O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

5. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari 

 

Bozor  infratuzilmasi  –  bu  bozor  aloqalarini  o‘rnatish  va 

ularning  bir  maromda  amal  qilishiga  xizmat  ko‘rsatuvchi 

muassasalar  tizimidir.  Unga  ombor  xo‘jaligi,  transport,  aloqa 

xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga 

(birjalar,  auksionlar,  savdo  uylari,  savdo-sotiq  idoralari  va 

agentliklari 

kabilar), 

moliya-kredit 

munosabatlariga 

(bank 

muassasalari, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, 



soliq  idoralari)  va  ijtimoiy  sohaga  xizmat  ko‘rsatuvchi  muassasalar 

(uy-joy  va  kommunal  xizmat  idoralari,  aholini  ishga  joylashtirish 

firmalari)  kiradi.  Axborot  xizmati  idoralari  ham  bozor  infratuzil-

masining  alohida  bo‘g‘inini  tashkil  qilib,  ularga  ma’lumotlarni 

to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya 

va firmalar kiradi. 




130 

 Bozor  infratuzilmasining  bu  barcha  unsurlari  ishlab  chiqa-

ruvchilarning  savdo-sotiq,  moliya-kredit  ishlariga,  sherik  topishiga, 

ish  kuchini  yollashiga  ko‘maklashadi,  davlatning  iqtisodiyotni 

tartibga  soluvchi  tadbirlarini  amalga  oshiradi,  ishlab  chiqaruvchilar 

o‘rtasida  iqtisodiy  aloqa  o‘rnatishga  yordam  beradi.  Ularning  bir 

qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa 

va  uyushmalardan  iborat  bo‘lib,  ko‘rsatgan  xizmatlari  uchun  haq 

oladi. 

Bozor  infratuzilmasi  tovar  va  moliyaviy  bozorga  xizmat 

ko‘rsatuvchi  turlarga  ajratiladi.  Tovar  birjalari,  savdo  korxonalari, 

auksionlar,  yarmarkalar,  vositachi  firmalar  tovarlar  bozoriga,  fond 

va  valuta  birjalari,  banklar,  sug‘urta  kompaniyalari  va  fondlar, 

mehnat  birjalari,  migratsiya  xizmatlari  kabilar  moliyaviy  bozorga 

xizmat ko‘rsatadi 

Hozirgi  zamon  bozorini  reklama,  axborot  va  maslahat  xizmati, 

konsalting va auditor xizmatisiz ham tasavvur qilish qiyin. 

Bozor  infratuzilmasida  tovar  (xizmat)lar  muomalasiga  xizmat 

ko‘rsatuvchi  muassasalar  muhim  o‘rin  tutishi  sababli  ularning 

asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz. 

 Birja  –  namuna  (yoki  standart)lar  asosida  ommaviy  tovar-

larning  muntazam  savdo-sotiq  ishlarini  o‘tkazuvchi  tijorat 

muassasalaridir.  Tovar  birjalaridan  farq  qilib,  fond  birjasida 

qimmatbaho  qog‘ozlar  va  chet  el  valutalarining  oldi-sotdisi  amalga 

oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona 

o‘rtasida turib, unga bo‘lgan talab va taklifni bir-biriga bog‘laydi. 

Birjaning  barcha  shakllarida  kelishuvning  xarakterli  belgisi 

tovar,  aksiya  va  valuta  kurslariga,  narxning  tebranib  turishiga 

chayqov yo‘li bilan ta’sir qilishdir. 

Birjada  uning  qatnashchilari  ayriboshlash  to‘g‘risida  bitim 

tuzadi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan 

tashqarida  yuz  beradi.  Bunda  tovar  egasi  va  xaridorlar  qatnashishi 

shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar yuritadi. Broker (makler)lar 

– bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda 

vositachilik  qiladigan  shaxs  yoki  maxsus  firma.  Ular  odatda 

mijozlar  topshirig‘iga  ko‘ra  va  uning  nomidan  ish  yuritadi,  kafolat 

beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. 



131 

Birjaning  yana  bir  xususiyati  shundaki,  bu  yerda  hali  ishlab 

chiqarilmagan,  lekin  tayyorlanishi  aniq  bo‘lgan,  oldin  sotib  olinib, 

egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. 

Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisos-

lashgan  birjalarda  ayrim  turdagi  yoki  bir  guruh  tovarlar,  universal 

birjalarda har xil tovarlar sotiladi. 

Birja  bevosita  olish-sotish  joyi  hisoblanmaydi,  unda  savdo 

bitimlari  tuziladi  hamda  talab  va  taklif  asosida  narxlar  shakllanadi. 

Birjalar davlatga tegishli va xususiy shaklda tashkil qilinishi hamda 

ko‘proq  aksionerlik  jamiyati  shaklida  bo‘lishi  mumkin.  Ularning 

daromadi sotilgan tovar, valuta, qimmatli qog‘ozlar qiymatidan foiz 

hamda  brokerlik  o‘rinlarini  sotishdan  tushumlar  va  ta’sischilar 

badalidan tarkib topadi. 

Birjaning  barcha  turlari  bir  tomondan  bozor  infratuzilmasi 

tarkibiga  kirsa,  boshqa  tomondan  ular  mustaqil  tadbirkorlik  shakli 

hisoblanadi. 

Birjalar  faoliyati  nizomga  asoslanadi  va  uning  boshida  bosh-

qaruvchilar kengashi turadi. 

 Auksionlar  –  alohida  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  tovarlarni 

sotish  uchun  muayyan  joylarda  tashkil  qilingan  maxsus  kim  oshdi 

savdo  muassasasi.  Auksionda  savdo  tovarlarning  nisbatan  cheklan-

gan  ro‘yxati  bo‘yicha,  ommaviy  sotuvga  qo‘yish  yo‘li  bilan  o‘tka-

ziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. 

Bunda  tovarlarning  bozorga  kelib  tushish  mavsumi  va  hajmi 

hisobga  olinadi.  Auksion  savdosida  namuna  tovarlar  ro‘yxatda 

ko‘rsatilgan  tartibda  savdoga  qo‘yiladi,  xaridorlar  orasida  eng 

yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. 

Auksionlarda  san’at  asarlari,  noyob  buyumlar,  kolleksiyalar 

ham  sotilishi  mumkin.  Savdo  yarmarkalari  ma’lum  vaqtda 

o‘tkazilib,  bu  yerda  tovarlar  ulgurji  ravishda  oldi-sotdi  qilinadi. 

Tovar  savdosi  uning  egasi  bilan  savdo  firmasi  o‘rtasida  yuz  berib, 

unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. 

Savdo  uylari  –  savdo  muassasasining  maxsus  turi.  U 

ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo 

uyi  ayrim  tovarlar  bilan  (kiyim-kechak,  oyoq  kiyim,  gazlama  va 

h.k.)  universal  savdo  uyi  har  xil  tovarlar  bilan  savdo  qiladi.  Savdo 

uylari  tarkibida  savdo  firmalari  muhim  o‘rin  tutadi.  Ular  tijorat 




132 

ishini  yurituvchi  va  ixtisoslashgan  savdo-sotiq  korxonalaridir. 

Firmalar  mustaqil  yoki  yirik  sanoat  korporatsiyalari  tarkibida  ish 

yuritib,  ulgurji  va  chakana  savdo  bilan  shug‘ullanadigan  turlarga 

bo‘linadi.  Ayrim  firmalar  har  ikkala  savdo  turi  bilan  ham 

shug‘ullanadi. 

Ulgurji savdo firmalari tovarlarni  o‘z mulkiga sotib olib, keyin 

iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib

ular  mustaqil  do‘konlar,  maxsus  do‘konlar  va  supermarketlardan 

iborat bo‘ladi. 

Supermarket  –  bu  xaridorning  o‘z-o‘ziga  xizmat  ko‘rsatishiga 

asoslangan  keng  tarmoqli  savdo  korxonasi.  U  tovarlarning  deyarli 

hamma  turlari  bilan,  jumladan  import  tovarlar  bilan  ham  savdo 

qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni 

buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy 

xizmat ko‘rsatadi. 

Кo‘p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. 

Ular  o‘z  nomidan  va  ko‘pincha  o‘zlari  hisobidan  eksport-import 

hamda  boshqa  savdo  aloqalarini  olib  boradi.  Tashqi  savdo  uylari 

savdo  korxonalarini  sotib  olish,  jihoz  va  uskunalarni  ijaraga 

topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish bilan moliya 

va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. 

Infratuzilma  tizimida  moliya-kredit  munosabatlariga  xizmat 

qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning 

asosi  bo‘lgan  kapital  bozorini  shakllantiradi  va  amal  qilish  tartib  – 

qoidalarini  o‘rnatadi.  Moliyaviy  muassasalardan  ko‘pchiligi  o‘ziga 

xos belgilarga ega bo‘lsa-da, ularning barchasi bitta umumiy jihatga 

ega.  Ular  o‘zlarining  majburiyatlarini  bildiradi,  ya’ni  mablag‘lari 

ortiqcha  bo‘lgan  subyektlardan  pul  qarz  oladi  va  o‘z  nomidan 

mablag‘lari yetishmagan subyektlarga pul qarz beradi. 

Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq 

va  bojxona  idoralari  kabi  muassasalari  moliya-kredit  munosa-

batlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega.  

Bozor  iqtisodiyoti  subyektlarini  moliyaviy  axborotlar  bilan 

ta’minlash  bozor  infratuzilmasining  axborot  xizmati  idoralari  shu 

jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar – 

korxona,  firma,  kompaniyalar  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyatini 

tekshirib  boruvchi,  ular  hisobotini  mustaqil  ekspertizadan 




133 

o‘tkazuvchi  idora.  Ular  odatda  aksioner  jamiyat  yoki  kooperativ 

shaklda  faoliyat  ko‘rsatadi  va  to‘liq  mustaqillikka  ega  bo‘ladi. 

Auditor  firmalar  o‘z  ishini  har  bir  mamlakatda  yoki  xalqaro 

miqyosda  qabul  qilingan  hisob-kitob  va  taftish  qoidalariga  binoan 

olib  boradi.  Auditor  firma  ishida  qatnashuvchi  taftishchilar 

auditorlar deb ataladi. 

Shunday  qilib,  bozor  infratuzilmasi  va  uning  qarab  chiqilgan 

unsurlari  barcha  bozor  turlarining  samarali  faoliyat  ko‘rsatishini 

hamda  davlatlararo  iqtisodiy  munosabatlarni  tartibga  solishni 

ta’minlaydi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish