O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Bozor  –  bu  ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)  bilan  iste’molchi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

Bozor  –  bu  ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)  bilan  iste’molchi 

(xaridor)ni  bir-biriga  bog‘laydigan,  ayriboshlash  jarayoniga 

xizmat  qiladigan  tartiblar,  mexanizmlar  va  muassasaviy  tuzil-

malardir. 

Bozorning  asosiy  mazmuni  sotuvchi  va  xaridorlarning  o‘zaro 

kelishuvi,  ekvivalentlilik  prinsipi  asosida  ayriboshlash,  ishlab 

chiqaruvchilarning  xarajatlari  qoplanib,  foyda  olishi  va  to‘lovga 

qodir bo‘lgan iste’molchilar talabining qondirilishi va raqobatchilik 

muhitining  mavjud  bo‘lishidan  iboratdir.  Ayrim  mualliflar  bozorni 

sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to‘planib, juft-juft, to‘p-to‘p, guruh-

guruh bo‘lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni 

kishilarga rizqu ro‘z ulashadigan fayzu barakotli, sirli dasturxon deb 

ataydilar

24

.  


Bu  ta’riflar  ma’lum  darajada  bozorning  ijobiy  yoki  salbiy 

tomonlarini  va  uning  oldi-sotdi  qilish  joyi  ekanligini  ifoda  etsa-da, 

shu  bilan  birga  mazkur  tushunchaga  bir  tomonlama,  yuzaki  qarash 

                                                           

24

 Алимов Б., Шодиев М., Расулов Т., «Шарқона бозор фазилатлари». Т., «Университет», 1996-йил, 



17 бет.  


122 

natijasi  hisoblanib,  uning  haqiqiy  ichki  mazmunini,  vazifalarini, 

tutgan o‘rnini ifodalab bera olmaydi. 

Bozor  ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchilar,  (sotuvchi  va  xari-

dorlar)  o‘rtasida  pul  orqali  ayriboshlash  (oldi-sotdi)  jarayonida 

bo‘ladigan  iqtisodiy  munosabatlar  yig‘indisidir.  Bunda  bozorning 

moddiy  asosini  joy  emas,  balki  tovar  va  pulning  harakati  tashkil 

etadi.  


Bozorda  oldi-sotdi  jarayonidagi  zarur  bo‘lgan  xizmatlar 

bajariladi.  Har  bir  bozor  subyekti  o‘zi  ishlab  chiqargan  tovar  yoki 

xizmat  turini  sotadi  va  o‘ziga  kerakli  bo‘lgan  tovar  turlarini  sotib 

oladi.  Bu  oldi-sotdi  jarayonida  bozor  subyektlari,  ya’ni  oldi-sotdi 

qilayotgan  kishilar  bir-birini  ko‘rmasliklari,  tanimasliklari  ham 

mumkin.  Ular  turli  hujjatlar,  shartnomalar,  tovar  namunalariga 

binoan  vositachilar  orqali  savdoni  amalga  oshirishlari  mumkin. 

Bozorga  sotishga  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlar  talabga  nisbatan 

kam bo‘lsa narxlar o‘sib ketadi, ayriboshlashning ekvivalentlik mu-

vozanati  buziladi,  natijada  tovarni  sotuvchi  me’yoridan  ortiqcha 

daromad  olib,  tez  boyiydi  yoki  aksincha,  bozorda  tovarlar  miqdori 

unga bo‘lgan talabdan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar 

zarar ko‘radilar.  

Shunday  qilib,  bozorda  katta  foyda  olish  yoki  zarar  ko‘rish 

sababini  tovarlarni  ayriboshlash  jarayonida  kishilar  o‘rtasida  yuz 

beradigan munosabatlardan qidirib topish lozim, savdo bo‘layotgan 

joyda, bozor maydonida hech qanaqa sir-asror yo‘q.  Oziq-ovqat va 

qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  do‘koni,  avtomobilga  servis  xizmat 

ko‘rsatish  va  yoqilg‘i  quyish  tarmog‘i,  sanoat  tovarlari  do‘koni, 

tijoratchilarning  savdo  shaxobchalari,  turli  xil  supermarketlar,  yirik 

savdo  markazlar  va  savdo  yarmarkalari,  umumiy  ovqatlanish 

korxonalari,  auksionlar,  birjalar  bularning  barchasi  bozorning 

odatdagi  ko‘rinishlari  hisoblanadi.  Fond,  don  birjalari,  chet  el 

valutalari  bozori,  auksionlar  yuqori  darajada  rivojlangan  bozorlar 

bo‘lib,  ularda  sotuvchi  va  xaridorlar  bir-biri  bilan  aksiya, 

obligatsiya,  milliy  valuta  va  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  orqali 

bog‘lanadi.  Bozorning  ayrim  turlari  sotuvchi  va  xaridorlar 

o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqa  bilan  farqlansa,  boshqalarida  ular  hech 

qachon  bir-birini  ko‘rmaydi  yoki  bilmaydi.  Shunga  muvofiq  bozor 

aloqalari  bevosita  va  bilvosita  aloqalarga  bo‘linadi.  Bozorning  har 




123 

qanday turidan qat’i nazar uning ishtirokchilari uy xo‘jaliklari, turli 

xil  korxonalar  va  davlat  tashkilotlaridir.  Bozor  subyektlari  ikki 

toifaga  –  sotuvchi  va  xaridorlarga  bo‘linib,  ular  bozorda  turlicha 

mavqega  ega  bo‘ladi.  Sotuvchilar  bozorga  tovar  va  xizmatlarni 

taklif  etadi,  xaridorlar  esa  ularga  talab  bildiradi.  Bozor  o‘z 

subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. 

Bozorning  asosiy  vazifasi  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan 

yaratilgan  tovar  va  xizmatlarni  iste’molchilarga,  iqtisodiy 

resurslarni  ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu 

yerda  bozor  ishlab  chiqarish  bilan  iste’molni  bir-biriga  bog‘laydi, 

ishlab  chiqarilgan  tovar  yoki  xizmat  o‘z  iste’molchisini  topadi. 

Bunda  bozor  vositachi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bozorda  qiymat 

shakllari  almashadi.  U  qiymatni  tovar  shaklidan  pul  shakliga 

aylantiradi.  

Bozor  ishlab  chiqarishning  uzluksiz  takrorlanib  turishiga 

yordam  beradi.  Ishlab  chiqarish  yangidan  boshlanishi  uchun 

yaratilgan tovarlar sotilib pulga aylanishi, unga esa kerakli iqtisodiy 

resurslar  xarid  qilinishi  zarur.  Bozor  vositasida  tovarni  sotishdan 

tushgan  mablag‘lar  hisobiga,  ishlab  chiqaruvchilar  resurslar  sotib 

olish  yo‘li  bilan  sarflangan  ishlab  chiqarish  vositalari  o‘rnini 

qoplaydigan  va  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  uchun  kerakli 

moddiy  va  mehnat  resurslariga  ega  bo‘ladilar.  Bozor  orqali 

resurslarning  erkin  harakati  ta’minlanadi  va  ularning  tarmoqlar 

o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu 

tovarga  bo‘lgan  talabini  namoyon  qiladi.  Bozor  bu  talabni  ishlab 

chiqaruvchilar  va  resurslarni  yetkazib  beruvchilarga  uzatadi. 

Resurslar  talab  bildirilgan  tarmoqlar  va  sohalar  o‘rtasida 

taqsimlanib turadi. 

Bozorning  iqtisodiyotni  tartibga  solib  turish  vazifasini  talab, 

taklif,  raqobat  va  narxlar  yordamida  bajariladi.  U  o‘zida  talab  va 

taklifni  jamlab,  bu  bilan  nimani,  qancha  miqdorda  va  qaysi  vaqtda 

ishlab  chiqarish  kerakligini  aniqlab  beradi.  Bozor  narx  vositasida 

iqtisodiy  resurslarni  tovarlarga  talab  kamaygan  tarmoqlardan  talab 

ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. 

Bozor  orqali  mahsulot  ishlab  chiqarishga  qilingan  xarajatlar 

hisobga  olinadi.  Aynan  bozor  jamiyat  sotib  olish  mumkin  bo‘lgan 



124 

mahsulot  xarajatlarini  aniqlaydi  va  u  narxi  bilan  qoplangandagina 

ishlab chiqariladi. 

Bozor  tovarlarga  narx  shakllantirish  va  ishlab  chiqaruvchilarni 

tabaqalashtirish vazifasini ham bajaradi.  

Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-

birini taqozo qiladi.  

Hozirgi davr bozori bir qator tartiblarga asoslanadi: 

–  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  iqtisodiy  faoliyat  erkinligi  va 

uning natijalari uchun javobgarligi; 

–  talab  va  taklif  nisbatiga  asoslangan  narxning  erkin 

shakllanishi; 

– resurslarni yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’mol-

chilar o‘rtasida raqobat mavjudligi; 

– davlatning xo‘jalik yurituvchilar faoliyatiga eng kam darajada 

aralashuvi. 

Sanoat  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda  bozor  quyidagi 

belgilar bilan tavsiflanadi: 

–  ommaviy  ishlab  chiqariladigan  tovarlar  bilan  to‘yinganligi, 

ularning  qat’iy  ravishda  alohida  guruh  iste’molchilar  ehtiyojini 

qondirishga yo‘naltirilganligi; 

–  iste’molchilarning  eng  murakkab  talabiga  javob  berishga 

layoqatli, moslashuvchan ishlab chiqarish mavjudligi; 

–  ishlab  chiqaruvchilar  maqsadli  vazifasining  o‘zgarib  turishi. 

Ular 

raqobatbardoshlikni 



ushlab 

turish 


uchun 

mahsulotni 

modifikatsiyalash,  uning  sifatini  oshirish,  xarajatlarni  kamaytirish 

va bozorni kengaytirishdan manfaatdorligi; 

–  tadbirkorlik  faoliyati  shakllari  o‘zgarishining  ro‘y  berib 

turishi.  Jumladan,  yetakchi  g‘arb  mamlakatlari  iqtisodiyotida  XX 

asr  70-yillari  o‘rtalaridan  boshlab  yirik  korporatsiyalar  bilan  birga 

kichik biznes ham muhim rol o‘ynay boshlagan; 

–  yollanma  xodimlarning  boshqarish  va  korxona  mulkida 

qatnashishni  taqozo  qiluvchi  mehnat  munosabatlari  yangi  turining 

qaror topishi; 

– iqtisodiyotga energiya va material tejovchi tavsif  xosligi; 

–  “xizmat sig‘imli” iqtisodiyot shakllanish jarayonining kucha-

yib  borishi.  Jumladan,  AQSH  YaIM  qiymatida  xizmatlar  qiymati 

ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi. 



125 

Bozorning  ichki  tuzilishi  murakkab  bo‘lganligi  sababli  uni 

turkumlashga  har  xil  mezonlar  asos  qilib  olinadi.  Bular  bozorning 

yetuklik  darajasi,  sotiladigan  va  sotib  olinadigan  mahsulot  turi, 

bozor  subyektlari  xususiyatlari,  uning  ko‘lami,  iqtisodiy  aloqalar 

xarakteri  va  boshqalar.  Bozor  yetuklik  darajasiga  qarab 

rivojlanmagan klassik (erkin) va hozirgi zamon rivojlangan turlarga 

bo‘linadi.  Rivojlanmagan  yoki  shakllanayotgan  bozor  ko‘proq, 

tasodifiy  xarakterga  ega  bo‘lib,  unda  barter  ayriboshlash  usuli 

ko‘proq  qo‘llaniladi.  Bozorning  bu  turi  tarixan  hali  pul  kelib 

chiqmagan  davrga  to‘g‘ri  keladi.  Lekin  hozirgi  davrda  ham  ayrim 

mamlakatlarda  pul  inqirozga  uchrab,  ijtimoiy  ishonchni  yo‘qotgan, 

bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  davrlarda  ham  bu  turdagi  bozor 

amal  qilishi  mumkin.  Erkin  bozorda  tovar  va  xizmatlarning  har  bir 

turi  bo‘yicha  juda  ko‘p  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar, 

mavjud  bo‘lib,  ayriboshlash  jarayonida  ular  o‘rtasida  erkin  raqobat 

kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin 

shakllanadi,  raqobatning  turli  usullari  qo‘llaniladi,  aholi  va  ishlab 

chiqaruvchilar  keskin  tabaqalashadi.  Hozirgi  zamon  rivojlangan 

bozori  —  bunda  davlat  ham  bozor  ishtirokchisi  bo‘lib,  u  ancha 

tartiblashtiriladi  va  boshqariladi,  turli  xil  birjalar  va  boshqa  oldi-

sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‘ladi, raqobat 

kurashlari, 

aholining 

tabaqalashuvi 

yumshatilib, 

ularning 

daromadlari  darajasi  o‘rtasidagi  farqlar  kamayadi.  Bozor  hududiy 

jihatdan  mahalliy,  milliy,  mintaqaviy  va  nihoyat  jahon  bozoriga 

ajratiladi. 

Sotiladigan  va  sotib  olinadigan  obyekt  turiga  ko‘ra  bozorlar 

quyidagi  turlarga  bo‘linadi:  iste’mol  tovarlari  va  xizmatlari  bozori, 

ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi  kuchi  (resurslar)  bozori,  valuta 

bozori  va  fond  birjalari,  ilmiy-texnik  kashfiyot  va  ishlanmalar 

bozori. 

Muomalaga  chiqadigan  subyektlarning  xususiyatiga  ko‘ra, 

ulgurji  va  chakana  savdo  to‘g‘risida  so‘z  yuritiladi.  Chakana 

savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Tashkilot va 

muassasalar  esa  sotuvchi  hisoblanadi.  Ulgurji  savdoda  davlat 

tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin 

tutadi.  Bunda  asosiy  xaridor  davlat,  sotuvchilar  esa  fermerlar, 

shaxsiy, kooperativ va davlat xo‘jaliklaridir. 




126 

Shuningdek,  mulk  shakli  bo‘yicha  davlat  va  kooperativ  savdo, 

dehqon  bozori  ham  farqlanadi.  Davlat  savdosini  davlat,  kooperativ 

savdoni  kooperatsiyalar  amalga  oshiradi.  Dehqon  bozorida  savdoni 

alohida  fuqarolar,  jamoa  va  fermer  xo‘jaliklari  hamda  boshqa 

kooperativlar amalga oshiradi. 

Tovar  va  xizmatlar  bozori  bozorning  asosiy  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi.  Bu  bozorda  xo‘jalik  subyektlarining  barcha  uchta  turi: 

fuqarolar (uy xo‘jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi. 

Iste’mol  tovarlari  va  xizmatlari  bozorining  alohida  turi 

intellektual  tovarlar  bozoridir.  Bu  bozorda  aqliy  mehnat  mahsuli 

bo‘lgan  tovarlar  -  ilmiy  g‘oyalar,  texnikaviy  yangiliklar,  san’at  va 

adabiyot  asarlari,  har  xil  axborotlar  oldi-sotdi  qilinadi.  Intellektual 

bozor  tarkibida  ilmiy-texnikaviy  ishlanmalarni  ayriboshlash  katta 

o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat 

bo‘lib, bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur 

firmalar  yangiliklarni  topish,  bozorda  sotish  va  ishlab  chiqarishga 

joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. 

Ishlab  chiqarish  vositalari  (resurslar)  bozorida  tovar  sifatidagi 

mehnat  vositalari  va  materiallar  oldi-sotdi  qilinadi.  Bu  bozorda 

mashina,  asbob-uskuna,  xomashyo,  yoqilg‘i  va  materiallar  kabi 

ishlab  chiqarish  vositalari  yirik  hajmda  ulgurji  sotiladi.  Resurslar 

bozoridagi  tovarlar  shaxsiy  iste’molga  emas,  ishlab  chiqarish 

iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. 

Ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha don, avtomobil, yoqilg‘i va 

shu kabi bozorlar farqlanadi.  

Bozorning  barcha  subyektlari  o‘rtasidagi  iqtisodiy  aloqalar 

iste’mol  tovarlari  va  resurslar  bozori  orqali  ancha  to‘liq  va  yorqin 

namoyon bo‘ladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish