142
11- Bob: Marketing faoliyatini tashkil etish, tatbiq etish, baholash va
nazorat qilish.
Reja:
11.1. Marketingni tashkil etish.
11.2.Marketingni tatbiq etish.
11.3.Marketing faoliyatini nazorat qilish.
11.1. Marketingni tashkil etish
Korxonada marketingning o’sib borishi ahamiyati uning tashkiliy
tuzilmasida o’z aksini topadi. Rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha
ajratish mumkin:
-marketing taqsimlash vositasi sifatida;
-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash;
-marketingni mustaqil xizmatga ajratish;
-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida.
Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan ta'riflanadiki, bu
bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu
bosqichda taqsimlash vazifalari bilan cheklanadi. Marketing faoliyatining
bunday tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada XX asrning 50-yillari
o’rtalarigacha mavjud bo’lgan.
Sotish bilan bo
g’lik muammolar va marketingning ahamiyatini yaxshi
tushunish muhim
tashkiliy o’zgarishlarga olib kelgan, ya'ni sotish bo’yicha
faoliyat bitta rah
bar ixtiyoriga o’tgan, bunday tuzilma XX asrning 50-yillardagi
Amerika va 70-
yillargacha Germaniya uchun xos bo’lgan.
Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning
boshqa xizmatlari bilan teng huquqli marketing ixtisoslashgan xizmatining
paydo b
o’lishi bilan ta'riflanadi. Bunday xizmat mahoratni rejalashtirish va
rivojlantirish narxini tashkil qilishga javob beradi, mahsulotning tashqi
ko’rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga,
har
bir bo’lim o’z manfaatlarini o’ylaydi, shuning uchun ularni tashkil etishda
143
eng muvofiq
kombinatsiyalari yo’q va marketingning ahamiyati ham uncha
katta emas.
Korxona faoliyatining barcha soha
larini marketing talablarini mo’ljal qilib
olishi keyingi bosqich
bo’ladi, ya'ni marketingga asosiy vazifa sifatida
qaraladi. Shuning u
chun barcha bo’limlar marketing xizmatiga bo’ysunadi.
Lekin, amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim
Germaniya va AQ
Sh kompaniyalarida maxsus marketing bo’limlari
qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqarilgan.
Marketing korxona fao
liyatiga to’liq yoki qisman integratsiyalashuvi
mumkin. Mamlakatimiz va xorijdagi tajribalar shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik
korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqich
ida turibdi. To’liq integratsiya -
ko’proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida
qo’llanilgan.
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona vaziyatining turli
xil omillari va sharoitlariga
bog’liq. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
1. Korxona maqsadlarini ya'ni texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan tashkil
qilish,
vazifalarning
bajarilishini
ta'minlashi,
korxonani
boshqarishni
yengillashtirilishi, muvofiqlashtirish muammolarini kamaytirishi, shuning bilan
tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarning
o’z ijodiy saloqiyatlarini amalga
oshirishlariga qiziqishlarini ta'minlashi kerak.
2. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar
kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va si
g’imi, harid
qobiliyati, xuquqiy me'yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar. Ichki
sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxona kattaligi va yoshi; mahsulotlarning
soni va turli tumanligi; xodimlar malakasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish
kanallari.
Hozirgi vaqtda marketing xizmatini tashkil qilishning turli xil shakllari
mavjud, shuning uchun faqat
ba'zi bir zamonaviy tashkiliy tuzilmalarni ko’rib
chiqish bilan cheklanamiz.
144
Marketingni vazifaviy tashkil qilish eng keng yoyilgan, u huquq doiralari
cheklanganligi bilan ta'riflanadi. Marketing bu holda korxonaning boshqa
xizmatlari bilan bir qatorda chiziq sifatida harakat qiladi. Boshqaruv
jarayonlarining
ixtisoslashtirilishi
va
standartlashtirilishi
bu
tashkiliy
tuzilmaning yuqori samaradorligini belgilaydi.
Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi mahsulot
bo’yicha boshqaruv
11.1.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |