkinligini  nazarda  tutgan  holda 
baholanadi.  Aksariyat  ko‘p  o‘simliklarga  o‘sib-rivojlanish  davrida  suv 
tarkibidagi umumiy tuzlar miqdori salbiy ta’sir etadi. Tuproq eritmasining 
quyuqligi  (osmotik  bosimi)  oshadi,  “tuproq-o‘simlik”  tizimida  oziq 
moddalarning  harakati  sustlashadi.  Ayrim  o‘simliklarga  umumiy  tuzlar 
miqdoridan farqli tarzda ular tarkibidagi zaharli (jumladan, Cl, OH) ionlar 
kuchliroq 
ta’sir  etadi.  Tuproq  qatlamida  tuzlarning  yig‘ilishi 
yetishtirilayotgan  o‘simliklarga  berilayotgan  suv,  shu  jumladan,  qayta 
sho‘rlanishga  moyil  dalalarda  ularni  biologik  talabidan  ortiqcha  miqdori, 
ildiz  tarqalgan  qatlamning  suv-fizik,  fizik-kimyoviy  xossalari,  hududning 
sun’iy yoki tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish